|
Inson ichki quloq kasalliklari
|
bet | 99/152 | Sana | 20.05.2024 | Hajmi | 2,44 Mb. | | #245279 |
Bog'liq Klinika 2023й Равшанова И .Э.Inson ichki quloq kasalliklari.
Ichki quloqning yallig’lanishi.
Labirintit-ichki quloqning o’tkir yoki surunkali yallig’lanishi bo’lib, u chegaralangan yoki tarqalgan xarakterga ega bo’lishi mumkin.
Kelib chiqishiga qarab quyidagilarga bo’linadi: timpanogen, meningogen, gematogen va jarohat tufayli.
Timpanogen labirintit ko’pincha surunkali, ba’zan esa, o’rta quloqning o’tkir yallig’lanishining asoratlari bo’lib, bu kasalliklarga nisbatan labirintit 1,5 - 5% tashkil etadi. Yallig’lanish jarayoni o’tkir hamda surunkali otitda o’rta quloqdan ichki quloqqa o’tishi chig’anoq darchasining membranasimon tuzilmasi va daxliz darchasi orqali yuz beradi.
Meningogen yoki liarogen labirintit miya pardasidagi yallig’lanish ichki eshituv yo’li, daxliz suv yo’li va chig’anoq suv yo’li orqali tarqalganda kuzatiladi. Meningogen labirintit epidemik, grippli, tuberkulyozli, skarlatinali, qizamiqli, tifli meningitlarda yuzaga kelishi mumkin.
Gematogenli labirintit umum yuqumli kasalliklarda, epidemic parotitda (tepki), zaxmda va boshqa infeksiyalarda infeksiyaning ichki quloqqa tushishiga sharoit yaratib beradi.
Jarohatdan keying labirintit ichki quloqning nog’ora parda bilan o’rta quloq orqali to’g’ridan to’g’ri jarohatlanganida to’satdan yot jismlar (spitsa, shpilka) bilan jarohatlanishda kuzatiladi.
Labirintitning asosiy belgilari: ichki quloqda vestibulyar va eshituv retseptorlarning faoliyatini buzilishi.
Vestibulyar belgilariga bosh aylanishi, spontan nistagm, muvozanatni yo’qolishi, vegetativ reaksiyalar xos. Bosh aylanganda odatda jismlarning bemor atrofida bir tekislikda aylanishi yoki bemorning o’zining aylanishlari kabi soxta sezgilar bilan ifodalanadi. Ayrim hollarda yurib turganda ishonchsizlik–huddi tushib yoki yeqilib ketayotgandek sezgilar bo’ladi. Muvozanat buzilganda bemor bir tomonga og’ib ketadi, yoki yiqilib tushadi, birovlarning yordamisiz harakat qila ololmaslik, oyoqlarini keng qilib tashlab yurishlik kuzatiladi.
Vegetativ reaksiyalar: ko’ngil aynishi, qayt qilish, terlash, rang oqarishi yoki qizarishi, taxikardiya yoki bradikardiya, yurakda og’riq, yoqimsiz hislar sezish kuzatiladi.
Tovush analizatorini buzilishi, quloqda shovqin bo’lishi va eshitish qobilyatining butunlay yo’qolishi diagnostik ahamiyatga ega.
O’tkir labirintit 2-3 hafta davom etadi, so’ng bemor sog’aya boshlaydi. Ba’zan o’tkir labirintit surunkali yashirin shaklda o’tadi, bunda kasallik yillab davom etadi va insonni ishga yaroqsiz qilib qo’yadi.
Ichki quloqning retseptor strukturasi halokatga uchraganda muvozanat faoliyati ikkinchi labirint bilan po’stloq propriotseptiv va eshituv analizatori hisobiga moslashadi.
Chig’anoq faoliyati tiklanmaydi. Zararlangan tomonda eshitish qobilyati yo’qoladi.
Davolash: kompleks ravishda olib boriladi.
|
| |