|
Pedagogika instituti
|
bet | 108/152 | Sana | 20.05.2024 | Hajmi | 2,44 Mb. | | #245279 |
Bog'liq Klinika 2023й Равшанова И .Э.Ko‘rsatuvchi tajriba. Bunda shifokor bemorning qarshisida o‘tirib, qo‘lini ko‘krak sathiga cho‘zadi, ko‘rsatkich barmog‘i ochilgan, qolganlari musht qilib yumilgan bo‘ladi. Bemorning qo‘li tizzasida bo‘ladi, barmoqlari xuddi shunga o‘xshash (ko‘rsatkich barmoq ochilgan, qolganlari musht qilib yumilgan) holatda bo‘ladi. Bemor qo‘lini ko‘targan holda ko‘rsatkich barmog‘ining yon sathini vrachning ko‘rsatkich barmog‘iga tekkizishi kerak bo‘ladi. Bemor dastlab bularning hammasini 3 marta ko‘zi ochiq holda, keyin ko‘zini yumib turib bajaradi. Labirint funksiyasi normal holda bo‘lganda u vrachning barmog‘iga tekkizadi. Labirint funksiyasi buzilganda nistagmga qarama-qarshi tomonga har ikki qo‘li bilan ketib qoladi. Miyacha zararlanganida bir qo‘li bilan kasallangan tomonga ketib qoladi. Adiadoxokinez (miyacha kasalliklarida spetsifik simptom). Bemor Romberg holatida turadi va ikki qo‘li bilan supinatsiya va pronatsiyani bajaradi. Miyacha funksiyasi buzilganda kasallangan tomonga bog‘liq holda shu tomondagi qo‘lning keskin orqada qolishi kuzatiladi. Spontan nistagmni aniqlash. Shifokor bemor qarshisida o‘tiradi va ko‘rsatkich barmog‘ini vertikal holda, uning ko‘zi sathida, 60–70 sm uzoqlikda o‘ng tomonda tutib turadi va bemordan barmoqqa qarashni iltimos qilinadi. Bunday paytda ko‘z harakati kuzatiladi (shu holda o‘ng tomonga), u kuchli harakat qilmasligi kerak, chunki ko‘z muskullarining zo‘riqishi, ko‘z soqqasining beixtiyor holda u yoki bu tomonga bir maromda tebranishi («uchib turishi») bilan birga kechishi mumkin. Shunday holatda nistagm bor yoki yo‘qligi aniqlanadi. Agar spontan nistagm bo‘lsa, uning xarakteristikasi (tekisligi bo‘yicha yo‘nalishi, kuchi, amplitudasi, tezligi) aniqlanadi. Bemorni to‘g‘riga va chapga qaratib turib ham shunday tekshiriladi va baholanadi. Shuni nazarda tutish kerakki, qarashning (ko‘zning tikilib turishi) yo‘nalishiga bog‘liq bo‘lmagan holda tug‘ma spontan nistagm bo‘lsa ham uchraydi, ammo u sekin va tez komponentlarning yo‘qligi bilan farqlanadi. Bemorni ko‘zdan kechirayotganda uning ko‘zida spontan nistagmni ko‘rish mumkin. Bu holat aksariyat vestibulyar analizator funksiyasining buzilishi bilan bog‘liq bo‘ladi. Spontan nistagm bemor ko‘zini chetga qaratganda, ba’zan esa to‘g‘riga qarab turganda ham kuzatilishi mumkin. Vestibulyar funksiyaning holatini aniqlash uchun 3 ta asosiy sinama bor: ular aylantiradigan, kalorik va pressor sinamalardir.
|
| |