|
Pedagogika instituti
|
bet | 104/152 | Sana | 20.05.2024 | Hajmi | 2,44 Mb. | | #245279 |
Bog'liq Klinika 2023й Равшанова И .Э.Sub’yektiv usullar
1. Akumetriya (eshitish pasporti). Bu har qanday poliklinika sharoitida ham amalga oshirsa bo’ladigan, ko’p mablag’ talab qilmaydigan, umumiy amaliyot shifokorlariga ham qo’l keluvchi usul hisoblanadi.
2. Audiometriya.
Tonal, bo’sag’a audiometriyasi
Tonal bo’sag’a usti audiometriyasi. (Si-Sitest, Fouler, Lyusher test va boshqalar)
Gap (Rechevaya) audiometriya
Shovqin audiometriyasi
O’yin audiometriyasi.
Ultra va infratovushli audiometriya.
Ob’yektiv usullar
Ob’yektiv usullar esa tekshiruvchi va tekshiriluvchining ruhiy holati, aqli, idroki, ongi, erkiga bo’ysunmagan holda organizmda tovush natijasida kuzatiladigan shartli va shartsiz reflekslar va biopotentsiallarni registratsiya (qayd qilishga) qilishga asoslangan. Bu usullarga quyidagilar kiradi:
Eshitish tufayli chaqirilgan potentsiallarni registratsiya qilish
Uzun latent
O’rta latent
Qisqalatent
Timpanometriya
Impedansometriya
Akumetriya (eshitish pasporti)
Quyidagicha 13 ta sinamalar natijalari aks etgan, bemorning kasallik tarixida yoziluvchi jadval «Akumetriya yoki (eshitish pasporti)» deyiladi (1-jadval).
1-jadval.
Akumetriya (eshitish pasporti).
AD (auriculus dextra)
|
Sinamalar
|
AS (auriculus sinistra)
|
|
S.Sh.Sub’yektiv shovqin
|
|
|
SH.G.(shivirlab gapirish)
|
|
|
O.G.(odatdagi gapirish)
|
|
|
B.G. (baqirib gapirish)
|
|
|
S128 havo (pasporti)
|
|
|
S128 suyak (pasporti)
|
|
|
S2048 (pasporti)
|
|
|
Wb (Veber sinamasi)
|
|
|
R (Rinne sinamasi)
|
|
|
Sch (Shvabax sinamasi)
|
|
|
(Jelle sinamasi)
|
|
|
(Bingo sinamasi)
|
|
|
(Federichchi sinamasi)
|
|
Akumetriya uchun past (S128) va yuqori (S2048) chastotali kamertonlar va sekundomer kerak bo’ladi xolos.
Sub’yektiv shovqin.
Faqat bemorning o’ziga eshitiluvchi, atrofdagilarga eshitilmaydigan har xil shovqinlar (musiqa chalinganga o’xshash, suvning sharillashi, traktor tarillashi, zavodning g’uvillashi va boshqa) sub’yektiv shovqin deyiladi.
S.Sh. quloqning yiringsiz kasalliklari (koxlear nevrit, adgeziv o’rta otit, otoskleroz, Men’yer kasalligi)da kuzatiluvchi simptom (kasallik belgisi) hisoblanadi.
Agar bemor shovqinga shikoyat qilsa, akumetrik jadvalning ushbu quloqqa mos katagiga plyus (+) qo’yiladi. Agar yo’q bo’lsa, shu katakka minus (-) yohud abs (frantsuzcha absent –yo’q so’zidan olingan) yoziladi.
SH.G. (Shivirlab gapirish).
Eshitish qobiliyatini shivirlab gapirish orqali ham miqdoriy tekshirishimiz mumkin. Bu usulni 4-5 yoshli bolalardan boshlab tekshirishimiz mumkin.
Tekshirish tinch xonada, o’pkaning qoldiq havosi yordamida shivirlab gapirib tekshiriladi. Kasalga eshitgan gapini qattiq takrorlashi zarurligi tushuntiriladi. Bunda bemorning har bir qulog’I alohida tekshiriladi. Bemor yon tomonga qarab turadi. Qarama-qarshi qulog’I barmoq bilan quloq do’mbog’ini bosish orqali mahkam berktiladi (hamshira berkitishi mumkin). Labdan o’qimasligi uchun kaft bilan ko’z pana qilinadi. Bemor vrachdan 6 metr uzoqda turadi.
Tekshirish bemorning ona tilida, uning yoshini, so’z boyligini hisobga olgan holda olib boriladi. Tekshirish uchun ikki xonali sonlar, bemorga tanish bo’lgan predmetlarning nomlarini talaffuz qilishdan foydalanamiz. Buning uchun maxsus so’zlar yozilgan tablitsalardan ham foydalanishimiz mumkin (oftalmologlarning Sivtsov jadvali kabi).
Fizikadan ma’lumki, tovush kuchi masofaga teskari proportsional holatda kamayib boradi. Tovush to’lqinining ushbu xususiyatini hisobga olgan holda SH.G. qancha masofadan eshitishi tekshiriladi va tovush bo’sag’asi aniqlanadi. Normada SH.G.ni 6 metrdan ko’proq masofadan eshitiladi.
Akumetrik jadvalning tekshirilayotgan quloqqa mos katagiga SH.G. natijasi yoziladi. Natijalar quyidagicha bo’lishi mumkin:
>6 m,
1…6 m,
ad concha …99 sm;
abs
|
| |