|
Pedagogika instituti
|
bet | 75/152 | Sana | 20.05.2024 | Hajmi | 2,44 Mb. | | #245279 |
Bog'liq Klinika 2023й Равшанова И .Э.Kuzatishlar dinamikasi
Amaliyot shuni ko’rsatadiki, tibbiy – pedagogik komissiyada differentsial-diagnostik jihatdan murakkab bolalrni bir marta qisqa vaqt ichida tekshirish etarlicha bo’lmaydi. Bunday bolalar chuqur va uzoq vaqt o’rganishni talab qiladi.
Ba`zi hollarda bolalrni komissiyaga qadar o’rganish boshqa hollarda esa- komissiyadan keyin ham o’rganish zarur bo’ladi.
Har bir alohida holatda komissiya xalq ta`limi organlari bilan birgalikda bolani mahalliy sharoitni e`tiborga olib qo’shimcha o’rganish masalasini hal qiladilar. Eng muhimi-bolaning holatini to’g`ri aniqlashdir.
Tibbiy-pedagogik maslahatlar.
Diagnostik sinflardagi ishlarga metodik rahbarlik qilish tibbiy-pedagogik komissiyalar tomonidan amalga oshiriladi.
Bolalarni ta`lim jarayonida xar tomonlama tekshirish uchun sharoit yaratib berish, shuningdek lozim bo’lgan davolash tadbirlari ham ushbu sinflar ishlayotgan maktab direktorlari va vrachlarga yuklatiladi.
Diagnostik sinflarda mashg`ulotlar 1 sentyabrdan boshlanadi va o’quv yilining davomida o’tkazilib boriladi. 1 turdagi diagnostik sinflarda o’quv mashg`ulotlarining kun tartibi yordamchi maktabning boshqa sinflaridek bo’ladi.
Ikkinchi turdagi diagnostik sinflarda bir dars 35 minut davom etadi. Darslar orasidagi tanaffuslar 20 minut, ikkinchi soatdan so’ng 30 minut beriladi.
Har kuni 4 soat dars o’tiladi (faqatgina birinchi haftada kuniga 3 soat dars, 4-chi soat sayr o’tkaziladi).
Diagnostik sinflarda bolalarni o’rganish “tabbiy eksperiment” sifatida o’tkaziladi. Mashg`ulotlar uchun bolaning maksimal imkoniyatini aniqlash materiali tanlanadi. Kuzatish bilan birgalikda bolalar eksperimintal-pedagogik metodikalar yordamida tekshiriladi, o’rganiladi.
Bolalarni o’rganish bo’yicha to’plangan barcha materiallar har bir bola uchun tutilgan maxsus kuzatish kundaliklarida qayd etib boriladi. Kundaliklardagi ma`lumotlar vaqti-vaqti bilan umumlashtiriladi, tahlil qilinadi va keyingi ishlar uchun tavsiya sifatida olinadi. Bola haqida yig`ilgan ma`lumotlar asosida xaraktiristika tuzilib tibbiy-pedagogik komissiyaga yakuniy xulosa va bola uchun tegishli muassasa turini aniqlash uchun topshiriladi.
Birinchi turdagi diagnostik sinflar mashg`ulotlari dasturiga psixik rivojlanishi sustlashgan bolalar maktablari dasturining 1-2 sinflar dasturidan materiallarni kiritish lozim.
Ikkinchi turdagi diagnostik sinflar ish dasturiga quyidagi mashg`ulotlar kiradi:
- bolalarni tevarak – atrof haqidagi tasavvurlarini aniqlsh va rivojlantirish bo’yicha mashg`ulotlar (nutq o’stirish darslari, ekskursiyalar, sayrlar va h. k.);
- og`zaki va yozma nutqning holatini aniqlaydigan mashg`ulotlar (nutq o’stirish, yozuv, o’qish darslari);
- oddiy matematik tasavvurlarni aniqlash va rivojlantirish bo’yicha mashg`ulotlar (matematika darslari, ekskursiyalar, didaktik o’yinlar, rasm chizish, yasash);
- qo’l mehnati, amaliy faoliyatni aniqlash va rivojlantirish mashg`ulotlari (rasm, qurish – yasash, qo’l mehnati, o’z – o’ziga xizmat qilish);
- Aqli zaif bolalar uchun muassasalarni komplektlashda tibbiy – pedagogik maslahatlar katta yordam beradilar.
Tibbiy – pedagogik komissiyalarga o’xshab tashkil qilingan maslahatlar bolalarni kompleks tibbiy, psixologo – pedagogik va logopedik jihatdan o’rganishni tahminlaydi. Maslahatlar yil davomida faoliyat ko’rsatadilar, shuning uchun bolalarni uzoq vaqt davomida kuzatish, uning dinamikasini o’rganishga imkon beradi (qayta o’rganishni o’tkazish).
Tibbiy – pedagogik maslahatlarning asosiy vazifasi muassasalarda tarbiyalanayotgan bolalarning ota – onalari va tarbiyachilariga yordam ko’rsatishdir. Vrach – psixonevrolog va oligofreno-pedagogok bolalar rivojlanishidagi nuqsonlarning sabablarini aniqlab, bolalarning kun tartibini tashkil qilish, ular bilan rivojlanishdagi xulqidagi, diqqati, xotirasidagi nuqsonlarni bartaraf etish bo’yicha maslahatlar beradilar.
Tibbiy – pedagogik maslahatlarda 1,5-2 va undan katta yoshdagi bolalar tekshiriladi. Rivojlanishda u yoki bu nuqsonlar aniqlanganda bolalar maxsus muassasalarga
|
| |