|
Pedagogika instituti
|
bet | 109/152 | Sana | 20.05.2024 | Hajmi | 2,44 Mb. | | #245279 |
Bog'liq Klinika 2023й Равшанова И .Э.Aylantiradigan sinama. Gavda o‘z o‘qi atrofida aylantirilganda yarim doira kanallaridagi endolimfaning surilishi sodir bo‘ladi. Endolimfaning bunday surilishidan retseptorlar ta’sirlanib nistagm vujudga keladi. Bemorni gorizontal tekislikda aylanadigan kursiga (Barani kursisi) o‘tkaziladi va vertikal o‘q atrofida 20 sek mobaynida 10 marta aylantiriladi. Bunda yon tomonining yarim doira kanallarida endolimfa suriladi, oqadi. O‘ng tomonga aylantirilgandan so‘ng kursi to‘xtatilsa bemorning chap tomonida, chap tomonga aylantirilganidan so‘ng to‘xtatilsa, bemorning o‘ng tomonida nistagm paydo bo‘ladi. Nistagmni kuzatib turish uchun kursi to‘xtatilgach bemordan tekshiruvchining barmog‘iga qarab turish so‘raladi: tekshiruvchining barmog‘i nistagm paydo bo‘lishi kutilgan tomonda 30 sm masofada tutib turiladi. Vestibulyar analizatorning qo‘zg‘aluvchanligi normal bo‘lgan ko‘pchilik kishilarda aylantirishdan so‘ng nistagm taxminan 30–35 sek davom etadi.
Kalorik sinama. Asosiy mohiyati – sun’iy ravishda yoki sovutish yo‘l bilan yarim doira kanallaridagi endolimfani harakatga keltirish. Bu sinamada har bir labirint alohida tekshiriladi. Har qaysi quloqqa galma-gal Jane shprisidan suv quyiladi; sovuq (16–30°C li) suv quyilganda qarama-qarshi tomonda, iliq (38–41°C li) suv quyilganda esa, suv quyilgan tomonda nistagm paydo bo‘ladi. Pressor sinama. Shifokor bemor qarshisida o‘tiradi va tashqi eshituv yo‘lining kirish qismiga moy surtadi, keyin chap qo‘lining ko‘rsatkich barmog‘i bilan o‘ng quloq suprasini bosadi yoki balloncha yordamida eshituv yo‘lidagi havoni zichlashtiradi. Labirint holati normal bo‘lganda nistagm kuzatilmaydi, yarim halqa gorizontal kanalda fistula bo‘lganda nistagm o‘sha tomonda, ya’ni o‘ng tomonda bo‘ladi. Sinama chap tomonda ham xuddi shunga o‘xshatib o‘tkaziladi. Tananing og‘ishi nistagmga qarama-qarshi tomonda bo‘ladi.
Audiometriya.Koxlear analizatorning vazifasi – eshitishni tekshirish audiometrlar deb nomlanuvchi elektroakustik apparatlar yordamida ham tekshiriladi. Audiometriyani bir qancha (0.125, 0.25, 0.5, 1, 2, 4, 8 kgts) chastotali kamertonlar bilan tekshirishga o’xshatish mumkin. 10000 gts dan yuqori tovushlar havo orqali eshitiladiyu, lekin differentsiyatsiya qilinmaydi. Shuning uchun bu chastotalar audiometriyada tekshirilmaydi. Ayrim mualliflarning fikricha, 500-4000 Gts gacha diapazonni tekshirish eshitish qobiliyati to’g’risida xulosa chiqarish uchun yetarlidir (A.S.Rozenblyum, 1980).
Bu uslubning gapirish va kamertonlar bilan tekshiruvlarga nisbatan qator afzallik tomonlari mavjud:
tovush kuchini detsibellarda aniq dozada uzoq vaqt davomida berish imkoniyati;
eshitish qobiliyati juda past bemorlarni tekshirish imkoniyati;
bir vaqtning o’zida ikkala quloqni tekshirish va turli xil bo’sag’a usti diagnostik testlarni o’tkazish imkoniyati;
eshitishni displeyda ko’rish va printerda chiqarish;
“Danac” firmasi chiqargan komp’yuterli audiometr esa avtomatik va manual rejimlarda tekshirib vrachning vaqtini tejash mumkinligi.
|
| |