|
Psixologik-pedagogik diagnostikaning ahamiyati
|
bet | 76/152 | Sana | 20.05.2024 | Hajmi | 2,44 Mb. | | #245279 |
Bog'liq Klinika 2023й Равшанова И .Э.Psixologik-pedagogik diagnostikaning ahamiyati
Rivojlanishda nuqsoni bo’lgan bolalarni iloji boricha erta aniqlash va tegishli maxsus muassasalarga yuborishning zarurligi shundaki, bolalar o’zlarining aqliy, bilim imkoniyatlariga va hissiy-idoraviy doiralari xususiyatlariga mos sharoitda ta’lim olishlari, tarbiyalanishlariga imkoniyat yaratib berishlari lozim.
Bolani psixologik-pedagogik tekshirish psixologik-tibbiy-pedagogik tekshirishning bir tomoni bo’lib, uning rivojlanish xususiyatlarini har tomonlama o’rganishga imkon beradi.
Maktabgacha yoshdagi bolalarni psixologik-pedagogik tekshirishning asosiy maqsadi: bolaning psixik rivojlanish darajasini aniqlash, psixik funktsiyalarini shakllanish xususiyatlarini o’rganish, psixik rivojlanishidagi buzilishlar (nuqsonlar) xarakteri va darajasini aniqlashdir.
«Psixik va jismoniy rivojlanishda nuqsonga ega bo’lgan bolalar diagnostikasi» kursi aqli zaiflikni aniqlash, uni boshqa o’xshash holatlardan farqlash imkonini beradi, bu esa nazariy jihatdangina emas, balki amaliy jihatdan ham muhim ahamiyatga ega. SHuning uchun aqli zaiflikni to’g’ri tushunish nazariy va amaliy ahamiyatga ega.
Nazariy ahamiyati shundaki bola rivojlanishidagi nuqsonlarning jiddiy klinik-psixologik belgilarini ajratishga hamda uning mohiyati va sabablarini yanada chuqurroq tushunishga imkon beradi.
Psixik va jismoniy rivojlanishda nuqsonga ega bo’lgan bolalarni psixologik-pedagogik tekshirish bola rivojlanishidagi nuqsonlarni, buzilishlarni aniqlash, uni boshqa o’xshash holatlardan farqlash imkonini beradi, bu esa nazariy jihatdangina emas, balki amaliy jihatdan ham muhim ahamiyatga ega.
Psixologo-pedagogik tekshirish maqsad va vazifalariga quyidagilar kiradi: bolaning hissiy va kommunikativ doirasini rivojlanish darajasini aniqlash va tavsiflash, sensor va harakat funktsiyalarini rivojlanish darajalarini aniqlash va tavsiflash, manipulyativ, predmetli va o’yin faoliyatining rivojlanish darajasini aniqlash tavsiflash, aqliy va nutqiy rivojlanish darajasini aniqlash, ijtimoiy-maishiy faoliyatni rivojlanish darajasini aniqlash, bola va ota-ona munosabatlarini yoshiga moslik darajasini aniqlash, bolaning psixik rivojlanish saviyasini aniqlash, potentsial imkoniyatlari asosida korrektsion ishlarni belgilash, ota-onalar va mutaxassislar uchun metodik tavsiyalar ishlab chiqish.
Psixologik-pedagogik tekshirishning asosiy metodlari quyidagilardan iborat:
● bolaning o’zi va ota-onasi bilan suhbat;
anamnestik va katamnestik o’rganish;
● kuzatish;
Nazorat savollari:
Tibbiy – pedagogik komissiya ishini to’ldiruvchi yo’llar xarakteristikasi qanday bo’ladi?
Tibbiy-pedagogik maslahatlarga nimalar kiradi?
Psixologik-pedagogik diagnostikaning ahamiyati qanday bo’ladi?
Tibbiy- psixologik- pedagogik kamissiya faoliyatining algoritmi haqidatushunchaga ega bo’ldingizmi?
|
| |