• Shvabax sinamasi tekshirilayotganda tekshiruvchining o’ziga rang bo’lsa yoki past eshitsa natijalar noto’g’ri bo’ladi. (Jelle sinamasi).
  • Pedagogika instituti




    Download 2,44 Mb.
    bet106/152
    Sana20.05.2024
    Hajmi2,44 Mb.
    #245279
    1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   152
    Bog'liq
    Klinika 2023й Равшанова И .Э.

    Swb (Shvabax sinamasi).
    Qo’zg’atilgan S128 kamerton oyoqchasi bemor antrumi sohasiga suyakka qo’yiladi va kasal «bo’ldi, boshqa eshitmayapman»–degach, tekshiruvchi kamertonni o’zining antrumi sohasiga qo’yadi. Normada bemordan keyin vrach eshitmasligi kerak. Bu holda Shvabax (N) qilib tegishli katakka yoziladi.
    Agar kasalning tovush qabul qiluvchi apparatida kasallik bo’lsa, vrach bemordan keyin yana qo’shimcha eshitadi. Ya’ni, bemorning eshitishi tekshiruvchiga nisbatan qisqa. Bu holda tegishli quloq katagiga «qisqargan» so’zi yoziladi.
    Qulog’i oqayotgan bemorlarda (tovush o’tkazuvchi apparati shikastlanganlarda) yuqoridagining teskarisi, ya’ni tekshiruvchiga nisbatan bemorning uzoqroq vaqt suyak orqali eshitishi kuzatiladi. Bunda Shvabax sinamasi «uzaygan» deyiladi.
    Shvabax sinamasi tekshirilayotganda tekshiruvchining o’ziga rang bo’lsa yoki past eshitsa natijalar noto’g’ri bo’ladi.
    (Jelle sinamasi).
    Qo’zg’atilgan S128 kamerton oyoqchasi bemor antrumi sohasiga suyakka qo’yiladi va tashqi eshituv yo’lidagi havo bosimi politser balloni yordamida oshiriladi. Bunda bosim nog’ora pardasi undan suyakchalar orqali oval darchaga beriladi va uzangicha plastinkasining harakatini chegaralaydi. Natijada normada eshitish pasayadi yoki Jele sinamasi manfiy. Otoskleroz kasalligida uzangicha plastinkasi azaldan suyakdagi distrofik jarayonlar tufayli yopishib darchaga ketganligi bois ovoz balandligi o’zgarmaydi.
    Jelle sinamasi otoskleroz kasalligini tashxislaydigan spetsifik sinamalardan biri hisoblanadi.
    (Bing sinamasi).
    Bu sinama ham otoskleroz kasalligini aniqlash uchun qo’llaniladi. Buning uchun qo’zg’atilgan S128 kamerton antrum sohasiga qo’yiladi. Barmoq bilan ushbu quloq tashqi eshituv yo’li yopilib, suyak orqali va yopiq quloq orqali eshitish qobiliyati solishtiriladi. Normada tashqi eshituv yo’li yopilganda suyak orqali eshitish yaxshilanadi yoki eshitish vaqti uzayadi. Otosklerozda esa o’zgarmaydi.

    Download 2,44 Mb.
    1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   152




    Download 2,44 Mb.