|
Pedagogika instituti
|
bet | 91/152 | Sana | 20.05.2024 | Hajmi | 2,44 Mb. | | #245279 |
Bog'liq Klinika 2023й Равшанова И .Э.Mexanik jarohatlanishlar.
Quloq suprasi yuzasining jarohati uning ezilishi, lat yeyishi, tishlanishi va boshqalar tufayli yuz beradi. Ayrim hollarda quloq suprasi qisman yoki to‘liq (butunlay) yirtilgan bo‘ladi. Jarohatga o‘z vaqtida kerakli tibbiy davo choralarini ko‘rsatish uni tez bitishiga yordam beradi va xunuk chandiqlar qolishining oldini oladi. Quloq suprasi jarohatlanganda infeksiyalanadi. Ayniqsa, tibbiy yordamning kechiktirib ko‘rsatilishi xondrit yoki perixondrit (tog‘ay usti pardasining yallig‘lanishi) kasalligi kelib chiqishiga sabab bo‘ladi, bu esa keyinchalik tog‘ayning erib ketishiga hamda quloq suprasi shaklining o‘zgarishiga sabab bo‘ladi. Jarohat tog‘ayga o‘tmasdan, yuza joylashgan bo‘lsa unga 5% li yod nastoykasi surtilib, penitsillin yoki streptotsid kukuni purkaladi. Chuqur jarohatlar umumiy jarrohlik qoidalariga binoan yuqumsizlantiriladi. Yordam ko‘rsatish sxemaga rioya qilgan holda qoqsholga qarshi zardob kiritish bilan tugallanadi. Keyingi kunlarda bog‘lamni har kuni almashtirib turiladi. Fizioterapiya muolajalari yordamida va antibiotiklar bilan davolaniladi. Birlamchi jarrohlik ishlovlaridan ancha keyin jarohat yiringlasa, chok iрlari olib tashlanadi va yiringni yo‘qotish uchun zaruratga qarab terini qo‘shimcha yana kesiladi. Jarohat bunday hollarda ikkilamchi bo‘lib bitadi.
Quloq chirki. Normada quloqdagi sariq modda eshituv yo’liga kirgan chang zarrachalari bilan qo’shilib, mayda dumaloq bo’lakchalarni hosil qiladi, ular uyqu vaqtida yon boshlab yotganda, sezilarsiz quloqdan to’kiladi yoki tashqi eshituv yo’lini kirish qismida to’planadi va yuvinganda olinadi. Ba’zi kishilarda quloqni shu yo’l bilan tozalanishi buziladi. Natijada eshituv yo’lida sariq modda yig’ilib qoladi. Bunga sabab:
1. Sariq modda ishlab chiqaradigan bezlarning faoliyatini oshishi.
2. Tashqi eshituv yo’lini torligi, nuqsonlari ya’ni noto’g’ri bukilgan, burilgan va x.k.
3. Sariq moddaning ximik xossalarini buzilishi – yopishqoqligini ortishi, natijada tashqi quloq devoriga sariq modda yopishib qoladi. Sariq modda ko’payib, eshituv yo’lini berkitib qo’yadi.
Bemorni shikoyatlari quyidagilar: vannadan chiqqandan keyin yoki cho’milgandan keyin quloq yoki ikkala quloq birdan eshitmay qoladi; qulog’ida shovqin, boshida shovqin, o’zini ovozini o’zgargan holda idroklaydi.
Davolash. Quloq chirkini (sernaya probka) maxsus tomchi dori bilan yumshatiladi, keyin iliq suv bilan maxsus shpris bilan quloq yuviladi–bu muolaja klinik yoki poliklinika sharoitida o’tkaziladi va uni shifokor yoki o’rgatilgan hamshira, feldsher bajaradi. Bemorni o’zi tozalashi mumkin emas (cho’p bilan yoki shpilka, gugurt chupi bilan).
|
| |