|
Eshituv nervining yallig’lanishi
|
bet | 96/152 | Sana | 20.05.2024 | Hajmi | 2,44 Mb. | | #245279 |
Bog'liq Klinika 2023й Равшанова И .Э.Eshituv nervining yallig’lanishi.
Bu quloq kasalliklarining 20-40%ni neyrosensor kam eshitish tashkil qiladi. Bu kasallikni 1909yilda professor Ye.A. Yevdonenko tomonidan “Neyrosensor kam eshitish” deb ataldi.
Sabablari:
1. Infeksion kasalliklar: gripp, qizamiq, tepki, qorin tepkisi va boshqalar.
2. Zaxarli moddalar ta’sirida: pestitsidlar, og’ir metall tuzlari, etil spirti, uglevod 2-oksidi va boshqalar.
3. Dorivor moddalar ta’sirida: aminoglikozidlar, xinin, salitsilatlar, diuretiklar va boshqalar.
4. Travma ta’sirida.
5. Endogen faktorlar-organizimda modda almashinuvini buzilishi natijasida har –xil moddalarni to’planishi (mochevina, kreatinin).
6. Yurak-qon tomir kasalliklarida, qandli diabetda.
Kasallikning kelib chiqishida immun tizimdagi kamchiliklar, allergologik holat ham ro’l o’ynaydi. Kasallikning boshlanishida bemor quloqda paydo bo’lgan shovqinga, keyinchalik esa eshitishning pasayishiga shikoyat qiladi.
Neyrosensor kam eshitishning 2 turi mavjud: o’tkir va surunkali.
O’tkir neyrosensor kam eshitishda klinik belgilar bir necha daqiqadan bir-ikki kun va oy mobaynida rivojlanib boradi.
Surunkali neyrosensor kam eshitishda eshitish asta-sekin, oylab, yillar davomida rivojlanadi.
Kamertonal va audiometrik tekshiruvlarda eshitish pasayishi tovush to’lqinlarining qabul qiluvchi tizimni zararlanishini ko’rsatadi. Bu holatda suyak va havodan qabul qilish parallel holatda pasayadi, havo-suyak ta’siri bo’lmaydi.
Davolashning asosiy maqsadi:
- birinchidan, kasallikni keltirib chiqaruvchi faktorga qarshi
- ikkinchidan, nerv hujayralari va tolalari faoliyatini tiklashga qaratilgan.
Davolash:
1. biostimulyatorlar
2. vitaminlar
3. modda almashinuvini yaxshilovchi preparatlar
4. qon aylanishini yaxshilovchi preparatlar
5. VNSni tinchlantiruvchi
6. nerv tolalaridan impuls o’tishini yaxshilovchi preparatlar
Eshitish judayam pasayib ketishida yoki yo’qolishida, ya’ni kar bo’lib qolishda asosan yosh bolalarni eshitishini sun’iy tiklash, surdopedagog bilan muntazam ravishda shug’ullanishga, bolalarni maxsus maktab internatlarda ta’lim va tarbiya olishiga katta e’tibor berish kerak.
Surdologiya fani - quloq eshitishini pasayishi bilan shug’ullanadi. Vrach surdolog quloq kasalliklarining turini aniqlab, uni tekshirishdan o’tkazadi va eshitish darajasini aniqlaydi.
Eshitishni protezlash - bu fan bemorda eshitishni apparatlar yordamida tiklash bilan shug’ullanadi.Eshitishni protezlash maxsus shifokor tomonidan tekshirishlar o’tkazib, eshitish apparatini tanlash bilan yakunlanadi.
Eshitish apparati turlari:
- suyakdan qabul qiluvchi
- tashqi eshituv yo’liga qo’yuvchi
Eshitish darajasi susayishiga qarab apparatlar tanlab olinadi.
Eshitishni tiklash ya’ni eshitishni reabilitatsiya qilish murakkab muammo bo’lib, bunda eshitishni tiklash konservativ va jarroxlik usulida davolash orqali olib boriladi. Apparat taqqan bemorlar davriy ravishda ko’rikdan o’tkazilib, surdolog va surdopedagog kuzatuvida bo’ladi.
|
| |