• Inson o’rta qulog’i kasalliklari
  • Mavzuni mustahkamlash uchun savollar




    Download 2,44 Mb.
    bet94/152
    Sana20.05.2024
    Hajmi2,44 Mb.
    #245279
    1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   152
    Bog'liq
    Klinika 2023й Равшанова И .Э.

    Mavzuni mustahkamlash uchun savollar:

    1. Tashqi quloq kasalliklariga nimalar kiradi?

    2. Yiringli kasalliklar qanday oqibatlarga olib keladi?

    3. Yiringsiz kasalliklar eshitish qobiliyatga qanday ta’sir qiladi?

    4. Turli kasalliklar profilaktikasi qanday amalga oshiriladi?


    Inson o’rta qulog’i kasalliklari

    Bolalarda o‘tkir virusli respirator infeksiyalardan so‘ng, ko‘pincha o‘rta quloqning shamollashi natijasida o‘tkir otit boshlanadi. Bunday hollarda bola qulog‘iga isituvchi kompress qo‘yish lozim, buning uchun kam fora spirtining suv bilan teng nisbatda ara lash masidan foydalanish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Shunday qilinganda og‘riq kamayib, bola tinchlanadi. Bolani iloji boricha zudlik bilan vrach – otorinolaringolog ko‘rigidan o‘tkazish lozim. Agar muolaja o‘z vaqtida boshlanmasa, otit surunkali shakliga o‘tib ketishi mumkin. Rivojlanayotgan kasallikka eshitish a’zosining o‘zi qarshilik ko‘rsatadi. Bolalarning eshitish a’zosidagi kanallari kattalarnikiga nisbatan qing‘ir-qiyshiq bo‘ladi. Bolalarda tashqi eshituv yo‘li oxirida o‘rta quloqni yopib turuvchi nog‘ora pardasi joylashgan. Nog‘ora bo‘shliq germetik emas – eshitish yoki Yevstaxiyev nayi uni burun bo‘shlig‘i bilan birlashtiradi. Bolalarda burun bo‘shlig‘i va quloqni birlashtiruvchi Yevstaxiyev nayi keng va kalta bo‘lgani sababli mikroblar burun bo‘shlig‘idan to‘g‘ri quloqning nog‘ora bo‘shlig‘iga kelib tushadi. Boshlang‘ich davrida kataral otit rivojlanadi, bunda quloq bo‘shlig‘ida eshitish qobiliyati pasayadi, og‘irlashadi va to‘lib qolgandek tuyuladi. Zudlik bilan oldini olinmasa kataral otit yiringlashga olib keladi. Nog‘ora bo‘shlig‘i ustki devori kalla suyagi bilan chegaradosh bo‘lib, u yerga infeksiyaning o‘tishi juda yomon oqibatlarga olib kelishi mumkin. Shuning uchun nog‘ora bo‘shlig‘ini yiringdan tozalash lozim. Nog‘ora pardadan (parasentez) yiring chiqarib yuborilishi bilan og‘riq to‘xtaydi, isitma tushadi, bolaning umumiy ahvoli yaxshilanadi. Eng asosiysi og‘ir asoratning oldi olinadi. Hosil qilingan teshikchaning o‘rni tezda bitib, eshitish qobiliyati yaxshilanadi. Ko‘p yiring yig‘ilishi natijasida quloqdan to‘q sariq-jigarrang suyuqlik ajralib chiqa boshlaydi. Bunday hollarda quloq bo‘shlig‘ini har kuni bir necha bor vodorod peroksidga ho‘llangan paxta bilan tozalash lozim, aks holda suyuqlik tashqariga chiqa olmay qotib qolishi natijasida teshik berkilib qolishi mumkin. Yiring oqishining to‘xtashi va og‘riqning yo‘qolishi bola to‘la tuzaldi degani emas. Bunday infeksiyaning o‘chog‘i bir necha oylar davomida yo‘qolmasdan, surunkali otit rivojlanishi mumkin. U bilan doimiy ravishda kurashish lozim. Profilaktikasi umumiy chiniqtirish. Odatda bolani ko‘chaga aylantirgani olib ketayotganda uning boshiga issiq qalpoqcha kiygiziladi. Bunday qilish shart emas. Chunki quloq tashqaridan emas, ichidan yallig‘lanadi. Buning uchun respirator infeksiyalar, angina kasalliklarini vaqtida davolash kerak. Emizikli bolalarda kasallik tez-tez qusish bilan kechadi: oshqozondan chiqayotgan ovqat bo‘laklari eshituv nayi orqali o‘rta quloqqa tushadi va uning yallig‘lanishiga sabab bo‘ladi. Bunga bolaning noto‘g‘ri holatda yotishi sabab bo‘ladi. Bolaning qulog‘idan o‘pish ham yomon oqibatlarga olib kelishi mumkin. Chunki bolaning quloq pardasi nozik bo‘lib, bunday hollarda yirtilishi mumkin. Go‘daklar hamda o‘rta yoshdagi bolalarda o‘rta quloq yallig‘lanishiga infeksiyani burun-tomoq orqali tarqalishi sabab bo‘ladi. Shamollagan bolani har xil holatda yotqizish kerak. Agarda bolani uzoq vaqt bir holatda yotqizilsa, ekssudat o‘rta quloqqa tarqalishi ehtimoli ortadi. Bolaga burnini to‘g‘ri qoqishni o‘rgatish lozim.
    Burundan oqayotgan suyuqlikni ichiga tortish xavfli hisoblanadi. Bunda infeksiyali suyuqlik osonlik bilan o‘rta quloqqa boradi. Bolalarda nafas olish ko‘pincha buziladi, bunga sabab adenoidlar o‘sib ketishidir. Bundan tashqari adenoidlar o‘sib, ular eshitish naylarini yopib qo‘yadi va qon aylanishini buzadi, bu o‘rta quloqda yallig‘lanish jarayoniga sabab bo‘ladi.

    Download 2,44 Mb.
    1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   152




    Download 2,44 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzuni mustahkamlash uchun savollar

    Download 2,44 Mb.