|
Pedagogika instituti
|
bet | 101/152 | Sana | 20.05.2024 | Hajmi | 2,44 Mb. | | #245279 |
Bog'liq Klinika 2023й Равшанова И .Э.Shovqindan zararlanish.
Kuchli shovqin uzoq vaqt ta’sir etsa Kortiyev a’zoning tukli hujayralarida o’zgarishlar kuzatiladi. Keyin o’zgarish nerv tolalariga va spiral nerv tuguniga o’tadi. Eshitish qobilyatini tobora pasayishi kuzatiladi. Bunday holat ayrim kasblarda kuzatiladi (qozon yamaydiganlar, to’qimachilikda va x.k.)
Havo kontuziyasi.
Atmosfera bosimini keskin o’zgarishi natijasida yuzaga keladi (portlash to’lqinlari va kuchli tovushni keskin, birdaniga ta’siri eshitish analizatoriga ta’sir etadi va hamma bo’limlarida o’zgarishlar kuzatiladi). Nog’ora pardani yorilishi, o’rta va ichki quloqqa qon quyilishi, Kortiyev a’zo hujayralarining buzilishi, natijada eshitishning turg’un pasayishi kuzatiladi.
Eshitish funksiyasining buzilishlari.
Eshitish analizatorining shikastlanishi oqibatida eshitish qobiliyatining pasayib ketishi – karlik, zaif eshitish, eshitish agnoziyasi kabi nuqsonlar paydo bo’ladi. Yosh bolalardagi eshitishning pasayishi ko’pincha eshituv nervlari shikasti bilan bog’liq bo’ladi. Masalan, maktab yoshidagi bolalarning 70%dagi karlik –meningit kasalligi bilan og’riganda eshitish a’zolarining anomal rivojlanishi, turli shikastlar sabab bo’ladi.
Karlikning toifalari.
Karlik turlarini har xil prinsiplarda toifalarga ajratishadi. Masalan, qachon karlik paydo bo’lganiga qarab ham ajratishadi. Homila davridayoq eshitish a’zolarining rivojlanmay qolishi yoki shikastlanishi, tug’ilgandan so’ng esa boshlang’ich davrda har xil sabablarga ko’ra eshitmay qolishi va x.k. Ko’p hollarda, bolalarning yosh davrida pereferik retseptorlarning- eshitish masablari, ovoz qabul qiluvchi markazning shikastlanishi natijasida ham karlik paydo bo’ladi.
Albatta, kar bolalarda sog’lom bolalarga xos bo’lgan barcha xususiyatlar mavjud. Ammo kar bolalarda nutqning yo’qligi tufayli ular psixologiyasida atrof- muhitga moslashish jarayonining o’ziga xos xususiyatlari bo’ladi. O’z navbatida, nutq fikrlash bilan o’zaro bog’liq bo’lganligi sababli, kar bolalarda fikrlash jarayoni alohida xususiyatga ega bo’ladi. Bu xususiyat shundan iboratki, kar bolalardagi fikrlash qobiliyati ko’rish, sezish, hid bilish kabi analizator asosida rivojlanadi, yani ularning fikrlashi–aniq–obrazli bo’ladi. Ammo bu holat hech qachon aqli zaiflik belgisi bo’lmagan. Bunday bolalar maxsus bog’cha yoki maktablarda tarbiya olsalar, hayotiy zarur so’zlar aytishga o’rgana oladilar va abstract fikrlash qobiliyati ham shakllana boradi. Bolalardagi bunday nuqsonni qanchalik ertaroq aniqlansa, ularning so’z boyligi shunchalik ortadi va muloqot qila olishga imkon yaraladi. Og’zaki nutqqa ertaroq o’rgatilgan kar bolalar muntazam shug’ullana borib, suxbatdoshining gaplarini uning lab qimirlashiga qarab anglab oladigan bo’ladi. Bunday samaraga, albatta malakali pedagoglar yordamida erishiladi. Ammo xanuzgacha yetarli darajada mukammal bo’lgan metodik darsliklarning yo’qligi, maxsus bog’cha va maktablarning yetarli emasligi, qolaversa, malakali pedagog–tarbiyachilarning kamligi bois, karbolalarning ko’pchiligi og’zaki nutqni egallay olmayapti va atrofdagilar bilan mimika yoki qo’l harakati bilan muloqotda bo’ladilar.
Shuni ham eslatib o’tishimiz zarurki, ba’zi bir (Tartman, Myuller, Kussmaul kabi) avtorlar kar bolalarni chala jismoniy rivojlangan, aqli zaif, ko’p hollarda tajang va kasalmand bo’ladilar, deb kamsitgan. Bunday fikrga 18 asrda A.Radishev qarshi chiqib, karlar psixikasini o’ziga xos xususiyatlarini tariflagan.
Karlar xarakteridagi tajanglik, ba’zi hollardagi qo’pollik, yoki jazavali bo’lishlik, avvalo ular hayotida odamlar bilan doimiy muloqotda bo’la olmasliklaridan kelib chiqadigan noqulayliklar, ishsizlik, qashshoqlik kabi hukm surgan illatlar eski davrga xos bo’lgan ko’rinishlardir. Keyingi davrdagi tadqiqotlar esa kar insonlarning ham yaxshi xislatlar egasi ekanligini tasdiqladi. Ularda ham mehnatsevarlik, o’z o’qituvchi- tarbiyachilariga sodiqlik, halollik, adolatlilik-ya’ni barcha sog’lom odamlarga xos bo’lgan xislatlar yetarli ekanligi ayon bo’ldi. Shu sababli, ishlab chiqarish korxonalarida va turli xil kasblarda kar odamlar samarali mehnat qilmoqdalar.
Ularning hayotga tez moslanib ketishida malakali pedagog-tarbiyachilarning roli muhim.
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar:
1. O’rta quloqning o’tkir yallig’lanishi deb nimaga aytiladi?
2. Yosh bolalarda o’tkir o’rta otit qanday kechadi?
3. Antrit nima?
4. Mastoidit nima?
|
| |