|
Pedagogika instituti
|
bet | 79/152 | Sana | 20.05.2024 | Hajmi | 2,44 Mb. | | #245279 |
Bog'liq Klinika 2023й Равшанова И .Э.Ichki quloq murakkab tuzilishga ega bo’lgan tuzilmadir. U kompakt suyakdan tashkil topgan suyak labirint va uning ichida joylashgan bir-biri bilan birlashuvchi bo’shliq hamda yo’llardan iborat parda labirintdan tashkil topgan. Suyak labirint kimyoviy tarkibi orqa miya suyuqligiga o’xshash perelimfa bilan to’lgan.
Parda labirint yuqorida aytilgan suyuqliklardan elektrolit tuzilishi bilan farqlanadigan endolimfa bilan to’lgan.
Suyak labirint oldingi–chig’anoq, o’rta-daxliz va orqa-yarim aylanasimon kanallar qismlariga bo’linadi.
Parda labirint chig’anoq yo’li, daxlizning ikki - sferik va ellintik xaltachalari, oldingi, orqa va lateryal yarim aylanasimon yo’llar, endolimfatik xaltacha va ularni birlashtiruvchi yo’llardan iborat.
Chig’anoq - markaziy suyak ustuni (modiolus) atrofida ikki yarim aylanish natijasida hosil bo’lgan suyak nay bo’lib, uni ko’ndalang kesganda uchta qavatni ko’rish mumkin. Yuqoriga - daxliz bilan birlashuvchi vestibulyar, pastki-ikkilamchi nog’ora parda bilan yakunlanuvchi nog’ora va o’rta – chig’anoq yo’llari deb aytiladi. Vestibulyar va nog’ora qavatlar o’zaro chig’anoq uchidagi xelikotremya orqali tutashadi va ular perelimfa bilan to’lgan.
Uchburchak ko’rinishiga ega bo’lgan chig’anoq yo’li endolimfa bilan to’lgan. Shu uchburchak asosini medial qismida yupqa suyak plastinkasi va uning davomini biriktiruvchi to’qimadan tashkil topgan asosiy membrana, yon tomonini qon tomirlarga boy bo’lgan, "tomirli yo’lga" gipotenuzasini ikki qator yassi hujayralardan tuzilgan, Reysner membranasini hosil qiladi. Eshitish analizatorining periferik retseptori-spiral a’zo asosi membranada joylashgan.
Spiral a’zo suyab turuvchi va ta’sirlanuvchi hujayralardan tashkil topgan. Suyab turuvchi hujayralar ichida tunnel hosil qiluvchi ustun hujayralar ta’sirlanuvchi hujayralarni o’z yuzasida ushlab turuvchi Deyters hujayralari, hamda trofik funksiyani bajaruvchi Klaudius va Bexterev hujayralari farqlanadi. Spiral a’zo tunelidan ichkarida bir qator bo’lib joylashgan hujayralar ichki ta’sirlanuvchi va unga nisbatan tashqaridan 3-5 qator bo’lib joylashganlari tashqi ta’sirlanuvchi hujayralar deb yuritiladi. Ichki hujayralarning umumiy soni - 3500 va tashqi hujayralari 20.000 yetadi. Ta’sirlanuvchi hujayralar asosiy membranaga tegmaydi, yuqorida aytilgandek ular Deyters hujayralari ustida yotadi. Sezgi hujayralariga chig’anoq bog’lami neyronlarning periferik o’smalari kelib tutashadi.
O’rta quloqdan ichki quloqqa o’tayotgan tovush to’lqinlari parda tuzilmalar va chig’anoq suyuqligining murakkab harakatini vujudga keltiruvchi va o’z navbatida spiral a’zoning ko’zg’aluvchanlik holatiga olib keladi. Bu protsessning mohiyati - ta’sirlanuvchi hujayralarning mexanik energiyaning nerv qo’zg’alishi jarayoniga aylantirishdan iborat. Hosil bo’lgan impulslar mialin qobig’i yo’q bo’lgan tolalar bo’ylab chig’anoqning spiral tuguniga va u yerdan eshitish analizatorining birinchi neyroni aksonlari orqali uzunchoq miya 4 qorinchasi tubidagi ventral yadrorlariga boradi. I-neyron o’simtalari n. vestibulocochlearisning pars. cochleari qismini tashkil qiladi. Tolalarning bir qismi ko’prik darajasida qarama-qarshi tolalar bilan kesishadi, boshqa qismi esa o’z tomonida miya dastasi va lateryal sirtmoq tarkibida olivaga yetib boradi va shu yo’lda ikkinchi neyron yakunlanadi. Uchinchi neyron tolalari o’rta miya tomining orqa tepaliklari va medial tizzasimon tanachalar darajasigacha yetadi. Va nihoyat oxirgi 4-neyron tolalari ichki kapsula va gardishsimon tom orqali o’tib, miya po’stlog’ining eshitish qismi-chakka ko’ndalang burmalarida tugaydi. Demak, har bir chig’anoq bosh miya po’stlog’ining har ikki qismi bilan bog’langan.
Tovush to’lqinlari spiral a’zoga havo va organizmning to’qimalari orqali yetishi mumkin. Yuqorida biz havo orqali o’tkazish mohiyatlari bilan tanishdik. Tovush to’lqinlarining to’qimalar, aniqrog’i suyak orqali o’tishini, ularni tarqatayotgan manbaning, misol uchun komerton o’qchasini qutisi ustiga qo’yganda kuzatish mumkin. Suyak bo’yicha o’tkazishning innersion va koligression turlari mavjud.
Past tovushlar ta’sirida miya qopqog’i yagona birlik sifatida tebranadi va shu hisobiga eshitish suyakchalari innersiyasi hisobiga o’zangichning suyak labirint devorlariga nisbatan harakatlanishi kuzatiladi, ya’ni bir xil tebranish innersion tipdir. Yuqori chastotali tovushlar ta’sirida miya qutisi segmentlari har-xil fazada tebranadi. Bu hol vaqti-vaqti bilan labirint kapsulaning siqilishiga va perelimfa, endolimfa bosimini o’zgarishiga olib keladi. Bu xil o’tkazish kompression turdir.
Yuqorida aytilganidek, chig’anoq darajasida tovushning tebranish harakatlarini nerv impulsiga aylanishi kuzatiladi. Bu jarayonning dastlabki bosqichida labirint suyuqliklari, yumshoq labirint tuzilmalari asosiy o’rin tutadi.
Tekshirish usullarini 4 guruhga bo’lish mumkin:
I guruh - eshitishni jonli nutq yordamida tekshirish.
Bu tekshirish usulining qo’llanilishi bir necha uning afzalliklaridan kelib chiqadi:
- nutq yordamida eshitish va shu nutqni anglash qobiliyatini aniqlanadi;
- nutqning sotsial ahamiyatidan kelib chiqqan holda bemorning hayotiy va kasbga layoqati tekshiriladi;
- qilinayotgan davolashning nafini baholash mumkin;
- eshitish apparatlarini tanlashda foydalaniladi.
Eshitish shivirlab va suhbatli nutq yordamida tekshiriladi.
II guruhni kamerton tekshirish usullari tashkil qiladi. Qo’llaniladigan kamertonlar soniga ko’ra kichik (3 ta kamertondan) va katta (5,7 yoki 9 kamertondan) to’plamlar bor. Kamertonlar uchun lotin alifbosining xarflari qo’llaniladi. Kamertonlar yordamida tovushlarni havo va suyak bo’yicha o’tkazilishi, hamda maxsus ishlab chiqilgan Veber, Rinne, Shvabax, Jelle, Federichi va boshqa atribalar tekshiriladi. Shu tekshirishlar natijasi asosida eshitishni o’tkazish yoki qabul qilish bo’yicha pasayishi haqida mulohaza yuritish mumkin. Eshitish qobiliyatini nutq va kamertonlar yordamida eshitish naylarining o’tkazuvchanlik qobiliyatini tekshirish natijalarini o’zida mujassam etgan jadval, tekshiriluvchi shaxsning eshitish pasporti deb yuritiladi.
III guruhni elektroakustik usullari tashkil qiladi. Ular mohiyatiga ko’ra sub’yektiv va ob’yektiv turlarga bo’linadi. Sub’yektiv tekshirish usullari natijalari faqat eshitish a’zosining holati yoki qo’llanilayotgan apparatlardan emas, balki tekshiriluvchining berilayotgan tovushlarni tushunish va ularga to’g’ri javob berishiga ham bog’liq. Bular qatoriga bosqichli audiometriya, nutq audiometriyasi eshitish ta’sirchanligini kengaytirilgan chastotalar diopazoni va ultratovush yordamida tekshirish kiradi. Ob’yektiv audiometriya yordamida tekshiruvchi xoxishidan qat’iy nazar eshitish a’zosining holati baholanadi. Impedansometriya, elektrokoxleografiya eshitishni miya po’stloq va dastasi potensiallarini qayd qilishlar ob’yektiv usullar hisoblanadi.
IV guruh eshitishni tovushga nisbatan shartsiz va shartli reflekslarni namoyon bo’lishiga qarab tekshirish. Shartsiz reflekslardan eng birinchi shakllanadigan va doimiy auronaliyebral va auropupilyar bo’lib, ular yo’rdamida eshitish qobiliyatining taxminiy holatini aniqlash mumkin. 1 yoshdan 3 yoshgacha bo’lgan bolalarda keng qo’llaniladigan o’yinli audiometriyani asosini ham tovushga nisbatan shartli reflekslar hosil qilib tekshirish tashkil qiladi. Shuni aytish kerakki, bu guruh tekshirish usullarini boshqa guruhlardan farqli embirional va bola tug’ilgan kunning birinchi soatlaridan boshlab qo’llash mumkin.
|
| |