|
Tibbiy-psixologik-pedagogik majmuasi
|
bet | 74/152 | Sana | 20.05.2024 | Hajmi | 2,44 Mb. | | #245279 |
Bog'liq Klinika 2023й Равшанова И .Э.Tibbiy-psixologik-pedagogik majmuasi.
Ta’lim muassaslarining tarmog’i kengayib borayotganligi, xamda ta’lim muassasasini ota-onaga tanlash huquqi berilganligi sababli ba’zi- bir bolalarni o’qitish bo’yicha muammolar yuzaga kelmoqda. Ba’zi xolatlarda bolalarni o’qitishda va xulqining o’ziga xos xususiyatlarini boshqarishdagi paydo bo’lgan kiyinchiliklar pedagogning talablari bolaning psixik va jismoniy tayyorgarligiga mos emasligi, aqliy rivojlanish darajasiga e’tibor qaratilmaganligi, bolaning somatik-psixik xolatlari sabab bo’lsa, boshqa xolatlarda - maktab ta’limiga tayyormasligi (ba’zi psixik funktsiyalarning, muloqat ko’nikmalarining shakllanmaganligi, xissiy- irodaviy tomonlarning rivojlanmganligi) va x.k. Bularning barchasi bolalarga yordamning yangi turlarini izlash uchun asos bo’ldi. XX asrning 90- yillarida pedagog va psixologlarning tashabbusi bilan ta’limni boshqarish shaxar va viloyat organlari tomonidan umumta’lim maktablarida psixologo-tibbiy-pedagogik konsiliumlar tashkil etila boshlandi. Ularning funktsiyalariga bolalar uchun rivojlanishlarining bolani yoshi va individual psixo-jismoniy o’ziga xos xususiyatlari jixatidan ta’lim olishlari uchun optimal sharoitlar yaratish kiradi.
TPPKning maqsad va vazifalari. TPPKning asosiy maqsadi - rivojlanishida nuqsoni bo’lgan bolalarga diagnostik-korrektsion psixologo-tibbiy-pedagogik yordam berish, ularga o’qish va tarbiya olishlari uchun shart-sharoitlar yaratishdir.
Ushbu maqsadga erishish uchun quyidagi vazifalarni bajarish kerakdir:
- psixik-jismoniy rivojlanishida u yoki bu nuqsonilari bo’lgan bolalarni aniqlash va xar tomonlama kompleks tekshirish;
nuqsonlarning xarakteri va sabablarini o’rnatish (deviantli xulq, katta va tengdoshlari bilan bo’lgan nizoli vaziyatlar, o’zlashtirishda orqada qolish va x.k.);
bolaning potentsial imkoniyatlarini aniqlab ushbu ta’lim muassasa sharoitida unga maqsadli maxsus (korrektsion) yordam ko’rsatish;
“xatar guruxi”ga kiruvchi bolalarning individual rivojlanishini kompleks maqsadli dasturlarini yaratish;
rivojlanish dinamikasini kuzatish (kuzatuv, o’quv yilining boshidagi yoki oxiridagi diagnostik “kesimlar”, tegishli tuzatishlar kiritish);
ota-ona bilan maslaxat ishlarini olib borish.
Kursatilgan vazifalar maktabgacha ta’lim muassasalari pedagoglari jamoasi va TPPKning mutaxassislarining kuchi bilan o’zaro kelishilgan aloqada bajariladi.
An’anada, rivojlanishida turli nuqsoni bo’lgan bolalarga muljallangan maxsus muassasalarni bolalar bilan to’ldirish, muassasalarga bolalarni yuborish bilan shug’ulanib kelgan psixologo- tibbiy-pedagogik komissiyalar (TPPK) faoliyat ko’rsatadi. Ular ta’lim, sog’lik, axolini ijtimoiy ximoyalash organlari bilan birgalikda tuzilgan. Bunda bolalarning xar bir tipdagi muassasasi uchun (aqli zaif, ko’r va zaif ko’ruvchi, kar va zaif eshituvchi va x.k.lar) o’zining TPPKlari faoliyat ko’rsatgan. Ushbu komissiya faoliyatida malakali mutaxassislar qatnashib kelayotgan bo’lsada, uning ishini tashkillashtirish va sharoitlari (tekshirish vaqti chegaralanganligi, bir martalik tekshirish davomida rivojlanish dinamikasini kuzatish mumkin bo’lmaganligi, ko’pincha ularning tarkibida psixologlar katnashmaganligi va x.k.) tibbiy va psixologo-pedagogik tashxisning sifatini talab darajasida olib borish imkonini bermaydi. Xato tashxis ko’yilgan vaziyatlar kam bo’lmagan.
TPPK psixik va jismoniy rivojlanishida nuqsoni bo’lgan, o’qishda, muloqatda, xulqida muammosi bo’lgan bolalarga maxsus yordam ko’rsatish tizimidagi davlat maslaxat-tashxis, korrektsion markazi bo’lib xisoblanadi. TPPK bolalarga ta’lim berishning ko’rinish va shakllarini aniqlash uchun ekspert xizmati funksiyasini bajarmoqda. O’z faoliyatida TPPK bola xuquqlari to’g’risidagi Xalqaro Konventsiya, xamda O’zbekistan respublikasi xalq ta’limi vazirligi, ta’lim, sog'liq, bolalar huquqini ximoyalash to’g’risidagi qonunlariga amal qiladi. Ma’muriy bo’linishni xisobga olib viloyat, shaxar, tuman TPPKlar tuziladi.
TPPKning shtat tarkibiga quyidagi mutaxassilar kiradi:
vrachlar (pediatr, nevropotolog, psixiatr, otolaringolog, oftalьmolog, lozim bo’lganida ba’zan ortoped);
pedagog-defektologlar (oligofrenopedagog, surdopedagog,
tiflopedagog, ortoped);
Xududning sharoitlariga (moddiy baza, mutaxassilar bilan ta’minlanganligi va x.k.) qarab TPPKning tarkibida aniq bir ishni bajarish uchun mustaqil bo'limlar tuzilishi mumkin. Bu yerga maslahat- tashxis, korrektsion va ilmiy-metodik bo’limlar kiradi.
TPPKning muxim vazifasi xamda uning faoliyatning asosiy mazmuni deb bola va o’smirlarni tug’ilishidan 18 yoshigacha kompleks tibbiy- psixologo-pedagogik diagnostika o’tkazish xisoblanadi. Erta diagnostika bolalarga o’z vaqtida yordam ko’rsatish, ularning rivojlanish darajasi va o’ziga xos xususiyatlariga aniqliklar kiritish, xamda tarbiya va ta’lim olishi uchun joy topib berish maqsadida kerak. Bu vaziyatlarda maxsus (korrektsion) muassasani bolalar bilan to’ldirish masalasi yechiladi.
Tibbiy-psixologo-pedagogik diagnostika bola rivojlanishidagi nuqsonilar tufayli paydo bo’layotgan muammolarni yechish maqsadida ota-ona (yoki ularni o’rnidagi shaxslar), pedagogning talabi bo’yicha xam o’tkazilishi mumkin. Ularga bolaga yordam berish uchun maslaxatlar va aniq tavsiyalar kerak.
TPPKda ishni tashkil etish bo’yicha:
-TPPKga junatilganlar ro’yxati va tekshirish o’tib bo’lgan bolalarni ro’yxatga olish daftarlari;
-Tekshirish jarayoni to’g’risidagi bayonnomalar;
-Korrektsion-rivojlantirish tizimidan chiqarilgan bolalar xujjatlarining arxivi va TPPKning xulosa nusxalari.
Tibbiy tekshirish o’z ichiga oftalьmolog, otolaringolog, somatik, nevrolog va psixiatrlarning tekshirishini oladi. Kerak bo’lsa poliklinik tekshirishlar o’tkaziladi. Anamnez yigiladi. Bu barcha tekshirishlar vrachlar tomonidan o’tkaziladi. Defektologga xam, logopedga xam bu bilan shug’ullanishiga ruxsat yo’q, lekin ular bolalar rivojlanishiga u yoki bu nomaqbul vaziyatlar qanday ta’sir o’tkazishi, psixikasining xususiyatlari xaqida bilishlari muxim. Bola rivojlanishini tarixidan ona bilan o’tkazilgan suxbat davomida vrach tomonidan olingan ma’lumotlar, xamda vrach xulasasining bola xolatining ob’ektiv ko’rsatkichlari to’g’risidagi ma’lumotlar psixologo-pedagogik tekshirishning to’g’ri strategiyasini tanlash uchun yordam kursatadi. Eshitish qobiliyati past yoki nutqida nuqsoni bo’lgan bolani tekshirish davomida noverbal ko’rinishdagi topshiriqlar berilishi zarur, ko’rishda nuqsonii bo’lsa tekshirish nutq materiali orqali otkaziladi va x.k.
Psixologik-pedagogik tekshirish davomida bolaning psixik rivojlanishining (nutq, xarakat va x.k. rivojlanishining tsenzitiv davri) o’ziga xos xususiyatlari belgilanadi; saranjomlik, o’ziga- o’zi xizmat qilishi, boshqa bolalar bilan muloqat qilish kunikmalari qachon shakllana boshlanganligi aniqlanadi; motorika xolati, o’yin xarakteri va x.k. kayd etiladi. Nafakat ayrim psixik jarayonlarni o’rganish, balki shaxsni o’zini o’rganish muxim axamiyatga ega.
Agar bolalar maktabda ta’lim olayotgan bo’lsalar, o’qishida mavjud kiyinchiliklarning sababi va xarakterini belgilash, nuqsoni tarkibini ochib berish darkor. Bilim olish qobiliyatiga katta diqqat qaratish lozim. Bilim olish qobiliyatining ko’rsatkichlari deb - umumiy fikrlash qobiliyati, fikrlash jarayoning egiluvchanligi, o’quv qurollarni o’zlashtirish va x.k., xamda bola yordamni qabul qilish qobiliyati (bu asosiy ko’rsatkichlardan biri) xisoblanadi. Bu yordamning xarakteri va o’lchamligi e’tiborga olinadi.
O’z ichiga o’quv ko’nikmalardan, yozish, o’qish, sanash, va x.k.dan umumiy xabardorlikni, ularni shakllangalikni xisobga olib, pedagogik tekshirish defektolog tomonidan amalga oshiriladi. O’z xulosasida u nafaqat bola rivojlanganligining o’rnatilgan dolzarb darajasini aks etadi, bola bilan ishlash bo’yicha kerakli usullarni ko’rsatadi. Uning tavsiyalari xam pedagog, xam ota-onalarga foydali.
Psixologik tekshirishni psixolog o'tkazadi. U kuzatilayotgan xodisa sabablarini taxlil qiladi, psixik funktsiyalarni, motivatsion-idrok va xissiy-shaxsiy soxalarni korrektsiya qilish bo’yicha taxmin (prognoz) va tavsiyalar beradi. Xulosada u kompleks psixologik tashxis qo'yadi. Kerak bo’lsa neyropsixologik tekshirish o’tkaziladi.
Logopedik tekshirishni (zaruriyat tug'ilgan vaziyatlarda o’tkaziladi) logoped amalga oshiradi. Nutq rivojlanishining o’ziga xos xususiyatlarini namoyish etib, u mavjud nuqsonilarning xarakterini va sabablarini ochib beradi. Logopedik o’rganish jarayoniga artikulyatsion apparatning, impressiv (fonetik eshitish, so’zlar, sodda gaplar, mantiqiy-grammatik qurilmalarni tushunish) va ekspressiv (takroriy, nominativ, mustaqil) nutqning tekshirish kiradi. Bolalarning yozma nutqi xam, xamda nutqiy xotira xam tekshirishdan o’tkaziladi. Logoped nutqdagi nuqsonining tuzilishini va bola nutqining rivojlanmay qolganlik darajasini aniqlashi zarur, Bu nutq buzilishlari birlamchi nuqsoni bo’lgan bolalarni va nutqning zaifligi aqliy zaiflik natijasida kelib chiqqan bolalar o’rtasida chegara olishga yordam beradi.
Mutaxassilar tomonidan yig’ilgan ma’lumotlarga ko’ra, TPPK yig’ilishlarida natijalar muxokama qilinadi va bolaning imkoniyatlari va xususiyatlaridan kelib chiqib o’qish mashg’uloti xaqidagi tavsiyalar bilan, xamda kerak bo’lsa tibbiy yordam to’g’risidagi kollegial xulosa beriladi.
TPPKni o’tkazish davriyligi o’quv muassasining aniq talabi bilan bog’lik, lekin kvartalda kamida bir marta o’tkazilishi shart. yigilish puxtalik bilan tayyorlanishi juda muxim, shuning uchun oldindan (1-2 oy oldin) yetakchi mutaxassis bolalardan qaysi biri chuqur tekshirishga muxtojligini aniqlaydi, bola bilan ish dasturi va barcha mutaxassilari tomonidan yetakchi mutaxassisga xulosalarni tayyorlab berish muddatlari (TPPKning yig'ilishidan kamida 3 kun oldin) tuziladi. Bolalar TSHXKda takroriy tekshiruvdan o’tkazilayotgan bo’lsalar, bola bilan individual olib borilgan korrektsion-rivojlantirish ish natijalari alohida baholanadi (dinamikasining xarakteri) va bu ishni davom etish bo’yicha keyingi dastur tuziladi.
TPPK nafaqat bola, ota-onaga yordam beradi, u bolada bo’lgan muamolarini yechishda pedagoglar tomonidan olib borilayotgan xarakatlarning bir-biriga muvofikligini ta’minlab, ularning malaka darajasini xam oshiradi, va bu TPPKning eng muxim vazifalaridan biridir.
|
| |