• 10 – Mavzu: Psixologik-pedagogik kuzatishlar va bolalar rivojlanishidagi og‘ishlarni korreksiyalash usullari MTM va oilada REJA
  • Tayanch so’z va iboralar
  • Pedagogika instituti




    Download 2,44 Mb.
    bet71/152
    Sana20.05.2024
    Hajmi2,44 Mb.
    #245279
    1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   152
    Bog'liq
    Klinika 2023й Равшанова И .Э.

    Nazorat savollari:

    1. Rivojlanishida nuqsoni bo’lgan bolalarga samarali ta’lim, tarbiya berish qanday amalga oshiriladi?

    2. Rivojlanishdagi nuqsonlarni tashxis qilish usullari qanday bo’ladi?

    3. TPPKlar (tibbiy-psixologik-pedagogik komissiya)vazifalari haqida bilasizmi?

    4. Har tomonlama va to’liq o’rganish tamoili deganida nimani tushunasiz?

    Differensial tashxislash maqsadi nimalardan iborat


    10 – Mavzu: Psixologik-pedagogik kuzatishlar va bolalar rivojlanishidagi og‘ishlarni korreksiyalash usullari MTM va oilada
    REJA:
    1.Tibbiy, psixologik va pedagogik konsalting.
    2. Rivojlanishda nuqsoni bo‘lgan bolalarni erta aniqlash.
    3.Tibbiy-pedagogik majmuasi. Kuzatishlar dinamikasi
    Tayanch so’z va iboralar: psixologik tekshiruv, fazoviy mo’ljal, syujetli -rolli o’yin, xaotik xarakatlar, o'lchab ko'rish, maqsad sari, manipulyatsiya, protsessual, syujet elementli o’yin
    Tibbiy psixologik va pedagogik konsalting.
    Maktabgacha yoshdagi bolalarni xolatini tekshirish bo’yicha to’g’ri baxolash uchun, bir qator shartlarni xisobga olish zarur:

    • tekshiruvlar davomida qulayliklar yaratish, xissiy muloqatga kirishish;

    • engilroq variantdagi vazifadan boshlab ijobiy bajarilishiga zamin yaratib, eksperiment o’tkazuvchi bilan keyin xam birgalikda ishlashga xoxish uyg’otish;

    • charchab qolmasligi uchun so’zli va ko’rgazmali metodikalarni galma-gal berish;

    • vazifani o'yinli xarakterda bo'lishi;

    • bilish faoliyatini rivojlanish darajasini xisobga olish.

    Missiy munosabatni kurish maqsadida, psixologik tekshiruv bola bilan suxbatlashishdan boshlanadi. Suxbat davomida bilimlarining
    umumiy zaxirasi xamda bolani
    atrofdagilar xaqidagi tasavvuri, vaqt, fazoviy mo’ljal olishi, xissiy
    xususiyatlari: muloqotga kirishishi, qiziqishlari, sevimli o’yin va mashg’ulotlari aniqlanadi.
    Maktabgacha yoshdagi bolalarni diagnostik tekshirishda metodikalarni
    tanlashda psixologik. yosh xususiyatlarini xisobga olish zarurdir, bularga kuyidagilar kiradi: xarakatlarining rivojlanish darajasi, ko’rgazmali- obrazli tafakkuri, yetakchi faoliyat-o’yin, shuningdek boshqa faoliyat turlari-rasm chizish va kurish.4-5 yoshdagi bolalarni tekshirishning asosiy maqsadi ularni fazoviy mo’ljal olish faoliyatining rivojlanish darajasini o’rganish xisoblanadi. Fazoviy mo’ljal olish xarakatlari tasavvur etishning birlamchi asosiy tizimi xisoblanadi.

    Maktabgacha yoshda fazoviy mo’ljalning quyidagi darajalari ajratiladi:


    - xaotik xarakatlar;





    4-5 yoshdagi intellekti me’yorda rivojlanuvchi bolalar muammoli amaliy vazifali metodikalarni maqsad sari yunalgan sinovlar yordamida deyarli bajaradilar. Ushbu yoshda bolalarda syujetli –o’yin va syujetli-rolli o’yinlar rivojlanadi. Bundan tashqari produktiv faoliyat turiga(rasm chizish, ko’rish va boshqalar) turg’in qiziqish uyg’otadilar.
    6 yoshdagi bolalarni tekshirishda quyidagi psixologik xususiyatlariga etibor berish lozim: syujetli -rolli o’yin; produktiv syujetni ifodalovchi faoliyat turlari. Vazifalarni amaliy borib ko’rish, ba’zi xollarda ko’ruv orentirovkasiga tayangan xolda amalga oshirishini xam rivojlanishning muxim ko’rsatkichlari sifatida xam ko’rish mumkin.
    7 yoshdagi bolalarni tekshirishdan asosiy maqsad - ularning maktab ta’limiga psixologik tayyorgarligini o’rganishdir.
    Maktabga psixologik tayyor tushuncha o’z ichiga bir necha muxim komponentlarni oladi:aqliy,motivatsion, xissiy-irodaviy va komunikativ tayyorgarligi (bolani tengdoshlari va yangi kattalar bilan munosabatga kirisha olishi). Maktabgacha yoshdagilarning aqliy rivojlanishining asosiy parametrlari deb quyidagilarni xisoblash mumkin:

    • vazifani tushunishi;

    • vazifani shartini tushunish;

    • bajarish yuli (xaotik xarakatlar, o'lchab ko'rish, maqsad sari yo'nalgan sinovlar, amaliy qo'llashlar, ko'ruv orentirovkasi);

    • tekshiruv davomida o'rganishi;

    • natija faoliyatiga munosabati.

    Maktabgacha yoshdagi bolalarni bilish jarayonlarini o'ziga xos xususiyatlarini tashxis qilishda “ta’limiy eksperiment shaklidagi ” maxsus foydalaniladi, shuningdek vazifalar bilim va ko'nikmalarini shakllanganlik darajasini aniqlashga yordam beradi.Bajarilgan vazifalarning natijalari bola faoliyatining xarakterini baxolashga yordam beradi: bola amaliy sharoitni muammoli deb xisoblayaptimi, vaziyatni analiz qila olyaptimi, maqsadga erishish uchun uzi mustaqil yordamchi vositalardan foydalana oladimi.
    Bolaning xarakatlariga bunday yondashib baxo berish rivojlanishining faqatgina “dolzarb” darajasinigina emas, balki potentsial, ya’ni yaqin rivojlanish zonasini aniqlashga yordam beradi. Bu esa o’z navbatida xar bir bola uchun korrektsion tarbiyaviy individual dasturni ishlab chiqish imkoniyatini beradi.
    Bolani maktabda ta’lim olishiga motivatsion tayyorligini tekshirish uchun turli xil metodikalardan foydalaniladi: bolalarni turli faoliyatlari davomida kuzatish, suxbat.
    Maktabgacha yoshdagilarni emotsional-irodaviy sferasidagi xolatining asosiy ko’rsatkichlari quyidagilar xizmat qiladi: xulq-atvor qoidalariga rioya etish, bajargan vazifasi bahosiga tugri adekvat javob qaytarmoq, kiyinchiliklarni yenga olish.
    Maktabga psixologik tayyorgarlikning yana bir muxim sharti ba’zi elementar o’quv kunikmalarini egallashi-so’zdagi tovush analizi, o’qish, xisoblash kunikmalari. SHuningdek qo’lni yozishga tayyor ekanligi, atrof- olam xaqida ma’lum bir tasavvur va bilimlarining borligi.

    Download 2,44 Mb.
    1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   152




    Download 2,44 Mb.