Quloqning klinik anatomiyasi




Download 2,44 Mb.
bet86/152
Sana20.05.2024
Hajmi2,44 Mb.
#245279
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   152
Bog'liq
Klinika 2023й Равшанова И .Э.

Quloqning klinik anatomiyasi
Quloq odamning eshitish va muvozanat a’zosi, uning anatomik tuzilishi va bajaradigan o’ziga xos vazifalari juda murakkab. Quloq tashqi, o’rta va ichki quloqqa ajratiladi.
Tashqi quloq – quloq suprasi va tashqi eshituv yo’lidan iborat. Quloq suprasi birinchi jabra yorig’ini o’rab turgan mezenxima to’qimasi bilan qoplangan. Embrion rivojlanishining ikkinchi oyi davomida quloq suprasi sohasida oltita do’mboqcha hosil bo’ladi. Do’mboqchalar o’rtasidagi chuqurcha ichkariga qarab o’rta quloqqa o’sib kiradi va tashqi quloq yo’lini hosil qiladi. Quloq do’mboqchalarining rivojlanishi va ularning birlashib ketishi natijasida quloq suprasi yuzaga keladi. Quloq suprasi kalla suyagining pastki jag’ bo’g’imi va so’rg’ichsimon o’siqchaning o’rtasida joylashgan.
Quloq suprasi usti teri bilan qoplangan elastik tog’aydan tuzilgan. Uning orqa sathi bir tekisda silliq, botiq sathi oldinga qaragan, yarim oy shaklidagi teri burmalari va ular orasida hosil bo’lgan chuqurchalardan iborat. U yosh bolalarda juda yumshoq va qayishqoq bo’ladi.
Tashqi eshituv yo’li. Quloqning tashqi teshigi bilan nog’ora parda oralig’ida joylashgan «S» simon yo’l bo’lib, uning uzunligi yosh bolalarda 20-25 mm. Kanal oxirida quloq pardasi, ya’ni nog’ora parda joylashgan, u tashqi quloqni o’rta quloqdan ajratib turadi. Chaqaloq va yosh bolalarda tashqi quloq yo’lining suyak qismi rivojlanmagan.
Eshituv yo’lining tog’ay qismini sertuk teri qoplagan bo’lib, u quloq chirkini ishlab chiqaradi. Eshituv yo’li tog’ay qismining old va pastki devorida bir nechta yoriqchalar bor: ular santorin yoriqchalari deb yuritiladi.
Bu yoriqchalar orqali yallig’lanish jarayoni tashqi eshituv yo’lidan quloq oldi beziga va aksincha, quloq oldi bezidan tashqi eshituv yo’liga o’tishi mumkin.
Tashqi quloq tashqi uyqu arteriyasi tarmoqlari, orqali qon bilan ta’minlanadi.
Sezuvchi nervlarga uch shoxli nerv tarmoqlari (tolalari) bilan bir qatorda, adashgan nervning quloqqa keladigan tarmog’i ham qatnashadi.
Nog’ora parda – tashqi eshituv yo’lini o’rta quloq bo’shlig’idan ajratib turadi. Tashqi eshituv yo’lining suyak qismi aylana shaklidagi tarnovcha bilan tugaydi, nog’ora pardaning cheti shu tarnovchaga joylashadi.
Parda yupqa, bolalarda doira, kattalarda oval (yassi) shaklda bo’ladi. Chaqaloq quloq pardasining yuza epidermis qavati qalin bo’lib, yosh ulg’aygan sari asta-sekin nog’ora pardasi zichlashadi (taranglashadi) va juda yupqalashib qoladi.

Download 2,44 Mb.
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   152




Download 2,44 Mb.