Miyani va miyachani otogen absessi




Download 2,44 Mb.
bet98/152
Sana20.05.2024
Hajmi2,44 Mb.
#245279
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   152
Bog'liq
Klinika 2023й Равшанова И .Э.

Miyani va miyachani otogen absessi.
Miya abssessi asosan miyani chakka qismida uchraydi va miya qobig’iga yaqin joylashgan bo’ladi. Bu holda infeksiyani o’rta quloqdan miya ichiga tarqalishi to’g’ridan to’g’ri bo’ladi.
Abssessni klinik ko’rinishi uni joylashgan joyiga, kattaligiga va abssess joylashgan joydagi to’qimani reaksiyasi va rivojlanish bosqichiga bog’liq bo’ladi. Kasallikni yuzaga kelishida 4 bosqichni ko’rish mumkin:
1) boshlang’ich; 2) yashirin; 3) aniq belgilar; 4) terminal;
Boshlang’ich bosqichi 1-2 hafta davom etadi va bosh og’rig’i, bo’shashish, tana haroratining ko’tarilishi, ko’ngil aynishi va qusish bo’ladi. Bular miya abssessining ensefalit bosqichi ham deyiladi.
Yashirin-latent bosqichi 2-6 hafta davom etadi. Bu davrda yuqorida sanalgan belgilar yo’qolib ketadi yoki kamayadi.
Aniq bosqichi 2 hafta davom etadi. Bu bosqichda juda ko’p belgilar paydo bo’ladi. Ularni shartli ravishda 4 guruhga bo’lish mumkin.
I-guruh simptomlar yiringli holatga xos belgilar - bo’shashish, ishtahani pasayishi, ichni yaxshi yurmasligi, tilni karashligi, qondagi yallig’lanishga hos o’zgarishlar.
II-guruh simptomlar-umumiy miya kasallanishiga xos simptomlar bilan miya bosimini oshishi kuzatiladi. Bosh og’rig’i, bradikardiya, ko’z tubidagi o’zgarishlar, bo’yin mushaklarining qotishi va Kerning simptomi musbatligi.
III-guruh simptomlar- miya qobig’I ostidagi yadrolar va miyadagi o’tkazish yo’llarini buzilishi natijasida yuzaga keladigan belgilardir. Bunga bir tomonlama bo’ladigan falajlar va shollar kiradi. Abssessda qarama-qarshi tomonda yuz nervining markaziy falaji kuzatiladi. Ko’z nervining paralichi, tutqanoqlar, piramidal, Babinskiy va Oppengeym simptomlari paydo bo’ladi.
IV-guruh simptomlar-abssessni qayerda joylashganligini ko’rsatuvchi belgilardir. Amnestik va sensor afaziya mavjud bo’ladi.
Miyacha abssessida-miyachaning jarohatlangan tomondagi mushaklarda tonus pasayishi ro’y beradi. Ataksiya-harakat koordinatsiyasi buziladi. Miyacha abssessiga xos bo’lgan simptom adiodoxokinezdir.
Qonda leykotsitlarni ko’payishi va SOE ortishi bilan (20-70 mm) orqa miya suyuqligi bosimi oshadi, rangi o’zgarmaydi, oqsil miqdori va hujayralar soni qisman ko’payadi (subaraxnoidal bo’shliqda).
Miya va miyachalarda abssessni aniqlashda elektroensefalografiya, exografiya, reografiya, ventrikulografiya, angiografiya va kompyuterli tomografiya tekshirishlari ahamiyatga ega.
Terminal bosqich bir necha kun davom etadi va miya shishi, hayotiy muhim markazlarni falajlanishi va abssessni miya qorinchalariga yorilishi bilan bemor vafot etadi.
Miya va miyachalarda abssessni - meningitdan, yiringsiz local ensefalitdan, yiringli labirintitdan farqlashimiz kerak.
Otogen sepsis-o’rta quloqning o’tkir yoki surunkali yiringli yallig’lanishida infeksiyaning qon tomirlarga kirishidir. Bu vena tomirlari miyani qattiq pardalarini sinuslari orqali yoki limfa tomirlari orqali otogen sepsis ko’p hollarda sigmasimon sinus devorini yallig’lanishidan boshlanadi. Uni tashqarisiga yiringni yig’ilishini perisinoz abssess deyiladi. Keyinchalik bu yerda sinusni o’zi yallig’lanadi: pereflebit, sinus devorida tromb hosil bo’ladi, keyinchalik sinusni butunlay to’sadigan tromb hosil bo’lib, sinusda qon aylanishi to’xtaydi. Kasallik rivojlanishi bilan tromb o’sib kattalashadi. U miya tomoni, ikkinchidan yurak tomoniga qarab o’sishi mumkin. Tromb parchalanishi va infeksiyalanishi yiringni kichik va katta qon aylanish doirasiga tushishiga yo’l ochadi.
Otogen sepsis simptomlarini ko’rib chiqamiz: uni belgilari 2 guruhga bo’linadi:
1. Umumiy simptomlar.
2. O’choqli simptomlar – katta vena tomirlarini jarohatlanishidan kelib chiqadi – qattiq miya pardasi sinuslari va ichki bo’yintiriq venasi.
Umumiy belgilari: bemorni tana harorati tez va yuqori ko’tariladi-39-400C, et uvishadi, bir necha soatdan keyin harorat yana pastga tushadi. Puls tezlashadi. Bemorni terisi oqaradi va yer rangida bo’ladi. Ayrim hollarda teri va ko’z sklerasi sarg’ayadi.
Otogen sepsis vaqtida yiring boshqa a’zolarga: o’pkaga, bo’g’imlarga, teri ostiga, mushaklar orasiga metastaz berishi mumkin. Bu bemorni ahvolini og’irlashtiradi.
O’choqli simptomlarga quyidagilar kiradi:
1. Grizenger simptomi- so’rg’ichsimon o’simtani orqasida teri qizarib shishib, ushlaganda og’riq beradi. Bu yerda komissar venalar sigmasimon sinus bilan qo’shilgan joyidir.
2. Uayting simptomi-so’rg’ichsimon o’simtani oldi tomoni bosib ko’rilganda og’riq beradi va bemor boshini kasal quloq tomonga egadi.
3. Fossa simptomi-vena Jugularis auskultatsiya qilib ko’rilganda, unda hech qanday qon harakati eshitilmaydi.
Otogen sepsisni davolashda bemorga o’z vaqtida to’g’ri tashhis qo’yib, jarrohlik usulini qo’llab, kuchli antibiotiklar va degidratatsiya qiluvchi dorilarni qo’llash bemorni hayotini saqlab qoladi. O’tkir yiringli o’rta otitda antrotomiya, surunkali o’rta otitda esa radikal jarrohlik usuli qo’llaniladi. Otogen meningitda o’rta va orqa miya bo’shliqlari ochiladi.
1. Miya abssesslarida igna bilan yiring tortib olinib, abssessni ichi antiseptik dorilar bilan yuviladi.
2. Ochiq usuli-igna bo’yicha yiring ochilib, abssess ichiga yiring chiqib turadigan drenaj qo’yiladi.
3. Abssessni qobig’i bilan olib tashlash. Bizda asosan ikkinchi usul qo’llaniladi.
Bemorlarga ko’rsatiladigan jarrohlik usulidan tashqari bir qancha dori – darmonlar ham qo’llaniladi. Penitsillin vena tomiriga 20.000.000 YeD birligida, Ampitsillin 5g. bu ham vena tomiriga. Ko’p hollarda seporin va ristomitsin ham yaxshi ta’sir qiladi. Agar yiringda ko’k yiring tayoqchasi topilsa, unda gentamitsin va kobenitsillin yaxshi ta’sir ko’rsatadi. Yashin tezligidagi boshlangan meningitda kefzol (sefazolin)ni 500 mgdan 4 marta qo’llash foydalidir

Download 2,44 Mb.
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   152




Download 2,44 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Miyani va miyachani otogen absessi

Download 2,44 Mb.