Zaif eshituvchanlik etiologiyasi va klinikasi




Download 2,44 Mb.
bet85/152
Sana20.05.2024
Hajmi2,44 Mb.
#245279
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   152
Bog'liq
Klinika 2023й Равшанова И .Э.

Zaif eshituvchanlik etiologiyasi va klinikasi.
Zaif eshituvchanlik qandaydir darajada bolaning tashqi muhit bilan aloqaga kirishishining amalga oshirilishiga to’sqinlik qiluvchi, eshituv idrokining ma’lum bir foizi turg’un pasayganligi bilan xarakterlanadi.
Zaif eshituvchanlikning sabablari ko’p, ko’pincha o’rta quloqning zararlanishi turli xil infeksion kasalliklar yoki tug’ma eshituv funksiyasining to’liq shikastlanmasligi oqibatida kelib chiqishi mumkin. Zaif eshituvchanlikni keltirib chiqaruvchi bir qator kasalliklar mavjud. Ulardan biri nerv sistemasining meningoentsefalitidir. Burun yoki tomoq orqali kelib chiqadigan kasalliklarning zaif eshituvchanlik, umuman eshitishning buzilishiga hech qanday aloqasi yo’q.
Zaif eshituvchanlik bolaning nafaqat nutqiga, balki psixikasiga ham o’z ta’sirini ko’rsatadi. Shuni ham aytib o’tish joizki, ushbu ta’sir darajasi individual bo’lib, bola nerv sistemasiga bog’liq. Shu bilan birga, intellektual ongning yuqoriligi va albatta tashqi dunyo sharoitiga bog’liq.
Kuzatishlarning ko’rsatishicha, erta bolalik davrida nutq rivojlanguncha zaif eshituvchi bo’lib qolgan bolalarda nutq yaxshi shakllanmagan bo’lar ekan. Bu eng avvalo eshituv nazoratining pasayganligi bilan izohlanadi. Bunday bolalarning og’zaki nutqida so’zlarni noto’g’ri talaffuz qilish, ayrim tovushlar boshqa tovushlar bilan almashib ketishi kuzatiladi, bundan tashqari, jarangli undosh tovushlarni jarangsiz tovushga almashtirib talaffuz qilishlari mumkin. L.V.Neymon audiometrik tekshirish18lar asosida zaif eshituvchilarni 4 guruhga bo’ladi:
1-guruhga baland ovozlarni va faqat tovushlarni eshituvchi bolalarni kiritgan.
2-guruhga baland ovozni va ayrim unli tovushlarni eshituvchi bolalarni kiritgan.
3-guruhga esa normal balandlikdagi ovozni eshitadigan, hatto ayrim tanish so’zlarni ham ajrata oladigan bolalarni kiritgan.
4-guruhga nutqiy tovush balandlikdagi ovozlarni 2 metr oralig’ida eshitib, tovush kuchaytirgich apparatlari yordamida o’qituvchining tushuntirishlarini bemalol eshita oladigan bolalarni kiritgan.
Ushbu apparat yordamida o’qituvchi muloqot qilish davomida saqlanib qolganlar eshituv qobiliyati aktiv foydalanish imkoniyatiga ega bo’ladi. Biroq ular uchun davolash muolajalarini olib borish zarurdir. Shu bilan birga, eshituv apparatlari yordamida eshituv sezgisini rivojlantirish ham maqsadga muvofiq.
Zaif eshituvchilar bilan olib boriladigan pedagogik ishlar o’zgacha nerv diagnostik asoslarda olib boriladi. Chunki og’zaki nutqning ma’noli turini eshitishga imkon yaratadigan eshituv qobiliyatlari saqlangan. Bundan tashqari boshqa usullarga o’tib ketmay, boshqalar bilan muloqotga kirishishga imkon beradigan yetarlicha to’la bo’lmagan bir qator holatlardan bo’lsada ko’pchilik zaif eshituvchilar og’zaki nutqqa ega bo’ladilar. Shunday zaif eshituvchi bolalar uchun ta’lim tarbiyaviy jarayonning o’ziga xosligi infeksiya ta’sirida o’rta quloqning kasallanganligi, ba’zi hollarda esa markaziy asab sistemasining meningit-entsefalit bilan kasallanganligidan bo’lishi mumkin.
Burun va tomoq kasalliklari ham eshitish qobiliyatiga salbiy ta’sir ko’rsatadi.
Zaif eshitish bolalar nutqiga salbiy ta’sir etib, ularning asab sitemasini ma’lum darajada buzishi mumkin. Yosh bolalarda eshitish qobiliyatining yo’qolishi natijasida ular nutqining to’la to’kis bo’lmasligi, ba’zi xarflarni to’la to’kis ifodalay olmaslik (sh, s, z, d, f kabi), so’z, jumlalarning oxirgi xarflarini noto’qri talaffuz qilish holatlari uchraydi. Chunki bolalar bilan so’zlashish paytida ular har bir so’z yoki jumlani to’la-to’kis eshita olmaganligi uchun o’z hohishicha cho’ldirab qo’yadi. Natijada asta-sekin agramatizm hollari yuzaga keladi. Eshitish qobiliyati pastligi natijasida unga qarata aytilayotgan jumlalarni oxirigacha nazorat qila olmaslikdan bola nutqida jarangdorlik bo’lmaydi.
Eshitish qobiliyati past bo’lgan bolalarning umumiy maktabda asta-sekin ilm olishga ishtiyoqi so’na boradi. Tajribasi kam yoki malakasiz pedagoglar bunday bolalarni yalqov, dangasa, aqli zaif bolalar toifasiga kiritib qo’yadilar, vaholanki bunday bolalar o’qitilayotgan dars mazmunini aniq eshita olmaydi, o’qituvchidan qayta-qayta so’rashga uyaladi, chunki sinfdoshlari uni "kar-soqov" deb kamsitishlaridan cho’chiydi. Natijada bu o’quvchidan pedagog biror savolga javob berishini so’rasa u o’zini yo’qotib qo’yadi, javoblari esa tavakkal o’tilgan darsga taalluqli bo’lmagan javob berish, pedagog to’satdan savol bersa, u sarosimaga tushib qolishi ham mumkin.
Karlarning o’zaro muloqoti o’ziga xos imo-ishora va mimika vositasida amalga oshiriladi. Albatta bunday imo- ishoralar juda sodda ko’rinishga ega.
Asta-sekin imo-ishoralardan labning qimirlashiga qarab muloqat qilish mimikasi bo’shashtiriladi. Bunda kar o’ziga qarata aytilgan so’zlarni eshita olmaydi, ammo gapirayotgan odamning lablariga razm solib turadi. Muntazam ravishda tajribali pedagog rahbarligida ushbu usulda shug’ullana borishi yaxshi samara beradi.
Lab qimirlashidan o’qib olish malakasi osonlikcha kechmaydi. Bu usulni hamma karlar barobar o’zlashtira olmasliklari mumkin. Har holda bu usul karlarning atrofdagilar bilan aloqada bo’lish omili bo’ladi.
Daktilogik-barmoqlar alifbosi deb ataladigan usulda kar bolalar o’zaro muloqotda bo’lishlari mumkin. Bunda so’z ifodasidagi harflar barmoqning turli holatlari bilan belgilanadi. Kaftdagi barmoqlarni turli ko’rinishda- bukkan, yarim bukkan, orasini ochgan yoki birlashtirgan holda va x.k. ma’lum bir so’zni anglatish mumkin.
Pedagog-tarbiyachilar yana shunga e’tibor berishlari lozimki, umuman eshitmaydigan kar bolalar kam uchraydi. Kar deb hisoblangan bolalarning aksariyatida biroz bo’lsa ham eshita olish qobiliyati bo’ladi.
Muntazam ravishda lor shifokor nazorati o’tkazilib turilganda, quloq kasalliklarining davolash tugallanmagan holatlarini ham uchratib qolish va shoshilinch ravishda davolashni davom ettirish mumkin. Oxirgi paytlarda eshitish qobiliyatini yo’qotgan bolalar uchun ovozni kuchaytirib beruvchi juda qulay va shinam tranzistor apparatlar ishlab chiqarilib, ular quloqning ovoz eshitish kanaliga o’rnatib qo’yiladi. Mitti batareykali individual eshitish apparatlari, transiztorlar 4, 3, 2 guruhga kiruvchi bolalar uchun ayni muddaodir. Individual eshitish apparatlari bilan ta’minlangan bolalarni pedagogik-tarbiya jarayonlaridagi o’ziga xos xususiyatlaridan biri-ular talaffuzidagi iboralarning noaniqligi, jarangli bo’lmasligi, ifodadagi harflarning cho’zilib ketishidir. Shu sababli pedagoglar har bir bola bilan individual ravishda nutqning to’g’ri ifodali bo’lishi va to’g’ri talaffuz yuzasidan ish olib borishlari zarur.

Download 2,44 Mb.
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   152




Download 2,44 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Zaif eshituvchanlik etiologiyasi va klinikasi

Download 2,44 Mb.