|
O’rta quloqning surunkali katari (adgeziv otit)
|
bet | 95/152 | Sana | 20.05.2024 | Hajmi | 2,44 Mb. | | #245279 |
Bog'liq Klinika 2023й Равшанова И .Э.O’rta quloqning surunkali katari (adgeziv otit).
O’rta quloqning surunkali katari (adgeziv otit) asosan o’rta quloqning o’tkir yallig’lanishining asorati, eshituv naychasining faoliyatini buzulishi asosida kelib chiqadi.
Klinikasi: bemor asosan eshitishning pasayishiga va ayrim xollarda shovqin paydo bo’lishiga shikoyat qiladi.
Otoskopiyada nog’ora parda xiralashgan, ichkariga tortilgan, bolg’achani uzun oyoqchasini qisqarishi va har-xil chandiqlar ko’rinadi.
Ko’p xollarda eshituv nayining funksiyasi buzilgan bo’ladi.
Kamertonal va audiometrik tekshiruvlarda eshitish qobilyati tovush o’tkazuvchi tipda buziladi.
Davolash:
1. konservativ
2. jarrohlik yo’li bilan.
Otoskleroz
1893 yil Politser tomonidan „otoskleroz“ degan nom bilan labirint suyagida bo’ladigan o’zgarishlarni atagan. Otoskleroz kasalligida labirintning qattiq, zich suyagi g’alvirsimon, qon tomirlarga boy bo’lgan spongioz suyak bilan almashadi. Kasallik uzangi asosida, oval teshik atrofida, ayrim xollarda yumaloq teshik atrofida uchraydi.
Bu o’zgarishlar uzangining qimirlamay qolishigaha va eshitishning pasayishiga olib keladi. Otoskleroz kelib chiqishidagi gipotezalar: mexanik va fizik faktor, nasl-konstitutsion kasalliklar, endokrin o’zgarishlar. Otoskleroz bilan 20 yoshdan 40 yoshgacha bo’lgan ayollar kasallanib, xomiladorlik paytida va tug’ruqdan keyin rivojlanadi.
Shikoyati: quloqda og’riq, eshitish pasayishi, bosh aylanishi, bosh og’rig’i, eslash qobilyati pasayishi.
Klinik turlari:
1. Timpanal formasi.
2. Koxlear formasi.
3. Aralash formasi.
Timpanal formasida eshitish pasayishi tovush o’tkazuvchi bo’limlarning zararlanishida bo’ladigan o’zgarishlar va suyak bilan havodan o’tkazish o’rtasida katta yo’lakcha, ya’ni rezerv bo’lishi bilan bog’liq.
Koxlear formasida eshitish pasayishi ham suyak va havodan tovush to’lqinlarining o’tkazishning buzulishiga xos bo’lgan belgilar bilan xarakterlanadi. Bu formada suyak-havo rezervi bo’lmaydi.
Aralash formasida suyak va havodan tovushni qabul qilish birgalikda pasayadi.
Timpanal formasida “parakuzis Villizi” sindromi bo’ladi. Kamerton bilan tekshirganda, asosan tovush o’tkazishni buzulishini aniqlash mumkin, ya’ni Veber yomon eshitadigan tomonda, Jele va Rinne manfiy tomonda bo’ladi. Otosklerozning qo’shimcha belgilaridan quloqda oltingugurt suyuqligi yo’qligi, Shvars belgisi bo’ladi.
Davolash:
1. Konservativ: vitaminlar (B12, B6, B1, A, E), gormon moddalar, fizioterapevtik metodlar.
2. Jarrohlik yo’li bilan davolashda quyidagi usullar qo’llaniladi: Uzangini bilvosita va bevosita harakatga keltirish, uzangi asosidagi tasma suyagini teshish, bo’lakchalarga ajratish, otosklerotik zonalarni ajratish, stapedostomiya, stapedoplastika.
|
| |