|
Pedagogika instituti
|
bet | 87/152 | Sana | 20.05.2024 | Hajmi | 2,44 Mb. | | #245279 |
Bog'liq Klinika 2023й Равшанова И .Э.O’rta quloq. O’rta quloq bir-biri bilan bevosita tutashgan nog’ora bo’shlig’i, so’rg’ichsimon o’siq va halqum bilan nog’ora bo’shlig’ini qo’shib turuvchi eshituv nayidan tashkil topgan.
Nog’ora bo’shlig’i va eshituv nayi birinchi jabra chuqurchasi hisobiga rivojlangan. O’rta quloq bo’shlig’i chakka suyagi toshsimon o’sig’ining ichida joylashgan bo’lib, embrion rivojlanayotgan davrda u suyuklik bilan to’lgan bo’ladi. Bola tug’ilib, bir necha soat nafas olgandan so’ng, u suyuqlik havo bilan almashinadi.
Nog’ora bo’shlig’i. Nog’ora bo’shlig’i quloq pardasi bilan labirint o’rtasida joylashgan, hajmi 1 sm 3 ga teng.
Nog’ora bo’shlig’ining olti devori tafovut qilinadi:
1. Yuqori devor – nog’ora bo’shlig’ining tomi yupqa suyak qatlamidan iborat bo’lib, u nog’ora bo’shlig’ini kalla tubining o’rta chuqurchasidan ajratib turadi va ustidan miyaning chakka bo’lagini qoplab yotgan qattiq miya pardasi bilan yopilgan bo’ladi.
2. Pastki devor yoki bo’yinturuq venasiga qaragan devor – nog’ora bo’shlig’ining tubini tashkil qiladi. Yosh bolalarda bu devorning’ suyak qismi yupqa bo’ladi.
Nog’ora bo’shlig’i yiringli yallig’langanda, yiring shu sohada to’planadi, suyakning chirishi natijasida bo’yinturuq venasiga o’tib, turli xil asoratlar berishi mumkin.
3. Oldingi devorning yuqori qismida eshituv nayining teshigi, undan pastroqda esa ichki uyqu arteriyasi va uni o’rab olgan vena chigallarini chegaralab turuvchi suyak plastinkasi joylashgan.
4. Orqa devor – so’rg’ichsimon o’siqqa qaragan devoridir. Nog’ora bo’shlig’ining bu devori yuqoridan antrum bilan tutashadi, bu yo’l so’rg’ichsimon o’siqchadagi doimiy katta g’or (antrum) bilan bog’langan.
5. Nog’ora bo’shlig’ining ichki (medial) devori – ichki quloqqa qaraganligi uchun labirint devori deb ataladi. Bu devor ichki quloqni o’rta quloq bo’shlig’idan ajratib turadi. Devorning qoq o’rtasida bo’rtib chiqqan do’nglik bor. U ichki quloq chig’anog’ining turtib chiqishidan hosil bo’ladi. Do’nglikning orqa va pastki qismida chig’anoqqa kiradigan yumaloq (oval) darcha nog’ora parda bilan qoplangan.
6. O’rta quloqning tashqi yoki lateral devori - tashqi quloq yo’li va nog’ora bo’shlig’ini ajratib turuvchi quloq pardasidan iborat.
Nog’ora bo’shlig’ida bolg’acha, sandoncha va uzangi deb ataladigan uchta eshituv suyakchasi joylashgan. Bu suyakchalar pay va bo’g’imlar yordamida bir-biri bilan birikib, nog’ora parda bilan yassi darchani birlashtiradigan tutash va tez harakatlantiruvchi zanjirni hosil qiladi.
Bolg’acha dastasi quloq pardaga tegib, uni tashqi quloq tomonga bir oz bo’rttirib turadi. Bolg’achaning yumaloq boshi ikkinchi eshituv suyagi-sandonchaga, uning uzun oyoqchasi uchinchi eshituv suyagi-o’zangichaga tegib turadi.
Shunday qilib, uchala eshituv suyaklari tashqi quloq bilan ichki quloq orasida zanjirga o’xshash birikib joylashgan. Nog’ora bo’shlig’ida quyidagi mushaklar bor:
1. Quloq pardasini tarang qiluvchi mushak. Bu mushak eshituv nayi ustidagi suyak tarnovchasidan boshlanib bolg’acha dastasiga yopishadi.
2. Uzangi mushagi. Nog’ora bo’shlig’ining orqa devoridan boshlanib, ingichka pay bilan o’zangi boshchasiga yopishadi.
Birinchi mushakni uch shoxli nerv tarmog’i, ikkinchisini esa yuz nervi tarmog’i ta’minlab turadi.
O’rta quloqning qon va nerv bilan ta’minlanishi
O’rta quloqni asosan – venalar arteriyalar qon-tomirlari bilan ta’minlangan bo’lib, limfa tik tugunlarga qo’yiladi.
O’rta quloq bo’shlig’ining shilliq qavati va eshituv nayi harakatchan tolalarni sezuvchi tolalar, yuz nervi hamda til-yutqin nervi bilan innervatsiyalanadi.
Eshituv nayi. Biz yuqorida eslatib o’tganimizdek, u nog’ora bo’shlig’ini halqum bilan birlashtirib turadi, uning uzunligi 3-3,5 sm ga teng. Nayning o’rta quloq bo’shlig’i tomonga ochilgan 1/3 qismi suyakdan, halqum bo’shlig’iga ochilgan 2/3 qismi esa parda-tog’aydan iborat. Nayning shilliq pardasi xilpillovchi epiteliy bilan qoplangan bo’lib, uning tukchalari halqum tomonga qarab harakat qiladi. Eshituv nayi odatda puchaygan (yopiq) holatda bo’ladi. Uning har gal yutish harakati vaqtida, o’nga yopishgan yumshoq tanglay mushaklarining qisqarishi natijasida ochilishidan o’rta quloqning nog’ora bo’shlig’iga havo o’tadi.
Yosh bolalarda nayning uzunligi kattalarga nisbatan kalta (20-22 mm) va kengroqdir, u gorizontal tekislikda yotadi. Nayning halqumga ochilgan qismi, halqumning yon devorlarida joylashgan – rozenmyuller chuqurligida bo’ladi.
Nayning o’rta quloq va halqumga ochiladigan taraflari keng, suyak qismining tog’ay qismi bilan birlashish joyi esa juda tor bo’ladi, shuning uchun ham ba’zilar eshituv nayini qum soatiga o’xshatishadi.
Yangi tug’ilgan chaqaloq yoki yosh bolalarda kalta hamda keng nay ko’pincha o’rta quloqning turli xil yallig’lanishlariga olib keladi, chunki halqumdagi turli mikroblar bu nay orqali osonlik bilan o’rta quloqqa o’tadi (kattalarga nisbatan). Agar turli sabablarga ko’ra eshituv nayi havoni yaxshi o’tkaza olmasa, unda o’rta quloqning nog’ora bo’shlig’ida havo bosimi pasayib, quloq parda nog’ora bo’shlig’iga bo’rtib kiradi, natijada eshituv qobiliyati buziladi.
Eshituv nayining halqumga ochilgan teshigi atrofida limfoid to’qimalardan iborat.
Chakka suyagi. Chakka suyagi bir juft bo’lib, juda murakkab tuzilgan. Bu suyak kalla bo’shlig’ining yonbosh devorini, uning tubini hosil qilishda qatnashadi. U o’z ichida odam uchun muhim ahamiyatga ega bo’lgan eshituv va muvozanat saqlash a’zolarini ham saqlab turadi.
Yosh bolalarda o’rta quloqning o’tkir yiringli otitida shu yonoq o’sig’i ham yallig’lanishi mumkin. Chunki yonoq o’sig’ida ko’pgina kataklar bo’lib, ular osonlik bilan yallig’lanadi va yiringli otitning asorati hisoblanadi.
Nog’ora qismi – chakka suyak tashqi eshituv yo’lini oldingi-pastki va qisman orqa tomonidan chegaralab turadi. Bu qism yon tomondan so’rg’ichsimon o’siq va medial (ichkari) tomondan toshsimon qismlar bilan qo’shilib tursa, pastki tomondan bigizsimon o’siqning ildizini o’rab, qin hosil qiladi. Yuqorida aytib o’tilganidek, tashqi eshituv yo’li ancha kalta bo’lib, ichki va qisman oldingi tomonga yo’nalib, nog’ora bo’shlig’iga ochiladi.
Emadigan bolalarda suyakning nog’ora qismi unchalik rivojlanmagan «taqa» shaklidagi halqadan iborat bo’lib, tashqi eshituv yo’lining suyak qismi rivojlanmagan bo’ladi. Yosh bolalarda 1 yoshdan boshlab 2-3 yoshgacha to’la halqa bo’lib, suyaklanib yetiladi.
Toshsimon qismi – chakka suyagining boshqa qismlariga nisbatan qattiqroq tuzilgan, shuning uchun bu bo’lakni toshsimon yoki shakliga qarab (uch tomonli piramidaga o’xshaydi) piramida deb ataladi.
So’rg’ichsimon o’siqcha – tashqi eshituv yo’lining orqasida joylashgan bo’lib to’sh-o’mrov mushagi o’siqqa yopishib turadi.
So’rg’ichsimon o’siqcha bola tug’ilganidan so’ng yuqoridagi mushak yordamida kattalashib rivojlanadi. Uning katakchalari 2-3 yoshdan boshlab 5-6 yoshgacha rivojlanadi. So’rg’ichsimon o’siqchaning tashqi yuzasida tekis uchburchak shaklidagi bo’lakcha bo’lib, uning oldingi tomonida kichkina suyak o’siqchasi bor. Bu o’siqchaning ustki chegarasi chakka chizig’i – linea temporalis bo’lib, bu yonoq o’sig’ining orqaga qarab davom etgan chizig’idir, uning orqa tomonida silliq uchburchakli chuqurcha bor. So’rg’ichsimon o’siqning oldingi devori tashqi eshituv yo’lining orqadagi suyak devorini tashkil qiladi.
Tashqi eshituv yo’li ustki suyak o’siqchasi va chakka chizig’i o’rta quloq operasiyalarida muhim ahamiyatga ega bo’lgan mo’ljal (belgi) hisoblanadi.
|
| |