Quloqning eshituv funksiyasini tekshirish




Download 2,44 Mb.
bet103/152
Sana20.05.2024
Hajmi2,44 Mb.
#245279
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   152
Bog'liq
Klinika 2023й Равшанова И .Э.

Quloqning eshituv funksiyasini tekshirish
Eshituv funksiyasini shivirlash va so‘zlashish yordamida, kamertonlardan foydalanib hamda audiometr bilan tekshiriladi. Eshitishni shivirlab gapirish bilan tekshirishni jimjit va kattaroq xonada olib borish kerak. Har bir quloqni alohida tekshiriladi. Bunda ikkinchi quloqni barmoq bilan berkitib turiladi. Bemor qulog‘ini tekshiruvchining tomoniga tutib uning yuzini ko‘rmasdan turadi va tekshiruvchining so‘zlarini labidan sezib ololmaydi. Tekshiruv vaqtida hamisha bir xil shivirlash kerak. Normal quloq tarkibidagi past tovushlar, ya’ni lab tanglay undoshlari – b, p, t, m, n ustunlik qiladigan so‘zlarni shivirlab gapirilganda uni 5–10 m masofadan eshitadi. Tarkibida baland tovushlar (shiрillovchi va sirg‘aluvchi s, z, ch, sh) ustunlik qiladigan so‘zlarni esa 20 m gacha bo‘lgan masofadan eshitadi. Eshitishni shivirlab gapirish bilan aniqlashda birdan yuzgacha sanash, past (1, 4, 7) va baland tovushi (3, 8, 80) kabi sonlarni tanlash kerak. Shivirlash taxminan 6–8 metr masofadan eshitilsa, eshitish qobiliyati amalda normal hisoblanadi. Bemor shivirlagan tovushni mutlaqo eshitmasa, quloqqa Politser ballonchasi bilan havo yuborish va otoskop orqali havo oqimini nog‘ora bo‘shlig‘iga o‘tish vaqtidagi tovushni eshitish.
Bu holda gapirish yoki qattiq gapirish yo‘li bilan tekshirishga o‘tiladi. Bir tomonlama karlikni aniqlashda sog‘lom quloqni barmoq bilan berkitib turish yetarli emas, chunki bemor sog‘lom qulog‘i bilan eshitayotgan bo‘ladi. Shunga ko‘ra, sog‘lom quloqqa tovushlar kirmasligi uchun unga quloq tartaragi qo‘yiladi. Tartarak ishlab turganda quloq hech qanday tovushni eshitmaydi. Kamertonlar bilan tekshirish. Tovush o‘tkazuvchi va tovushni qabul qiluvchi apparat kasalliklari o‘rtasi differensial diagnostika o‘tkazish, shuningdek, eshitish kuchini to‘laroq aniqlash uchun eshitishni kamertonlar bilan tekshirish zarur. Kamertonlar obertonsiz sof ton beradi. Inson qulog‘i sekundiga 16 dan 20000 gacha tebranadigan tovushlarni farq qila oladi. Quloq eshitadigan eng yuqori ton eshitishning yuqori chegarasini, eng past ton – eshitishning past chegarasini belgilaydi. Yuqori va pastki chegara o‘rtasida qabul qilinadigan tonlar eshitish diapazonini hosil qiladi. Havo o‘tkazuvchanligini aniqlash uchun eshituv yoli teshigiga sado berib turgan kamerton yaqinlashtiriladi. Suyak o‘tkazuvchanligini aniqlashda sado berayotgan kamerton boshqa yoki so‘rg‘ichsimon o‘siqqa qo‘yiladi. Quloq normal eshitsa, uning havo o‘tkazuvchanligi suyak o‘tkazuvchanligiga nisbatan uzoq davom etadi.
Psixofiziologik nuqtai nazardan qaraganda, audiometrik tekshirishlarni ob’yektiv va sub’yektiv usullarga bo’lishimiz mumkin.
Sub’yektiv usullar bemorning tekshiruv savollariga bergan javobi va ularni vrachning o’zi taxlil qilishiga, ularning erkiga asoslangan. Vaholanki, bemor eshitsa ham eshitmaslikka olishi mumkin, yoki eshitmasa ham «eshitdim» – deyishi mumkin (aggravatsiya, simulyatsiya). Bundan tashqari, kichkina bolalar yaxshi tushunmaslik, qo’rqish, aqliy faoliyatining rivojlanshiga qarab bir xil topshiriqlarni turlicha bajarishlari mumkin. Chaqaloqlar va homila esa umuman eshitishi xususida shikoyat ham qilmaydi yoki tekshirishlarga befarq qaraydi. Bunday usullarga quyidagilar kiradi:

Download 2,44 Mb.
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   152




Download 2,44 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Quloqning eshituv funksiyasini tekshirish

Download 2,44 Mb.