|
Eshituv a’zosining faoliyati
|
bet | 89/152 | Sana | 20.05.2024 | Hajmi | 2,44 Mb. | | #245279 |
Bog'liq Klinika 2023й Равшанова И .Э.Eshituv a’zosining faoliyati – tovush o’tkazish va eshitish qanday ro’y berishi haqida bir oz to’xtalib o’tmoqchimiz. Quloqni eshitish vazifasi jihatidan, asosan ikki qismga bo’lishimiz mumkin 1. Quloqning tovush o’tkazuvchi qismi, bunga tashqi, o’rta hamda ichki quloq suyuqliklari kiradi. 2. Quloqning tovushni sezish (qabul qilish) qismi, bunga chig’anoq ichidagi Kortiy a’zosi kiradi.
Havodagi tovush to’lqinlari quloq suprasiga urilib, tashqi eshituv yo’li orqali quloq pardasiga borib uni tebratadi. Quloq pardasi o’z tebranishlarini eshituv suyaklari zanjiriga o’tkazadi. Avval bolg’acha, so’ngra sandoncha, nihoyat uzangi tebranadi. Bu eshituv suyakchalari, shu suyaklar orasidagi boylamlarni tebratadi. Quloq pardasining kuchli yoki kuchsiz tebranishi shu pardani taranglab turuvchi mushakning qisqarishiga bog’liq uzangi tebranar ekan, uning asosi yassi darchani qoplab turuvchi pardaga tutashganligi sababli, eshituv suyaklarida yuzaga kelgan tebranish ana shu parda orqali vestibulyar nervning retseptor qismiga o’tadi va bu yerdagi perilimfa suyuqligini tebrantirib harakatga keltiradi.
Perilimfa tebranishi Reysner pardasi orqali endolimfaga o’tadi. Natijada tovush to’lqini endolimfa suyuqligini tebratadi. Endolimfa tebranishi Kortiy a’zosining eshituv torlariga uriladi, bu yerda esa eshituv analizatorining periferik uchi joylashgan. Qabul qilingan ta’sirot, eshituvni o’tkazuvchi nerv yo’li orqali markaziy nerv sistemasiga toki eshituv markazining miya po’stlog’idagi xujayralariga qadar boradi.Quloq sezgi a’zolaridan biri, odamni tashqi muhit bilan aloqa qilish vositasidir. Eshitish analizatorining o’ziga xos qo’zg’atuvchisi – tovushdir. Tovush – bu bizni o’rab olgan muhitdagi to’lqinlarning harakatlantiruvchi zarrachalaridir.
Tovush tashqi energiyaning qo’zg’atuvchanlik ta’siri ostida tezkorlik bilan tebranishi natijasida hosil bo’ladi, uni tebratkich deyiladi. Eng sodda va antiqa tebratkichga kamerton kiradi. Tebranuvchi kamerton o’rab olgan muhitdagi havoning bir qismini harakatga keltirib, keyinchalik uning zichlanishi va siyraklanishi oqibatida tovush to’lqinini vujudga keltiradi.
Tovush to’lqinlarining tarqalish tezligi muhitning zichligiga bog’liq-Masalan: havoda butezlik 1 sekundda 332 metrga, suvda 1450 metrga, po’latda 5000 metrga teng. Tovush tezligi (jadalligi) desibell bilan belgilanadi.
Tovush analizatori tovushlarni jarangli, jarangsiz va yoqimli xillarga ajratadi.
Yuqori tovush jismning tebranish tezligini aniqlash bilan o’lchanadi va u gers (GC) bilan belgilanadi.
Odam 16 dan to 20 000 Gc gacha bo’lgan tovushni qabul qila oladi. U 16 Gc dan past (infratovush) va 20 000 Gc dan yuqori bo’lgan tebranishlarni qabul qila olmaydi (ultratovush).
Kuchuklar tovushni 30 000 Gc gacha, mushuklar esa 40 000 Gc gacha qabul qila oladi.
Tovush analizatorining tovushga bo’lgan sezuvchanligi bir xil emas.
Odam qulog’ining tovushlarga bo’lgan eng sezuvchanlik chegarasi 1000-4000 Gc gachadir.Tovushning qaerdan kelayotganligini aniqlash qobiliyati «ototopika» deb atalib, bu ikkala quloqning eshitish qobiliyati ga bog’liq. Bir qulog’i kar odamda bu faoliyat buziladi, shu sababli u tovush chiqqan joyni aniqlash uchun sog’ qulog’i bilan turli tomonga aylanishga majbur bo’ladi. Sog’lom odamlar esa tovush chiqqan joyni osonlik bilan topadilar.
Tovush kelayotgan joy markaziy nerv sistemasi tomonidan aniqlanadi. Eshitish analizatorining turli tovushlarga sezuvchanligi oshishi yoki pasayishining fiziologik (jismoniy) muvofiqlanishi – adaptasiya deb yuritiladi. Qattiq tovush eshitish sezuvchanligi ni pasaytiradi, past tovush esa (jimjitlik) uni oshiradi. Haddan tashqari eshitish analizatorini qo’zg’atish, uning charchashiga olib keladi.
Bir tovush oqimini ikkinchi bir tovush oqimi ta’siri natijasida eshitishning buzilishi yoki eshitmaydigan holatga tushish – maskirovka deyiladi.
Agar tovush bir tomondan eshitilsa, u qarama-qarshi tomondagi quloqda birmuncha kechikib keladi. Bu holat tovushning qay tomondan kelayotganini aniqlash imkonini beradi.
|
| |