• O’rta quloq sistemasini
  • Pedagogika instituti




    Download 2,44 Mb.
    bet78/152
    Sana20.05.2024
    Hajmi2,44 Mb.
    #245279
    1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   152
    Bog'liq
    Klinika 2023й Равшанова И .Э.

    Tashqi quloq-quloq suprasi va tashki eshituv yo’lidan tashkil topgan. Quloq suprasi murakkab tuzilgan burmalar va chuqurchalar hosil qiladi. Quloq suprasining yuqori qismi gialin tog’aydan va pastki qismi yog’li qo’shimchadan tashkil topgan. Uning vazifasi tovush to’lqinlarini yig’ib tashqi eshituv yo’liga yo’naltirib berish, hamda ototopikada ishtirok etishdan iborat. Tashqi eshituv yo’li ichi bo’sh gorizontal va frontal bo’shliqlarda o’z yo’nalishini o’zgartiruvchi bo’sh nayni eslatadi. Uning bo’yi o’rtacha taxminan 1 sm, eni - 0,9 sm, orqa yuqori yo’nalishidagi uzunligi 2,5 sm, oldi pastkisi 3,1 sm tashkil qiladi. Tashqi eshituv yo’lining 4 ta devori bo’lib, uning ichkarigi 2/3 qismi suyaklardan va oldingi 1/3 qismi tog’aylardan tuzilgan. Oldingi qismi terisida soch piyozchalari, yog’ va oltingugurt bezlari bor. Tashqi eshituv yo’li tovush to’lqinlarini o’rta quloq sistemasiga o’tkazish, ayrim chastotalarda ularni kuchaytirib berish va himoya vazifalarini bajaradi.
    Nog’ora parda o’rta quloq sistemasining tashqi eshituv yo’lidan ajratib turadi. U nog’ora bo’shlig’iga tortilib turgan konus ko’rinishiga ega. U nog’ora suyak halqaning ariqchasiga chekkalari bilan birikadi. Nog’ora parda pastki tortilgan va yuqori bo’shashgan qismlardan iborat. Tortilgan qismi tashqi teri, o’rta sirkulyar va radial fibroz tolalari va ichki - shilliq qavatlardan, bo’shashgan qismi faqat tashqi va ichki qavatlardan hosil bo’lgan. Fiziologik nuqtai nazaridan nog’ora parda quyidagi funksiyalarni bajaradi: himoya, ekranizatsiya va tovushni o’tkazish - kuchaytirish.
    O’rta quloq sistemasini nog’ora bo’shlig’i, so’rg’ichsimon o’simta va eshituv nayi hosil qildi. Nog’ora bo’shlig’i hajmi taxminan 1,5 sm/kub ga teng. Kub ko’rinishiga ega bo’lgan tuzilma bo’lib, uning 6 ta devori mavjud. Nog’ora bo’shlig’ini tashqi devori asosan nog’ora parda hisobiga, ichki devori -suyak labirintning daxliz va chig’anoq qismlari hisobiga tashkil topgan.
    Nog’ora bo’shlig’ida suyakchalar, nerv va qon tomirlari joylashgan. Uchta eshitish suyakchalari – bolg’acha, sandoncha, uzangicha nog’ora bo’shlig’ining tovush o’tkazish zanjirini tashkil qiladiya. Ular bir-biri bilan richag tipi bo’yicha birlashgan. Richagning uzun yelkasini nog’ora pardaning ichki yuzasiga birlashgan bolg’acha dastasi va kalta yelkasini sandonning uzun oyoqchasi tashkil qiladi. Zanjirning ichki qismi o’zangi asosi bilan tugaydi va u suyak labirint lateryal devoridan oval oynaga kelib birlashadi. Bundan tashqari, shu devorda dumaloq oyna ham bo’lib, u yupqa elastik ikkilamchi membrana bilan tortilgan.
    Suyakchalar zanjiri tovush to’lqinlari kuchini kuchaytirishi, ularni ichki quloq suyaklariga yetkazish va himoya vazifalarini bajaradi.
    Oxirgi funksiyasini bajarilishida nog’ora bo’shligi mushaklari - m tensor tumpani nogora pardani tortuvchi va sandon – m. stapedius larning roli katta. m tensor tumpani, n. trigeminus shoxchasi va m. stapedius, n. facialis shoxchasi orqali innervatsiya qilinadi.
    Nog’ora bo’shlig’i aditus ad antrum g’origa kirish yo’li orqali so’rg’ichsimon o’simtaning eng katta hujayrasi g’or bilan birlashadi. Undan tashqari joylashishiga ko’ra bir necha guruhlarga bo’lingan mayda hujayralar mavjud. Hujayralarning pnevmatizatsiyasining rivojlanishiga qarab pnevmanik, diploetik va sklerotik tiplar farqlanadi.
    Nog’ora bo’shliqning oldingi qismiga eshitish (yevstaxiy) nayi ochiladi. Uning uzunligi o’rtacha 35-40 mm tashkil qiladi. Katta odamda u oldinga, ichkariga, pastga qarab yo’nalgan va burun halqumining yo’n devoriga o’rta chig’anoq orqa qismi darajasida ochiladi. Eshituv nayi devorlarining nog’ora bo’shlig’iga yaqin 2/3 qismi suyak va burun halqumga yaqin 1/3 qismi tog’aydan tashkil topgan.
    Eshituv nayi shilliq pardali tukli epiteliy qoplangan. Uning tukchalari burun halqum tomonga qarab harakatlanadi. Eshituv nayi nog’ora pardaning ikki tomonida bir xil havo bosimini saqlash, nog’ora bo’shlig’ini ventilyatsiya va drenaj qilib turish vazifalarini bajaradi.

    Download 2,44 Mb.
    1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   152




    Download 2,44 Mb.