Rivojlanishida nuqsoni bo’lgan bolalarni erta aniqlash




Download 2,44 Mb.
bet72/152
Sana20.05.2024
Hajmi2,44 Mb.
#245279
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   152
Bog'liq
Klinika 2023й Равшанова И .Э.

Rivojlanishida nuqsoni bo’lgan bolalarni erta aniqlash
Maktabgacha yoshdagi bolani psixologo-pedagogik o’rganishda muxim komponentlaridan biri uning nutqini tekshirishdir.
Logopedik tekshiruv logopedik amaliyotda umum qabul qilingan nutqiy sistemani o’rganishga qaratilgan metodikalarni o’z ichiga oladi.
Bolaning rivojlanish darajasining muhim ko’rsatkichlaridan biri bu uning o’yin faoliyatidir, uni baxosi esa diagnostik belgilardan biri bo’lishi mumkin. Maktabgacha yoshdagi bolalarda o’yin -etakchi faoliyatdir, A.N.Leontevning ko’rsatishicha:

  • o’yin ichida yangi faoliyat turlari yuzaga keladi xamda differentsiatsiyalanadi, masalan o’rganish;

  • unda ko’pincha psixik jarayonlar o’rin almashadi;

  • xozirgi vaziyatdagi shaxsning asosiy o’zgarishlari unga bog’likdir.

Bolaning o’yin faoliyati orqali rivojlanishidagi nuqson va kamchiliklarini erta aniqlash mumkin: o’yin bolaning yosh
darajasiga mos kelmaydi, yoki o’ziga xos xarakterga ega. Bunda xarakterli ko’rsatkich o’yinni sekin- asta kiyinlashib bormasligi, ijodiy yondashuvning yetarlicha emasligi,o’yinda tashabbuskorlikning pastligi, shuningdek bir xildaliligi, o’yin xarakterini o’zgartiruvchi
emotsional reaktsiyalarning yo’q yoki pastligi. O’yin faoliyatining shakllanmaganligi psixik rivojlanishni bir qator o’ziga xos xususiyatlarni keltirib chiqaradi.
Bolalarda manipulyatsion, protsessual o’yin, syujet elementlari mavjud o’yinlar xarakterlidir.
Manipulyatsiyada bola o’zining o’yin faoliyatini amalga oshirmaydi. U o’yinchoqni xar tomonlama ko’rib chiqadi, bir joydan ikkinchi joyga qo’yadi, lekin bu xarakatlarning barchasi o’sha o’yinchoq uchun xarakterli emasdir (masalan, kubiklarni sochib yuboradi, bir matrushka bilan ikkinchisini uradi va x.k.).
Protsessual o’yinda o’yin xarakatlari takomillashmagan, oxirgi natijaga yullanmagan. Bunda
xarakatlar bolada qanoatlanish xosil qiladi xamda bir necha marotaba qaytarilishi mumkin(mashinani uchirish, kubiklarni maksadsiz to’p-to’p qurish va x.k.).
Syujet elementlari asosidagi o’yin protsessual o’yindan ongli va maqsad sari yunalganligi bilan farqlanadi.Xarakatlarining
stereotipligi yo’qolib, oxirgi natija paydo bo’ladi. O’yin faoliyatini o’rganish kuzatuv metodi asosida amalga oshiriladi. Uni bog’chada tabiiy sharoitda yoki psixolog xonasida o’tkazish mumkin. O’yinni baxolashda uning tuzilishi, xarakteri, o’yin davomida bolani so’zli muloqoti kuzatiladi. Tekshiruv vaqtida bolaga xonadagi o’yinchoqlarni o’ynash xamda ular bilan imkon beriladi. Kuzatuv bola o’yinchoqni oldiga yakinlashganidan boshlanadi. O’yinchoqlarga bo’lgan emotsional reaktsiyasi, ularga bo’lgan qiziqishi, o’ynash xoxishi xamda maqsad sari xarakatlarini yunalganligi kayd etib boriladi.
Kuyidagilar baxolanadi:

  • o'yinchoqqa bo'lgan qiziqishi(emotsional reaktsiyasi xamda ifodalashi, iltimoslari);

  • o'yinchoqlarni tanlashi(mavzuga oid tanlov, biron-bir uyinni tashkillashtirish maqsadida yoki tasodifiy, kattaroq o’yinchoqni olish maqsadida, nima uchun kerakligiga bee’tibor);


  • харакатларни амалга оширишга
    o'yinchoqlardan adekvat foydalanish, ya’ni predmetni unga mos bo’lgan xolatda ishlatish(noadekvat foydalanish: bola yirtadi, sindiradi. Yalaydi, so’radi, predmetni og’ziga solishga xarakat qiladi, o’yinni maqsadsiz, mantiqsiz olib boradi);

  • O’yinni mustaqil tashkil etish darajasi (manipulyatsiya, protsessual, syujet elementli uyin);

  • O’yinning xarakteri (bir xillik, ijodiy);

- o’yin faoliyati davomida xulqi(emotsional reaktsiyasi, nutqi, boshqa o’yinlarga o’ta olishi, kattalar ishtirokiga munosabati).
Tekshiruv paytida o’yinning yo’qligi rivojlanishda nuqsoni borligini ko’rsatmaydi, chunki bu sharoit bola uchun oddiy emas. O’yinchoqqa bo’lgan munosabat, o’yin darajasini xarakterlaydi. Agar bolada o’yinchoqqa qiziqish bo’lmasa yoki ulardan noadekvat foydalansa, o’yinni o’zi tashkillashtira olmasa, faqatgina kattalar yordamida xarakatlarni qaytarsa, uning aqliy rivojlanishi pasaygan deb o’ylash mumkin. 4 yoshdan katta bolalarda syujetli o’yinni ochib bera olmaslik rivojlanishida orqada qolayotganidan dalolat beradi, manipulyatsiya darajasidagi o’yin esa rivojlanishdan o’ta orqada qolayotganini bildiradi. Boshqa ko’rsatmalar bilan birga ushbu o’ziga xos xususiyatlar intellektni pasayganini ko’rsatadi.
Maktabgacha yoshdagi bolalarni psixologo-pedagogik tekshirish tavsifnoma yozish bilan tugallanadi, rivojlanishdagi o’rganilgan faoliyatlar, shuningdek o’ziga xos xarakteristikasi ifodalanadi.

Download 2,44 Mb.
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   152




Download 2,44 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Rivojlanishida nuqsoni bo’lgan bolalarni erta aniqlash

Download 2,44 Mb.