Tashqi eshituv yo’li chipqoni




Download 2,44 Mb.
bet93/152
Sana20.05.2024
Hajmi2,44 Mb.
#245279
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   152
Bog'liq
Klinika 2023й Равшанова И .Э.

Tashqi eshituv yo’li chipqoni: bu kasallik tashqi eshituv yo’lida tuk follikulasini yiringli yallig’lanishi bo’lib, klinik belgilari kuchli og’riq, tashqi eshituv yo’lidagi shish, harorat ko’tarilishi. Bu kasallikning asosiy sabablari tashqi eshituv yo’lini mexanik jaroxatlash (barmoq, gugurt cho’pi bilan). Davolashda tashqi eshituv yo’lini chipqon chiqqan qismi kesib ochilib, rezina chiqargich qo’yish lozim, kasallikning erta holatlarida maxalliy malhamlar, fizioterapevtik tavsiyalar berish kerak, umumiy davo sifatida albatta antibacterial davo berish lozim.
Otomikoz: bu tashqi eshituv yo’lining zamburug’lar bilan zararlanishidir, bu kasallik klinikasida tashqi eshituv yo’lida kuchli qichishish, tiniq suyuq ajralma kelishi, tashqi eshituv yo’li yuvib ko’rilganda plyonkasimon hosila ajralib chiqadi. Otomikozni davolash uchun zamburug’ga qarshi dori vositalaridan mahalliy va umumiy davo maqsadida foydalaniladi.
Ekzema: quloq terisini orqa tomonidan so’rg’ichsimon o’simtaga tutashgan qismidan boshlanib so’ngra butun quloqqa tarqaladi. Bu kasallikning asosiy sabablaridan organizmning umumiy kasalliklari: qandli diabet, podagra, raxit va boshqalar.
Xolestatoma – terini epidermal qismini konsentrik holda yig’ilishi va ularning parchalanishidan hosil bo’lgan xolesterin massadir. Odatda u qo’shuvchi to’qimadan iborat parda–matriks hosil qiladi. Matriks ko’p qavatli yassi epiteliy bilan qoplangan va suyakka jips yopishgan, hatto o’sib kirgan bo’lishi mumkin. Xolesteatoma suyak to’qimasini kollagenaza fermenti bilan destruksiyaga uchratib, hattoki yuz nervining kanalida fistula hosil qilishi mumkin, natijada labirintit va yuz nervining falaji paydo bo’ladi.
Yiringli labirintit o’ta havfli bo’lib, ichki quloqning nerv hujayralari o’lib, infeksiya miya tomonga o’tib ketadi. Xolesteatomani borligini aniqlashda chakka suyagini Shyuller va Mayer bo’yicha rentgenografiya qilish alohida ahamiyatga ega.
Surunkali yiringli otitlarni davolash konservativ va jarrohlik usulda bo’ladi. Nog’ora bo’shlig’ining suyak qismida jarayon yo’qligi kasallikni konservativ davolashga ko’rsatmadir, suyak kariyesi va xolesteatomada esa jarrohlik amaliyoti qo’llaniladi. Har bir bemorni davolash nevropatolog, okulist, terapevt shifokorlari bilan birga olib boriladi. Kasallikni davolashda nog’ora bo’shlig’I tozalanadi, granulyatsiya va poliplar olinadi. Bundan tashqari, antibakterial, immunomodulyatorlar, so’riltiruvchilar, dezintoksikatsion, desensibilizatsion va mahalliy davo qo’llaniladi. Jarrohlik amaliyoti 2 maqsadni o’z ichiga oladi:
1. Chakka suyagidan patologik o’choqni olib tashlash va miyaga yiringli protsessni tarqalishini oldini olish.
2. Tovush o’tkazuvchi yo’lning funksional holatini tiklash, eshitishni yaxshilash.
Birinchi maqsadni amalga oshirishda radikal usul qo’llaniladi. Radikal jarrohlik usulini qo’llashga mutloq ko’rsatmalar:
1. O’rta quloq suyagining kariyesi.
2. Xolesteatomani borligi.
3. Surunkali mastoiditni bo’lishi.
4. Yuz nervi falaji
5. Labirintit.
6. Jarayonni miya ichiga tarqalishi.


Download 2,44 Mb.
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   152




Download 2,44 Mb.