• Keyinchalik kar bo’lib qolgan bolalar.
  • Nutqini saqlab qolgan kar bolalar




    Download 2,44 Mb.
    bet84/152
    Sana20.05.2024
    Hajmi2,44 Mb.
    #245279
    1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   152
    Bog'liq
    Klinika 2023й Равшанова И .Э.

    Nutqini saqlab qolgan kar bolalar.
    Maktab yoki bog’cha yoshida kar bo’lib qolgan bolalar nutqi ustida maxsus ish olib borilsa, bolani nutqini saqlab qolish mumkin. Agar bunday ishlar olib borilmasa, bola bor nutqini ham yo’qotadi. Karlarda eshitish qobilyati butunlay yo’qolmaydi, ko’pchiligida ozgina bo’lsa ham saqlanadi. Kuchli tovushni ajratishadi, ayrimlari qulog’ini oldida gapirganni qabul qilishadi. Orttirilgan karlikda eshitish qobilyati qisman saqlanib qolgan bolalarni quyidagi guruhlarga bo’lish mumkin.
    I – eng past chastotalarni qabul qiluvchi bolalar (128-256 Gts).
    II – past chastotalarni qabul qiluvchilar (512 Gts gacha)
    III – past va o’rta chastotalarni qabul qiluvchilar (1024 Gts gacha)
    IV - keng diapazondagi chastotalarni qabul qiluvchilar (2048 Gts va undan yuqori).
    I guruhdagi kar bolalarni ayrimlari quloq oldida chiqarilgan kuchli tovushga reaksiya beradi, hech qaysi undoshli tovushlarni, so’zlarni ajratolmaydi.
    II guruhdagi kar bolalar quloq oldidagi kuchli tovushga (masalan, baqiriq, paravozni gudogi) javob reaksiyasini beradi, ayrimlari (a, u) xarflarni ajratadi, lekin so’z va jumlalarni ajratolmaydi.
    III guruhdagi kar bolalar to’g’ri ovoz bilan gapirganda reaksiya beradi, 3–4 xarflarni, ayrim tanish so’zlar va jumlalarni ajratishadi.
    IV guruhdagi kar bolalar – 2 m masofadagi gapni eshitishadi, hamda tanish bo’lgan jumla va so’zlarni ajratishadi.
    Keyinchalik kar bo’lib qolgan bolalar.
    Keyinchalik kar bo’lib qolgan bolalar, yani maktab yoshigacha yoki maktab yoshida kar bo’lib qolganlar kar bo’lishidan oldin orttirgan nutqini qisman bo’lsa ham saqlab qolishadi. Nutqni saqlanib qolish darajasi bir qator sabablarga bog’liq bo’ladi:
    a. bolani o’sib-rivojlanayotgan muhitiga
    b. nutqni o’stirish uchun ishlar olib borilishi, yoki olib borilmasligi;
    v. eshitishni qisman bo’lsa ham saqlanganligi, yoki butunlay yo’qligi;
    g. eshitishni saqlangan qismini ishlata bilishligi va x.k.
    Agar nutqini rivojlantirish ustida ish olib borilmasa, 4–5 yoshida eshitish qobilyatini yo’qotgan bolalar maktab yoshiga yetganda gapirmaydilar. 2–3 yoshda eshitish qobilyati buzilgan bolalar bilan nutqni rivojlantirish maqsadida maxsus ish olib borilsa, ularning nutqi yo’qolmasdan, aksincha rivojlanadi. «Keyinchalik kar» bo’lib qolgan bolalar degan termin ishlatilganda, karlikni necha yoshda paydo bo’lganligi emas, balki asosan karlikda nutq saqlanganligi nazarda tutiladi. Sabablari: yuqumli kasalliklar ichida epidemik entsefalit asosiy sabablardan hisoblanadi.
    Maxsus maktablarda odatda eshitish qobiliyatining buzilishi bilan birga nutqi ham rivojlanmagan bolalar tarbiyalanadilar. Bolani eshitishi qisman saqlanib, nutqi rivojlanmagan bo’lsa, keltirilgan tasnifga qarab ommaviy maktabga yuborib bo’lmaydi. Aksincha, eshitishni pasayishi og’ir darajada bo’lganda bolaga sharoit tug’dirish tufayli, nutqi yaxshi rivojlangan bo’lsa, uni ommaviy maktabda o’qitish kerak. Agar eshitishni pasayganligi vaqtida aniqlanmasa, atrofdagilar beparvo bo’lsalar, yani nutqni o’stirish ustida faol ish olib borilmasa, yoki oilada sharoit bo’lmasa (masalan, kar-soqovlar oilasi), eshitish qobilyati bilan birga qisman nutqi ham rivojlanmay qoladi. Shunday qilib, maxsus zaif eshituvchi bolalar maktabida bolalarni saralashda eshitishni pasayish darajasi emas, balki nutqdagi yetishmovchiliklar nazarda tutiladi.
    Nutq diapazonidagi eshitishni pasayishiga qarab zaif eshituvchilar quyidagi darajalarga bo’linadi (L.V.Neyman):

    1. Zaif eshitishni (qulog’i og’irlikni) darajasi

    2. Nutq diapazondagi eshitishni yoi’qolishi

    • I yengil. Nutq diapozonidagi eshitishni yo’qolishi 50 dan (dB) desi belldan oshmaydi.

    • II o’rta. Nutq diapozonidagi eshitishni yo’qolishi 50 dan to 70 dB – gacha.

    • III og’ir. Nutq diapozondagi eshitishni yo’qolishi 70 – dan oshadi (o’rtacha 75 – 80 dB)

    Eshitishni yo’qolishi 50 dB dan oshmasa, to’g’ri ovoz bilan gapirgan so’zlar 1 m. masofada aniq eshitiladi; ya’ni bola bilan gaplashish mumkin.
    Eshitishni yo’qolishi 50 dan–70dB gacha bo’lganda, to’g’ri ovoz bilan gapirgan so’zlar 1 metrga yetmagan masofada eshitiladi, ya’ni gaplashish qiyinlashadi

    Download 2,44 Mb.
    1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   152




    Download 2,44 Mb.