|
Pedagogika instituti
|
bet | 100/152 | Sana | 20.05.2024 | Hajmi | 2,44 Mb. | | #245279 |
Bog'liq Klinika 2023й Равшанова И .Э.Menyer kasalligi
Kasallikni fransuz shifokori Men’yer birinchi marotaba 1861 yilda kuzatib, yozib qoldirgan.
Kasallik Men’yer nomi bilan atalib, labirintdagi endolimfa bosimining ortishi bilan bog‘liq bo‘lgan quloqning shang‘illashi, eshituvning yomonlashuvi, bosh aylanishi, muvozanatning buzilishi, ko‘ngil aynishi va qayt qilish bilan xarakterlanadi. Kasallik 30–60 yoshdagi odamlarda, ko‘proq ayollarda kuzatiladi. Bu kasallik xurujining vaqti-vaqti bilan yuzaga chiqishi, remissiya davrida bemor ahvolining yaxshi bo‘lishi tashxis qo‘yilishida yordam beradi. Xuruj vaqtidagi qusish yengillik olib kelmaydi. Xurujlar haftada bir marta, oyda, yilda bir marta yoki kunda va bir kunda bir necha marta qaytarilishi mumkin. Kasallik ko‘pincha quloqda shovqin bo‘lishi bilan boshlanib, biroz vaqtdan so‘ng bunga vegetativ buzilishlar bilan birga sistemali bosh aylanish xurujlari qo‘shiladi. Xuruj vaqtida bemor majburiy holatda bo‘ladi: boshi yon tomonga egilgan, ko‘zi yumilgan, sog‘lom quloq tomoniga yo‘nalgan nistagm kuzatiladi.
Davolash: xuruj vaqtida simptomatik davo qo‘llaniladi. Ya’ni ko‘ngil aynishiga, qusishga, bosh aylanishiga qarshi sedativ vositalar buyuriladi. Xuruj tutgan paytda bemorni yorug‘ va tinch xonaga yotqizib, oyoqlariga grelka qo‘yish kerak va vena ichiga 2 ml 4% li glukoza eritmasi, teri ostiga 1 ml 0,1% li atropin yuboriladi. Xurujlar orasida residivlarni oldini olish uchun tuzsiz parhez, suyuqlik iste’mol qilishni cheklash tavsiya etiladi. Betaserk, stugeron, A va E vitaminlari, arterial qon bosimini mo‘tadillashtiruvchi dori moddalar buyuriladi. Alkogol iste’mol qilish, chekish, aqliy va jismoniy zo‘riqish man etiladi. Og‘ir hollarda, xurujlar tez-tez kuzatilganda operativ davo choralarini qo‘llash mumkin. Keyinchalik vitaminlar (B, PP, A, E,), 5% li natriy gidrokarbonat eritmasidan 50 ml vena ichiga 15 kun mobaynida yuboriladi.
Otoskleroz
Otoskleroz – bu keng tarqalgan suyakli labirint kasalligi. Uning oqibatida tez avj oluvchi karlik yuzaga kelishi mumkin. Bu ichki quloq kapsulasining birlamchi distrofik kasalligi bo‘lib, eshitish qobiliyatining tobora pasayib borishi bilan xarakterlanadi. Kasallik boshlanishida, ichki quloqning suyak qismida o‘zgarish kuzatiladi, ya’ni qattiq suyakning ba’zi joylari qalin spongioz to‘qimaga aylanadi. Bunday holat ko‘proq yassi darcha sohasida, so‘ngra chig‘anoq ichida va ichki eshituv yo‘li atrofida qayd etiladi. Quloq tekshirilganda nog‘ora parda o‘zgarmagan bo‘lib, eshituv nayining o‘tkazuvchanligi yaxshi bo‘ladi. Kasallik rivojlanib chig‘anoqda ham o‘zgarish yuz beradi, bunda tovush qabul qiluvchi bo‘lim ham buziladi. Otosklerozning diagnostikasida eshitish faoliyatini tekshirish muhim ahamiyatga ega. Kamerton va audometriya yordamida tovushning suyak orqali o‘tishining yomonlashgani aniqlanadi.
Davolash: asosan jarrohlik yo‘li bilan amalga oshiriladi. Ko‘pincha stapedoplastika o‘tkaziladi, bu uzangini protez bilan almashtirishdan va shu tariqa eshitish suyakchalari zanjiri ning harakatchanligini tiklashdan iborat bo‘lgan operatsiyadir
|
| |