|
Quloqdagi yot (begona) jismlar
|
bet | 92/152 | Sana | 20.05.2024 | Hajmi | 2,44 Mb. | | #245279 |
Bog'liq Klinika 2023й Равшанова И .Э.Quloqdagi yot (begona) jismlar. bu holatlar ham tezkor tibbiy yordamga muhtoj bo’lib, ko’p bolalarda uchraydi, ko’pincha bolalar o’zini yoki o’rtog’ini qulog’iga o’ynab har-xil narsalarni solib yoki tiqib qo’yishi mumkin. Yozda ochiq havoda uxlab qolinsa quloqqa turli tirik hashoratlar pashsha, chivin hatto suvarak bo’lishi ham mumkin. Bunday holatlarda quloqqa spirt yoki yog’ tomizilib, so’ngra tashqi eshituv yo’lini yuvish lozim.
Esda tuting, hech qachon yot jismlarni o’zicha olishga harakat qilmang (shpilka yoki pinset bilan) yot jismni ichkariga kirgizib, nog’ora pardani teshib, eshituv suyakchalarini buzib, ichki quloqqa o’tishi yoki tashqi eshituv yo’lini suyak qismida tiqilib qolishi mumkin – bunda yot jismni faqat operasiya yo’li bilan olish mumkin.
Esda tuting – yot jismlar quloqqa tushsa 1-2 kun ichida hech qanday ziyon keltirmaydi, shuning uchun bemorni imkon boricha shifokor-mutaxassisga olib boorish kerak.
Nog’ora parda kasalliklari. Parda nuqsonlari, jarohatlanishi alohida kam uchraydi. Uning tug’ma yo’q bo’lishi tashqi quloq atreziyasi bilan, nog’ora bo’shlig’ini rivojlanmay qolishi bilan, eshituv suyakchalarini, o’rta quloqni mushaklarini rivojlanmay qolishi bilan o’tadi.
Nog’ora pardani teshilishi odatda shpilka bilan kovlaganda (gugurt cho’pi bilan yoki boshqa narsa bilan), yot jismlarni olishga harakat qilganda yuz beradi. Atmosfera bosimini tez o’zgarishi ham nog’ora pardasini teshilishiga olib keladi. Nog’ora pardani teshilishi eshitish qobiliyatiga uncha ta’sir etmaydi. Havfli tomoni – nog’ora bo’shlig’iga infeksiya o’tib – o’rta quloqning yiringli yallig’lanishiga olib keladi. Bu holda quloqni yuvish man etiladi!
Otgematoma – quloq suprasida qon yig’ilishi. Bu kasallikda quloq suprasi ezilishi yoki jaroxatlanishi va teri ostiga qon yig’ilishi natijasida bo’ladi. Klinikasida quloq suprasida qizg’ish ko’kimtir shish, paypaslab ko’rilganda yumshoq shish, ichida suyuqlik flyuktuatsiya bo’ladi.
Kasallik boshlang’ich davrida shu joyga muz qo’yish, kechiktirilgan holatlarda igna yordamida punksiya qilinadi va ichidagi suyuqlik tortib olinadi, quloq suprasi esa siqib bog’lanadi.
|
| |