Vestibulyar analizatorning klinik anatomiyasi, fiziologiyasi, tekshirish usullari




Download 2,44 Mb.
bet80/152
Sana20.05.2024
Hajmi2,44 Mb.
#245279
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   152
Bog'liq
Klinika 2023й Равшанова И .Э.

Vestibulyar analizatorning klinik anatomiyasi, fiziologiyasi, tekshirish usullari.
Vestibulyar analizator - muvozanat organi hisoblanib, muskullar tonusini idora etadi, gavdani ma’lum bir muvozanatda saqlaydi, gavda vaziyati va uning fazodagi muvozanati haqidagi informatsiyalarni miya po’slog’iga yetkazib beradi. Vestibulyar apparat retseptorlarning ta’sirlanishi tufayli muskullarda reflektor reaksiya sodir bo’ladi, bu esa gavdani muvozanatda saqlab turishiga sharoit yaratib beradi.
Dahliz (vestibulum) suyak labirintining markaziy qismini tashkil etib, uning tashqi devorida dahliz darchasi, qarama-qarshi ichki devorida dahlizning pardasimon xaltachalari uchun 2 ta yuza chuqurchalar bo‘ladi. Oldingi xaltacha dahlizning oldingi tomonida joylashgan pardasimon chig‘anoq bilan, orqadagi xaltacha esa dahlizning orqa va yuqori tomonida joylashgan 3 ta pardasimon yarim doira kanal bilan tutashadi. Yarim halqasimon kanallar 3 ta kanaldan iborat bo‘lib, 3 ta tekislikda: gorizontal, frontal va sagittal tekisliklarda joylashgan. Har bir kanalning ikkita oyoqchasi bo‘lib, ular ampulyar va oddiy oyoqcha deyiladi. Oldingi va orqa kanallarning oddiy oyoqchalari bir-biriga qo‘shilib bitta umumiy oyoqchani tashkil qiladi. 3 ta yarim halqa kanallarning 6 ta oyoqchalari va 5 ta teshigi mavjud bo‘lib, ular dahlizga ochiladi
Chig‘anoq o‘z o‘qi atrofida 2,5 marta aylanishdan hosil bo‘ladi. Uning asosi ichki eshituv yo‘liga qarab turadi, undan vintsimon suyak plastinkasining ichki kanali ajraladi. Bu suyak plastinka – yuqorigi va pastki spiral yo‘lakchaga bo‘linadi. Yuqori yo‘lakcha dahliz narvonchasi, pastkisi nog‘ora narvonchasi. Bu ikkala narvoncha bir-biridan ajralgan (izolatsiya qilingan) bo‘lib, faqat chig‘anoq uchidagina teshik orqali tutashib turadi. Dahliz narvonchasi dahliz bilan tutashadi. Nog‘ora narvonchasi chig‘anoq darchasi yoki aylanma darcha orqali nog‘ora bo‘shlig‘i bilan chegaralanadi. Birinchi jingalak chig‘anoq asosi hisoblanadi, u bo‘rtiq hosil qilib nog‘ora bo‘shlig‘iga chiqib turadi. Suyak labirinti perilimfa suyuqlig‘i bilan to‘lgan. Undagi pardasimon labirint ichida esa endolimfa suyuqlig‘i bo‘ladi. Pardasimon labirint suyak labirintining tuzilishini qaytarib, kanallar va bo‘shliqlar sistemasidan tarkib topadi. Anatomik tuzilishi va faoliyati nuqtayi nazariga ko‘ra, pardasimon labirintning ikkita apparati farqlanadi: 1) eshituv apparati (chig‘anoq pardasida joylashgan);
2) vestibulyar (dahliz xaltachalari va uchta pardasimon yarim aylana kanallarini tutashtiradi) apparat. Chig‘anoq pardasi spiralsimon kanal ko‘rinishida bo‘lib, chig‘anoq yo‘li uning ichida retseptor apparat – spiral (Kortiyev) a’zosi joylashgan. Pardasimon yarim aylana kanallar suyak kanallarida joylashgan. Ularning diametri kichik bo‘lib, suyak kanallari tuzilishiga o‘xshaydi, ya’ni ampulyar va silliq qismi tizzachaga ega bo‘lib, biriktiruvchi to‘qima bo‘rtmalari orqali suyak devorining ustki pardasiga birikadi, ulardan tomirlar o‘tadi. Pardasimon kanallar, ichki sathi endoteliy bilan qoplangan bo‘lib, retseptor hujayralar joylashgan, ampula bundan mustasno. Ampulaning ichki sathida doirasimon bo‘rtiq – toj bo‘lib, bunda tayanch hamda seziluvchi tukli hujayralar joylashgan, ular vestibular nervning periferik retseptorlari hisoblanadi. Labirint dahlizida ikkita pardasimon xaltacha sacculus va utriculus bo‘lib, ularda otolit apparati joylashgan. Sezuvchi hujayralar tukchalari murakkablashib qo‘shilib to‘r hosil qiladi, unda ko‘p miqdorda kristallar saqlangan, dirildoq membrana joylashgan. Bu kristallar otolitlar deb ataladi, ular fosfat va kalsiy karbonatdan tashkil topgan. Tukli hujayralar tuklari otolitlar bilan birgalikda otolit membranasini hosil qiladi. Ichki quloq ichki eshituv arteriyasi orqali qon bilan ta’minlanadi. Ichki quloq vena qon tomirlaridan qon uch yo‘l: chig‘anoq suv yo‘li venasi, dahliz suv yo‘li venasi va ichki eshituv yo‘li venalari orqali qaytadi. Ichki quloq innervatsiyasi kalla nervining VIII juft nervi orqali innervatsiya qilinadi, u uzunchoq miyadan chiqib, ko‘prik-miyacha burchagi orqali yagona poya hosil qilgan holda ichki eshituv yo‘liga yo‘naladi. Vestibular soha: 1) orqa miya; 2) miyacha; 3) ko‘zni harakatlantiruvchi nerv yadrolari; 4) vegetativ markaz yadrolari; 5) bosh miya po‘stlog‘i bilan bog‘langan.
Chig‘anoq yo‘llari nervlar o‘tuvchi kanallar bilan teshilgan suyak o‘zagi atroflga o‘ralgandir, bu o‘zak gorizontal yotadigan duk deb ataladi.
Chakka suyagining piramidasida ichki quloq yoki labirint bor, u chig’anoq bilan vestibulyar apparatdan iborat. Vestibulyar apparatga daxliz va uchta yarim doira kanallar (canales semicirculares) kiradi. To’g’ri shakldagi qambar yo’llardan iborat yarim doira kanallar unchalik aniq bo’lmasada, uchta o’zaro tik tekislikda, orqadagi kanal sagittal tekislikda, tashqi kanal esa gorizontal tekislikda yotadi. Har bir kanalning bir uchi kolba shaklida kengaygan bo’lib, "ampula" deb ataladi.
Parda labirint dahliz sohasida ikkita xaltachaga bo’linadi: biri - sacculus suyakning sferik botiq qismida bo’lib, chig’anoqqa yaqin turadi; ikkinchisi - utriculus suyakning ellips shaklidagi botiq joyida bo’lib, yarim doira kanallarga yaqinroq yotadi.
Daxliz xaltachalari - sacculus va utricuius otolit apparat bor, u murakab tuzilgan.
Har bir xaltachada dog’lar - macula sassuli degan tepachalar bor, ular retseptor hujayralarning to’plamlaridan iborat. Har bir retseptor hujayraning bir yarmi silindr shaklida, ikkinchi yarmi toraygan bo’lib, harakatchang bitta tuki va harakatlanmaydigan, bir-biriga yopishib ketgan 60-80 ta tuki bor. Retseptor hujayralarning tuklari kigiziga o’xshash tur to’qima ichiga kiradi, bu to’qima dirildoq konsistensiyali bo’lib, maculani qoplab turadi. Ana shu dirildoq massaning qovuzloqlarida bir talay mikroskopik kristall tuzilmalar bor, ular kalsiy fosfat-karbonat organik birikmasidan iborat bo’lib, uzunchoq olti burchakli shakldadir. Ana shu tuzilmalar "otolitlar" deb ataladi. Otolitlar qavati, yoki otolit membrana qolgan to’qimadan og’irroq bo’lib, retseptor hujayralarning to’qimalariga mexanik bosim ko’rsata oladi.
Parda labirintning yarim doira kanallarida retseptor hujayralar faqat ampulalarda bo’lib, cristal ampularis degan to’plamlarni hosil qiladi. Bu retseptor hujayralarning uzun tuklari bor. Gavda aylanganda kanallar endolimfasi harakatga keladi, shu payt petseptor hujayralarning tuklari to’kilishi mumkin. Hosil qiluvchi bipolyar hujayralarning o’siqlaridan iborat bo’lgan nerv tolalari vestibulyar apparatning retseptor hujayralariga keladi. Retseptor hujayra bilan dendriti o’rtasida sinaps bor, bu sinaps ko’zg’olishni asetilxolin degan mediator yordamida o’tkazadi. Bipolyar neyronlarning ikkinchi o’siqlari chiqishda eshituv nervining vestibulyar tarmog’ini hosil qiladi.
Gavdaning tezlangan yoki sekinlangan aylanma yohud to’g’ri chiziqli harakati vestibulyar apparatning adekvat ta’sirlovchilari hisoblanadi. Vestibulyar apparat retseptorlari faqat harakat tezligining o’zgarishidan ta’sirlanadi. Tezlanmagan yoki sekinlanmagan tekis harakat retseptorlarga ta’sir etmaydi. Vestibulyar apparatdan boshlangan afferent nerv tolalari orqali markaziy nerv sistemasiga doimo, hatto tinchlik sharoitida ham siyrak impulslar berib turadi. Aylanma harakatning boshlarida va oxirida impulslar chastotasi keskin darajada oshadi. Impulslarning tez-tez zalplari ayni vaqtda 25 sekund chamasi davom etadi. Aylanma harakat tekis bo’lsa, yarim doira kanallaridan boshlangan afferent nerv tolalarida impulsatsiya bo’lmaydi. Gavdaning tezlanuvchi yoki sekinlanuvchi to’gri chiziqli harakati, shuningdek silkinish, tebranish va gavda yoki boshni bir tomonga engashtirish otolit apparatning ta’sirlanuvchilari hisoblanadi, bular ta’sirida retseptor hujayralar tukiga otolit membraning bosimi o’zgaradi. Biron tekislikdagi tezlangan yoki sekinlangan aylanma harakat yarim doira kanallardagi retseptorlarning ta’sirlovi hisoblanadi. Markazdan kechuvchi aylanma tezlanish yoki sekinlanish harakteriga qarab, turli yarim doira kanallardagi retseptorlar turlicha ta’sirlanadi: aylanish yo’nalishi bilan bir tekislikda yotgan kanal retseptorlari boshqa kanallarning retseptorlariga nisbatan kattiqroq ta’sirlanadi. Endolimfa harakati yarim doira kanallarida retseptorlarning ta’sirlovchisi hisoblanadi. Bu Evaldning tajribalarida isbotlangan. Evald nozik operatsiya qilib, hayvonning doira kanallaridan biriga "pnevmatik bolg’acha" kiritgan, bu bolg’acha harakatlantirilganda endolimfani siljita olardi. Hayvon tegishli tomonga aylantirilganda qanday reflektor harakatlar kuzatilsa, bunda ham shunday reflektor harakatlar kelib chiqishini tajriba ko’rsatib berdi. Gavdani aylantirish natijasida vestibulyar apparat ta’sirlanishining eng xarakterli effektlaridan bir ko’z nistagmidir. Nistagm shundan iboratki, ko’zlar ritmik harakatlarni bajaradi; har bir harakatda ko’zlar avvalo aylanishi yo’nalishiga qarama-qarshi tomonga sekin harakatlanadi, so’ngra esa aylanish yo’nalishiga mos keluvchi tomonga juda tezlik bilan harakatlanadi. Ba’zan gavdaning aylanishi natijasida boshning zarbsimon tebranma harakatlari - bosh nistagmi ham kelib chiqadi.
Gavda yoki bosh harakatlarida vestibulyar apparat ta’sirlanib, skelet muskullari tonusi qayta taqsimlanadi va tonik reflekslar kelib chiqadi. Vestibulyar apparatning ta’sirlanishidan vestibulo-motor reflekslar, vestibulo-sensor reaksiyalar yuzaga keladi. Vestibulyar apparat ta’sirlanganda vegetativ nerv sistemasidan innervatsiyalanadigan organlarning reflektor reaksiyalari ham paydo bo’ladi (vestibulo-vegetativ reflekslar). Vestibulyar analizator funksiyasini tekshirish usullari-aylantiradigan sinama kalorik, pressor sinama va boshqalar vestibulyar analizatorning funksional holatini tekshirish kompleksiga kiradi.

Download 2,44 Mb.
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   152




Download 2,44 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Vestibulyar analizatorning klinik anatomiyasi, fiziologiyasi, tekshirish usullari

Download 2,44 Mb.