• Tayanch so’z va iboralar
  • Pedagogika instituti




    Download 2,44 Mb.
    bet77/152
    Sana20.05.2024
    Hajmi2,44 Mb.
    #245279
    1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   152
    Bog'liq
    Klinika 2023й Равшанова И .Э.

    2-MODUL SURDOPATALOGIYA
    11-Mavzu. Eshitish a’zosi anatomiyasi va fiziologiyasi haqida qisqacha ma’lumot.


    REJA:



    1. Inson eshitish analizatorlari tizimi va tovushni his etish.

    2. Inson eshitish analizatorlari tizimi.

    3. Tovushning akustik va fizik xususiyatlari.


    Tayanch so’z va iboralar: Bel, Gr, Db, Labirint, bolg’acha, sandoncha, uzangicha, vestibulyar, ekstraretseptor analizatorlar, filogenetik


    Inson eshitish analizatorlari tizimi va tovushni his etish
    Eshitish analizatori fiziologiyasi – tashqi quloqdan boshlanib, bosh miya po‘stlog‘ida tugaydigan bir butun sistemadir. Eshitish analizatorining adekvat ta’sir etuvchisi tovush to’lqinlari bo’lib, ular turli zichlikka ega bo’lgan muhitda har-xil tezlik bilan tarqaladi. Quloq va yuqori nafas yo’llarida ko’pgina muhim analizatorli o’rin topgan. Shulardan biri eshitish analizatoridir. U ekstraretseptor analizatorlar, ya’ni signallarni masofadan qabul qilib analizlovchilar turkumiga kiradi.
    Eshitish analizatori filogenetik eng kech shakllangan, murakkab tuzilishga va universal xususiyatlarga ega bo’lgan tuzilmadir.
    Bu sistemalarning har biri ma’lum bir funksiyaga ega bo‘lib, uning buzilishi eshitishni qisman yoki to‘la yo‘qolishiga olib keladi. Eshituv analizatorining adekvat ta’sirlovchisi tovushdir. Quloq suprasi tovushning yo‘nalishini aniqlashda qatnashadi. Uning shakli va eshitish yo‘llarining tuzilishi tovush to‘lqini bosimining ortishini ta’minlaydi. O‘rta quloq tizimi tovush to‘lqinlarini to‘liqligicha ichki quloqqa yetkazilishini ta’minlashga mo‘ljallangan. Bu jarayon o‘rta quloqda mavjud bo‘lgan «mexanizmlar» yordamida amalga oshiriladi. Nog‘ora parda, tovush kuchi va tovush to‘lqini bosimini labirint dahliziga uzatadi. Eshituv suyakchalarining zanjiri ikkita – antogonist mushaklar bilan bog‘langandir. Shuning uchun uzangida tovush to‘lqinining bosimi ortib, natijada nog‘ora parda va labirint dahlizi bilan kontakt hosil bo‘ladi. Odamning qulog‘i tashqi muhitdan 16 dan 22000 Gs gacha tebranadigan tovushlarni qabul qiladi. Eshitish qobiliyati odamlarda 20–30 yoshlarda eng yuqori nuqtaga yetadi. Suyak to’qima orqali odam qulog’i chastotasi 225 ming Gc gacha bo’lgan ultratovushlarni qabul qila oladi. Eshitish diapazonidagi 16 Gc dan 500 Gc gacha bo’lgan to’lqinlar past chastotali, 500 dan 3000 Gc gacha – o’rta, 3000 Gcdan 8000 Gc drn tepasi – o’ta yuqori chastotali tovushlar deyiladi.
    Eshitish analizatorining turli chastotadagi tovush to’lqinlariga har xilda ta’sirchanligi uning ikkinchi o’ziga xos xususiyatidir. Bizning qulog’imiz 1000-3000 Gc oralig’idagi tovushlarga eng ta’sirchandir. Shu optimal eshitish chegaralaridan uzoqlashgan sari eshitish organining ta’sirchanligi pasayib boradi va 200 Gc dan 10.000 Gc atrofida tovushning bo’sag’a kuchi 1000 martacha ortadi.
    Tovushlarni telefon ixtirochisi A. Bel nomi bilan yuritiladi va "bel" birligida belgilanadi. Buni yanada qulaylashtirish maqsadida har bir "bel" teng 10 qismga bo’linadi va desibellar (db) deb ataladi. Tovush tebranishlarining minimal energiyasi eshitiladigan tovushni sezishga olib keladi, bu – tovushni eshitish bo‘sag‘asi deyiladi. Tovushning o‘lchov birligi detsibel (dB) dir.
    Eshituv analizatorining muhim xususiyatlaridan biri tovush manbayining qayerdaligini aniqlash qobiliyati bo‘lib, bu ototopika deyiladi. Ototopika ikkala quloq faqat normal eshitgandagina, ya’ni yaxshi binoural eshitgandagina yuzaga chiqadi. Eshituv analizatorining periferik qismi ikkita asosiy funksiyani bajaradi:
    1) tovushni o‘tkazish, ya’ni tovush energiyasini retseptor apparatiga tashib berish, bu ko‘pincha mexanik (fizik) funksiyadir;
    2) tovushni qabul qilish, tovush tebranishlari fizik energiyasining periferik retseptorlar – spiral (Kortiy) a’zoning nerv qo‘zg‘alishlariga (elektropo ten siallarga) aylanishi (transformatsiya), bu – keyin miya po‘stlog‘iga uzatiladi (8-rasm). Ana shu funksiyaga muvofiq tovushni o‘tkazuvchi va tovushni qabul qiluvchi apparatlar farqlanadi.
    Vestibulyar analizator fiziologiyasi. Vestibulyar apparat – muvozanat a’zosi hisoblanib, muskullar tonusini idora qiladi va gavdani ma’lum bir muvozanatda saqlaydi, gavda vaziyati hamda uning maqomdagi muvozanati haqidagi ma’lumotlarni miya po‘stlog‘iga yetkazib beradi. Vestibul quloqning tovush o‘tkazuvchi (1) va tovushni qabul qiluvchi (2) bo‘limlari: a) havo o‘tkazuvchanligi; b) suyak-to‘qima o‘tkazuvchanligidan iborat.
    Vestibulyar apparat retseptorlarining ta’sirlanishi tufayli mushaklarda reflektor reaksiya sodir bo‘ladi, bu esa gavdani muvozanatda saqlab turishga sharoit yaratib beradi. Yarim halqa kanallar funksiyasi va dahliz xaltachalari funksiyalari farqlanadi. Otolit apparatidan reflekslar chiqishi mumkin. Bunday paytda og‘irlik kuchi yoki to‘g‘ri chiziqli tezlanish va ampuladan chiqqan burchakli tezlanishlar ta’siri adekvat ta’sirlar bo‘lib hisoblanadi. Yarim halqa kanallari ta’sirlanganidan ko‘ndalangtarg‘il mushaklarda reflekslar – animal reaksiyalar kelib chiqadi, ular orasida: ko‘z, qo‘l-oyoq, tana-bo‘yin mushaklarida bo‘ladigan reflekslar farqlanadi. Ko‘z mushagida bo‘ladigan reflekslar nistagm paydo bo‘lishi – ko‘z olmasining ritmik tebranishi bilan ifodalanadi, bu – sust va tez komponentlardan tashkil topadi.
    Tovush to’lqinlari bir-biridan balandligi, jarangdorligi va tembri bilan farqlanadi.
    Tovush balandligi - uning chastotasi, tovushning 1 sek. ichidagi tebranishlar soni bilan belgilanadi va u Gclarda o’lchanadi. Tovushning jarangdorligi uning jadallgini aks ettirib u quvvat yoki bosim birliklarida o’lchanishi mumkin. Lekin bu birliklar katta sonli chegaralar darajasida bir-biridan farqlanishi sababli ularni amaliy ishda qo’llash juda ko’p noqulayliklar tug’diradi.
    140 db - odam qulog’i bardosh bera oladigan eng kuchli tovushdir. 30 db eng past tovush hisoblanadi, lektorning nutqi - 60 db ga tanglashadi. Reaktiv uchkich atrofiga - 100 db tovush tarqatadi. Tembr - tovushning xilma-xilligi bo’lib, unda asosiy qismi - tonlar va qo’shimcha qismlari-obertonlar deb yuritiladi.
    I.P.Pavlovning analizatorlar ta’limotiga asosan, eshitish analizatori uch qismdan: perifirik, o’tkazuvchi yo’llar va po’stloq qismlaridan tashkil topgan.
    Eshitish analizatorining periferik qismi tovush o’tkazish va tovush qabul qilish bo’limlaridan iborat.
    Tovush o’tkazish qismiga tashqi va o’rta quloq tuzilmalari, hamda ichki quloqning peri- va endolimfa bo’shliqlari, bazilyar membrana, chig’anoqning membranasi kiradi. Eshitishni qabul qilish qismini spiral a’zo tashkil qiladi. Tovushning o’tkazish qismi tovushni retseptor apparatga yetkazib berish uchun, qabul qilish qismi esa, mexanik tebranishlarni nerv impulsiga aylantirishga xizmat qiladi.

    Download 2,44 Mb.
    1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   152




    Download 2,44 Mb.