|
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar
|
bet | 102/152 | Sana | 20.05.2024 | Hajmi | 2,44 Mb. | | #245279 |
Bog'liq Klinika 2023й Равшанова И .Э.Mavzuni mustahkamlash uchun savollar:
Ichki quloq anomaliyasi deb nimaga aytiladi?
Labirintit nima?
Men’yer kasalligi nima va u qanday kechadi?
. 14 - Mavzu. Eshitish qobiliyatini tadqiqot metodi.
REJA:
1. Eshitish qobiliyatini zamonaviy tekshirish usullari.
2. Nutq va kamertonlar bilan tekshirish. Audiometriya.
3. Tashqi va nutqli audiometriya. Otoskopiya.
4. Yordamchi eshitish apparatlarining tasnifi. Zamonaviy yordamchi eshitish apparatlari turlari va ularni tavsiya etish.
Tayanch so’z va iboralar: audiologiya, audiometriya, ob’yektiv va sub’yektiv, Akumetriya, Timpanometriya, Impedansometriya, koxlear nevrit, adgeziv o’rta otit, otoskleroz, Men’yer kasalligi
Eshitish analizatori fiziologiyasini o’rganuvchi sub’yektiv va ob’yektiv usullar.
Quloqni tekshirish anamnez to‘plashdan boshlanadi, so‘ngra uni ko‘zdan kechiriladi va eshituv fiinksiyasi tekshiriladi. LOR azolarini mujassamlashgan holda tekshirishda quloqni ko‘zdan kechirishdan oldin hamisha burun va halqumni qarab chiqiladi.
Bemorning shikoyatlarini aniqlashda quyidagilarga alohida ahamiyat beriladi: Quloqda og‘riq bormi, bor bo‘lsa uning xarakteri qanday? Yiring oqadimi? Qulog‘i og‘irlashganmi yoki butunlay eshitmaydimi? Qulog‘i shang‘illaydimi? Boshi aylanadimi? Bemorning o‘zini qanday his qilayotganini, bosh og‘rig‘i, et junjikishi bor-yo‘qligini aniqlash ham katta ahamiyatga ega. Bemor qulog‘i og‘rishidan oldin griрp, o‘tkir tumov kabi kasalliklar bilan og‘rigan-og‘rimaganligini aniqlash zarur.
Quloqni ko‘zdan kechirish deganda tashqi tomondan qarash, quloq va so‘rg‘ichsimon o‘siqni ushlab ko‘rish hamda tashqi eshituv va nog‘ora pardasini ko‘rish (otoskopiya) tushuniladi. Eshitish analizatori fiziologiyasini o’rganish bilan otorinolaringologiyaning audiologiya bo’limi shug’ullanadi. Eshitish qobiliyatini miqdoriy o’lchashga audiometriya deyiladi.
|
| |