|
Pedagogika instituti
|
bet | 97/152 | Sana | 20.05.2024 | Hajmi | 2,44 Mb. | | #245279 |
Bog'liq Klinika 2023й Равшанова И .Э.Mastoidit - so’rg’ichsimon o’simtaning suyak elementlarini parchalaydigan o’rta quloqning o’tkir yiringli yallig’lanishidir. Aynan so’rg’ichsimon o’simtaning suyak to’qimasi destruksiyasi tufayli mastoidit o’tkir o’rta otitdan farqlanadi. Mastoidit g’or tomi, labirint, yuz nervini jaroxatlanishi kabi asoratlar qoldirishi mumkin.
Belgilari:o’tkir o’rta otit kechayotgan paytda, yoki 2-3 hafta o’tgach quloqda, quloq orti sohasida og’riq kuchayadi, og’riq spontan bo’ladi, eshitish pasayadi, quloqda shovqin, quyuq sarg’imtir yiring oqishi, tana haroratining 38-390C gacha ko’tarilishi, umumiy ahvolni og’irlashishi kuzatiladi.
Otoskopiya: tashqi eshituv yo’li orqa devori suyak qismi osilishi, shish, ba’zida yiring oqishi, nog’ora parda qizargan, qalinlashgan, perforatsiyadan yiring oqib turishi ko’rinadi. Tashqi ko’rikda quloq suprasi oldinga va pastga egilgan, quloq orqasi terisi shishgan, qizargan bo’ladi. So’rg’ichsimon o’simta bosilganda og’riq kuzatiladi. Chakka suyagi rentgenografiyasida so’rg’ichsimon o’siq sohasida soyalanish va ba’zi katakchalarini suyak devorini destruksiyasi kuzatiladi.
Davosi: xirurgik - mastoidotomiya.
Miyacha ichi asoratlari.
Etiologiyasi: streptokokk, stafilokokk, protey, ko’k yiring tayoqcha va h.k. Patogenezi: mikroorganizmni miya ichiga kirish yo’llari:
1. Kontakt yo’l–infeksiya chirigan suyakdan to’g’ridan to’g’ri miya chanog’iga kirib boradi.
2. Tabiiy yo’llar orqali ya’ni qon –tomir va nerv tolalari bo’ylab.
3. Labirintit yo’li–bunda infeksiya nerv tolalari bo’ylab ichki eshituv yo’li orqali perilimfatik tarqalishi mumkin.
4. Limfogen.
5. Gemotagen.
Otogen meningit
Kasallikning asosiy belgilari: eng birinchi va ko’p uchraydigan simptomi- qattiq bosh og’rig’i, ko’ngil aynishi, qusish. Bemorning umumiy ahvoli og’ir, kasallik avj olgan sari bemor hushidan ketadi va alahsiraydi, boshi orqaga egilgan, oyoqlari tanaga bukilgan, tana harorati 390-400C, yurak urishi tezlashgan, meningial belgilari kuzatiladi.
|
| |