• Tayanch so’z va iboralar
  • – Mavzu: Eshitish a’zosi va eshitish analizatorining zararlanish belgilari va sindromlari




    Download 2,44 Mb.
    bet83/152
    Sana20.05.2024
    Hajmi2,44 Mb.
    #245279
    1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   152
    Bog'liq
    Klinika 2023й Равшанова И .Э.

    12 – Mavzu: Eshitish a’zosi va eshitish analizatorining zararlanish belgilari va sindromlari.
    REJA:

      1. Inson eshitish organlari asosiy patologiyasi

      2. Inson eshitish organlari patologiyasining asosiy ko‘rinishlari.

      3. Ularning inson salomatligiga ta’siri.



    Tayanch so’z va iboralar: Tashqi quloq – quloq suprasi va tashqi eshituv, .. O’rta quloq, nog’ora bo’shlig’i, so’rg’ichsimon o’siq va halqum, eshituv nayi, Ichki quloq yoki labirint . dahliz (vestibulum), yarim halqasimon kanallar va chig’anoq
    Eshitish analizatorining patologiyasi.
    Eshitish qobilyatini turg’un pasayishi tug’ma yoki orttirilgan bo’lishi mumkin. Eshitish qobilyatini turg’un pasayishi ko’pincha orttirilgan bo’ladi. Tug’ma formasi–bolani ota-onasi kar bo’lsa, eshitadigan ona–otalarga qaraganda qo’proq uchraydi. Homiladorlikning birinchi 3 oyining ichida yuqumli kasalik bilan og’rish (qizamiq, gripp, qizilcha), radiatsiyalar bilan nurlanish, ayrim ximyaviy moddalar, dorilar (streptomitsin, aspirin), antibiotiklar–aminoglyukozidlar, xinin preparatlari, alkogol iste’mol qilish, homiladorlikni birinchi oylarida jarohatlanish sabab bo’ladi.
    Orttirilgan eshitish qobilyatini buzilishlari sabablari turli–tumandir. Eshitish qobilyatini buzilishini og’ir turi bu - tovushni qabul qiluvchi apparat buzilganda kuzatiladi (ichki quloqa, eshituv nervi). Yengil turi-quloqni tovush o’tkazuvchi qismi buzilganda kuzatiladi, yani o’rta quloq kasalliklarida (o’tkir yiringli otit, surunkali yiringli otit).
    Bolalarda uchraydigan eshitish qobilyatini pasayishiga olib keladigan sabab burun va burun–halqum kasalliklari va shu kasallar bilan bog’liq bo’lgan yevstaxiyev nayini o’tkazuvchanligining buzilishi. Ko’pincha bunga sabab adenoid o’smalar bo’ladi. Adenoidlar tufayli eshituv nayidan havo o’rta quloqqa bormaydi va o’rta quloqda havo bosimi pasayadi, natijada nog’ora parda ichkari tomon tortiladi, eshituv suyakchalari harakati o’zgaradi. Sabablaridan yuqumli kasalliklar ahamiyatga ega. Chunki bolalar bunga moyil bo’lishadi. Eshitish qobilyatini turg’un pasayishiga quyidagi yuqumli kasalliklar olib keladi: serebrospinal meningit, qizamiq, skarlatina, gripp, parotit (tepki). Bu kasalliklarning ayrimlari (meningit, virusli gripp, tepki) eshitish analizatorining nerv apparatini (kortiev a’zo yoki eshituv nervni), boshqalari (qizamiq, skarlatina)–asosan o’rta quloqni zararlaydi, lekin yallig’lanish o’rta quloqdan ichki quloqqa o’tib, Kortiyev a’zoni retseptor hujayralarini qisman yoki butunlay zararlashi mumkin. Ayniqsa yosh bolalar uchun havfli bo’lib, yallig’lanish ichki quloq va eshituv nervini zararlab, eshitish qobilyatini turg’un pasayishiga, karlikka olib keladi. Bolalarda uchraydigan virusli kasallik–epidemik parotit (tepki)–quloq oldi so’lak bezini yallig’lanishi ayniqsa xafli, to’satdan eshitish qobilyat butunlay buziladi. Zaralanish odatda bir tomonlama bo’lib, epidemik parotitda ichki quloqdagi retseptorlar halok bo’lib, karlikka olib keladi. Kasal onadan homilaga zaxmni yuqishi ham karlikka olib kelishi mumkin, chunki zaxm infeksiyasi ichki quloqdagi nerv apparatini, eshituv nervini stvolini zararlaydi. Tug’ruq vaqtidagi jarohatlar, bolani akusherlik qisqichlari bilan tortib olish, tug’ruq yo’llarining torligi bolaning bosh shaklini o’zgartirib, ezib, eshitishni turg’un pasayishiga olib kelishi mumkin.
    Eshitish qobilyatini turg’un pasayishi tasnifini tuzishda quyidagilarga ahamiyat beriladi:
    1. Eshitish faoliyatining buzilish darajasiga;
    2. Patologik jarayonni paydo bo’lish vaqti va rivojlanish tezligiga;
    3. Nutq rivojlanganligi yoki yo’qligi;
    4. Eshitish qobilyati buzilgan bolaning yashash shart – sharoiti:
    a. bola qanchalik yomon eshitsa, shuncha yomon gapiradi;
    b. eshitish qobilyati erta yo’qolsa, nutq ham shunchalik og’ir buziladi;
    v. nutqni o’stiradigan, saqlab qolishga qaratilgan maxsus choralar qancha erta boshlansa, bolada nutqni saqlab qolishga sharoitdir.
    Eshitish qobilyatini buzilishini asosan ikkita formasi ajratiladi:
    1. Karlar.
    2. Zaif eshituvchilar yani qulog’i og’irlar.
    Kar bolalar. Ularni ikki guruhga bo’lishadi:
    a. nutqi yo’q karlar (kar-soqovlar)
    b. nutqi saqlangan karlar (yani karlik keyinchalik, nutqi rivojlangandan keyin yuzaga kelgan).
    Kar-soqov bolalar.
    Soqovlik – tug’ma yoki bolani erta rivojlanish davrida yuzaga kelgan karlik tufayli yuzaga keladi. Nutq apparatining periferik yoki markaziy qismida kar-soqovlarda hech qanday organik o’zgarishlar bo’lmaydi. Bola eshitmagani uchun so’zlarni taqqoslab eshita olmaydi, eshitmagani uchun bor nutqi ham yo’qolib boradi. Karlikni tug’ma formasi kam uchraydi. Orttirilgan karlikni sabablaridan birinchi o’rinni yuqumli serebrospinal meningit egallaydi. Kar-soqov bolalar o’qiydigan maktabdagi tekshirishlar shuni ko’rsatadiki, 1600 bolalar ichida 72% meningitdan kar bo’lib qolgan.

    Download 2,44 Mb.
    1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   152




    Download 2,44 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    – Mavzu: Eshitish a’zosi va eshitish analizatorining zararlanish belgilari va sindromlari

    Download 2,44 Mb.