• B.G. (baqirib gapirish)
  • Pedagogika instituti




    Download 2,44 Mb.
    bet105/152
    Sana20.05.2024
    Hajmi2,44 Mb.
    #245279
    1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   152
    Bog'liq
    Klinika 2023й Равшанова И .Э.

    O.G. (odatdagi gapirish).
    Bu ham shivirlab gapirishni tekshirish kabi amalgam oshiriladi. Tovush balandligi mana hozir Siz bilan muloqot qilayotgandagi singaridir. Odatda (normada) O.G. 50 metrdan kam bo’lmagan masofadan eshitiladi. Bu tekshirishni SH.G.eshitmagan bemorlarda tekshirgan ma’qul9. Agarda bordiyu bemorning bitta qulog’i yaxshi eshitadigan bo’lsa, yomon eshitayotgan quloq tekshirilganda sog’ quloq bilan eshitib olib noto’g’ri natija berishi mumkin. Bunday bo’lmasligi uchun, yaxshiroq eshitagan quloq maskirovka qilinadi. Buning uchun kaft bilan quloq suprasi ishqalanadi yoki kaft bilan quloq suprasi orasiga bir parcha qog’oz olib ishqalash orqali maskirovka qilinadi. Tuzilishi soat qo’ng’irog’ini eslatuvchi, knopkasi bosilganda chiqillagan tovush chiqaruvchi Barani shaqillog’i ham maskirovka uchun ishlatiladi. Bunda ham quyidagicha natijalar olishimiz mumkin:

    • >10 m,

    • 1…6 m,

    • ad concha …99 sm;

    • abs

    B.G. (baqirib gapirish) .
    Baqirib gapirish ham huddi oddiy gapirishga o’xshash tekshiriladi. Bunda ham albatta maskirovka qilinishi shart! Bu usul oddiy gapirishni eshitmagan bemorlarda amalga oshiriladi.
    S128 havo (pasporti) .
    Odam qulog’i havo va suyak orqali eshitadi. Havo orqali eshitganda tovush o’rta quloqning tovush kuchaytiruvchi qismlari orqali Kortiyev a’zosiga yetib boradi. Suyak orqali eshitish vibratsion va kompression nazariyalar orqali tushuntiriladi.
    Eshitish kamerton yordamida tekshiriladi. Past tovush chiqaruvchi kamerton vakili S128 tenorga urish bilan qo’zg’atiladi. Kamertonning faqat oyoqchasidan ushlash tavsiya etiladi. Agarda shoxlaridan ushlansa kamerton tez so’nadi. Tenorga urilgandan boshlab vaqt hisobi olib boriladi. Buning uchun sekundomer yoki qo’l soatining sekundomeri ishlatiladi. Qo’zg’atilgan kamerton tashqi eshituv yo’lidan 0,5 sm uzoqlikda tutiladi. Uning shoxlari quloq suprasi yoki boshqa joyga tegmasligi kerak. Adaptatsiya bo’lmasligi uchun kamerton vaqti-vaqti bilan tashqi eshituv yo’lidan uzoqlashtirib turiladi.
    Normada (odatda) kamerton o’z pasportida ko’rsatilgan vaqt (ko’pincha bu vaqt 60-70 sek) mobaynida eshitilishi kerak. Kamertonning pasporti nima, u qanday aniqlanadi? Bu har bir kamertonning texnik xarakteristikasi. Uni aniqlash uchun yaxshi eshitadigan 10 ta odamning ushbu kamertonni eshitish qobiliyati tekshiriladi va o’rtacha eshitish vaqti aniqlanadi.
    Veber tajribasi (tovush lateralizatsiyasini tekshirish tajribasi). Sado berayotgan C–128 kamertonini bemorning boshi tepasiga qo‘yiladi. Va tovushni qaysi qulog‘i bilan yaxshi eshitayotganini so‘raladi. Tovush o‘tkazuvchi apparat zararlanmagan bo‘lsa (eshituv yo‘lida sera (oltingugurt tiqini) to‘planganda, o‘rta quloq yallig‘langanda), kasal quloq kamerton tovushini yaxshiroq eshitadi. Tovush qabul qiladigan apparat zararlanganda kamerton sog‘lom quloqda yaxshiroq eshitiladi. Rinne tajribasi (suyak va havo o‘tkazuvchanligini taqqoslash). So‘rg‘ichsimon o‘siqqa qo‘yilgan sado bera yotgan C–128 kamertoni eshitilmay qolgach uni quloqqa tutiladi. Bunda tovushning suyakka nisbatan havo orqali uzoqroq eshitilishi ma’lum bo‘ladi (normada suyak orqali taxminan 45 s, havo orqali 85–90 s davomida eshitib turiladi). Bu holda, Rinne tajribasi musbat (Rinne +) deyiladi. Musbat Rinne tajribasi qulog‘i normal eshitadigan, tovush qabul qiladigan apparati zararlangan shaxslarda bo‘ladi. Tovush o‘tkazuvchi apparat zararlanganda suyak orqali eshitish havo orqali eshitish bilan bir xil va hatto undan ko‘ra ancha uzoq davom etishi mumkin. Bu holda Rinne tajribasi manfiy (Rinne –) deyiladi.

    Download 2,44 Mb.
    1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   152




    Download 2,44 Mb.