|
Pedagogika instituti
|
bet | 107/152 | Sana | 20.05.2024 | Hajmi | 2,44 Mb. | | #245279 |
Bog'liq Klinika 2023й Равшанова И .Э.F (Federichchi sinamasi).
Qo’zg’atilgan S128 yoki S512 kamerton oyoqchasi bemor antrumi sohasiga suyakka qo’yiladi. Kasal «bo’ldi, boshqa eshitmayapman» – degach, tekshiruvchi kamertonni quloq do’mbog’i (tragus) ustiga qo’yadi. Eshitishi buzilmagan odam quloq do’mbog’I orqali so’rg’ichsimon o’simtaga nisbatan ko’proq yoki qattiqroq eshitadi. Otosklerozda esa teskari–so’rg’ichsimon o’simta orqali yaxshiroq eshitadi.
Chaqaloqlar eshitish qobiliyatini tekshirish.
90 db 3000 Gts polosali shovqin ta’sir ettirilganda yangi tug’ilgan chaqaloqlarda kuzatiluvchi reaktsiyalar:
Ko’zni yumushi;
Cho’chib tushishi – Moro reaktsiyasi;
Jimib qolishi (harakatining to’xtashi);
Oyoq va qo’llarini harakatga keltirishi;
Yurak ritmining o’zgarishi;
Boshini yonga burishi;
Aftini burishtirishi;
Emish harakati paydo bo’lishi;
Uyg’onishi;
Nafas olish ritmining o’zgarishi;
Ko’zini ochishi
Quloqning vestibulyar funksiyasini tekshirish Quloqning vestibulyar funksiyasini tekshirish bemordan so‘rash va uni ko‘zdan kechirishdan boshlanadi. Vestibulyar apparati kasallangan bemorlar odatda boshi aylanishi, yurganda gandiraklashi, ko‘ngil aynishi va qayt qilishidan shikoyat qiladilar. Kasallik anamnezi yig‘iladi. Romberg holatidagi turg‘unligini tekshirish. Bemor paypoqda, oyoqlarini juft qo‘ygan holda turib, qo‘llarini ko‘krak sathida cho‘zadi, qo‘l barmoqlari orasi ochilgan, ko‘zlari yumilgan (bemorni ehtiyot qilish kerak, u yiqilib tushishi mumkin) bo‘ladi. Labirint funksiyasi buzilgan bo‘lsa bemor nistagmga qarama-qarshi tomonga yiqilib tushadi. Bemor boshini 90° chapga bursa labirint zararlanganda yiqilishning yo‘nalishi o‘zgaradi, boshini o‘ng tomonga burganda ham xuddi shunday bo‘ladi. To‘g‘ri chiziq bo‘ylab va yon tomonga qadam tashlash.
1. To‘g‘ri chiziq bo‘ylab. Bemor ko‘zlarini yumgan holda to‘g‘ri chiziq bo‘ylab 5 qadam orqaga tashlaydi. Vestibulyar analizator funksiyasi buzilganda bemor to‘g‘ri chiziqdan boshqa tomonga, nistagmga qarama-qarshi tomonga chiqadi. Miyacha funksiyasi buzilganda zararlangan tomonga chiqadi.
2. Yon tomonga qadam tashlash. Bemor o‘ng oyog‘ini o‘ng tomonga surib qo‘yadi, keyin chapini qo‘yadi va shunday holatda besh qadam tashlaydi, shunga o‘xshash 5 qadam chap tomonga ham yuradi. Vestibulyar funksiya buzilganda bemor yon tomonga qadam tashlashni har ikki tomonda ham yaxshi bajaradi. Miyacha funksiyasi buzilganda bemor zararlangan tomonning yon tomoniga qadam tashlashni bajara olmaydi (yiqilib tushishi sababli).
|
| |