• Tayanch so’z va iboralar
  • Pedagogika instituti




    Download 2,44 Mb.
    bet90/152
    Sana20.05.2024
    Hajmi2,44 Mb.
    #245279
    1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   152
    Bog'liq
    Klinika 2023й Равшанова И .Э.

    Nazorat savollar:
    1. Inson eshitish organlarini qanday asosiy patologiyasi bor?
    2. Inson eshitish organlari patologiyasining asosiy ko‘rinishlarini bilasizmi?
    3. Ularning inson salomatligiga ta’siri bormi?

    13 – Mavzu: Eshitish a’zolarining asosiy patologiyasi. Eshitish organlari kasalliklari tasnifi. Surdologiya va surdopedagogika tamoyillari.


    REJA:

    1. Tashqi quloqning tuzilishi. Tashqi quloq funksiyalarining buzilishi va kasalliklari etiologiyasi.


    2. O‘rta quloqning tuzilishi. O‘rta quloq funksiyalarining buzilishi va kasalliklari etiologiyasi.
    3. Ichki quloqning tuzilishi. Ichki quloq funksiyalarining buzilishi va kasalliklari. Ularni aniqlash metodlari


    Tayanch so’z va iboralar: Tashqi, o’rta, ichki quloq, makrotiya, mikrotiya, anotiya, atreziyaga, kuyish, jarohatlanish, ekzema, otomikoz, perixondrit


    Inson tashqi qulog’i kasalliklari
    Insonning tashqi muhit bilan bog’laydigan sezgi organlaridan biri bu eshituv analizatoridir. Eshituv analizatori funksiyasining buzulishiga quloqning shamollash kasalliklari, o’rta va ichki quloqqa ayrim zaxarli moddalarning ta’siri, modda almashinuvining buzulishi, dori moddalarining ta’siri olib keladi. Quloq suprasini tuzilishi hammada har xil bo’ladi, masalan, mikrotiya-quloq suprasining rivojlanmay faqatgina ayrim bo’laklarinigina bo’lishi. Makrotiya – quloq suprasini katta xajmda bo’lishi. Anotiya – butunlay quloq suprasini bo’lmasligi.
    Tashqi eshituv yo’lini kasalliklari– yallig’lanishi tashqaridan har-xil infeksiyalarni tushishidan hosil bo’ladi (quloqni har-xil narsalar bilan kovlash, qashish). Yallig’lanish atreziyaga olib keladi– ya’ni tashqi eshituv yo’lining o’sib, bekilib qolishiga.
    Atreziyaga ya’ni (kuyish, jarohatlanish, o’q otish natijasida) chandiqlar hosil bo’lishi natijasida yuz beradi va eshitish qobiliyati turg’un pasayadi. Agar tashqi eshituv yo’lida ozgina yoriq bo’lsa ham eshitish qobiliyati o’zgarmaydi. O’rta quloqda yiringli jarayon bo’lsa tashqi quloqni berk holati yomon oqibatga olib keladi, chunki yiring tashqariga oqib chiqolmay, balki ichki quloqqa va miya pardalariga o’tadi.
    Tashqi eshituv yo’li bekilib qolganda asosan tovush o’tkazish apparati buziladi, ya’ni past tovushlarni qabul qilish buziladi; yuqori tovushlar qabul qilinadi, suyak o’tkazuvchanligi saqlanishi mumkin.

    Download 2,44 Mb.
    1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   152




    Download 2,44 Mb.