• Uchinchi bosqich
  • Pedagogika instituti




    Download 2,44 Mb.
    bet67/152
    Sana20.05.2024
    Hajmi2,44 Mb.
    #245279
    1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   152
    Bog'liq
    Klinika 2023й Равшанова И .Э.

    Birinchi bosqich - skrining nomini olgan. Ushbu bosqichda bola rivojlanishidagi orqada qolish, psixik -jismoniy kamchiliklari ani\qlanadi, lekin ularning xarakteri va chuqurligi belgilash murakkab bo’ladi.
    Ikkinchi bosqich - rivojlanishdagi nuqsonlarni differentsial tashxis qilish. Ushbu bosqichning maqsadi rivojlanish nuqsonini turini (xil, toifasini) aniqlash. Uning natijalariga ko’ra bolaning imkoniyat va xususiyatlarini xisobga olgan xolda, ularning ta’lim olishlari uchun ta’lim muassasasini turi va dasturi, optimal pedagogik yo’llanmasi aniqlanadi. Psixologo-tibbiy-pedagogik komissiyaning faoliyati differentsial diagnostikada yetakchi rolni egallaydi.
    Uchinchi bosqich - fenomenologik. Uning maqsadi - bolaning individual xususiyatlari, ya’ni tafakkur faoliyatining xarakteristikasi, xissiy-iroda doirasi, ishchanlik qobiliyati, shaxsi urganilib u bilan ishlash bo’yicha korrektsion-rivojlantiruvchi individual shart-sharoitni tashkillashtirishdir.
    Rivojlanishda nuqsoni bo’lgan psixologo-pedagogik diagnostikani samarali amalga oshirish uchun “Rivojlanishdagi nuqson” tushunchasiga aloxida e’tibor karatish zarur.
    Rivojlanishida nuqsoni bo’lganlarni tashxis qilishda rus olimlari (L.S.Vigotskiy, V.I.Lubovskiy, S.D.Zabramnaya) tomonidan ko’rsatilgan bir qancha tamoyillarga amal qilish muxim.
    Rivojlanishida nuqsoni bo’lganlarni tashxis qilishning asosiy tamoyillaridan biri bu - kompleks yondashuv bo’lib unda bolani rivojlanish xususiyatlarini barcha kerakli mutaxassislar tomonidan (vrach, defektolog, psixolog) uning fakatgina bilim olish faoliyatinigina emas, balki xulki, xissiy irodasi, shuningdek ko’ruv, eshituv, xarakat doirasi, nevrologik statusi, somatik xolatini xar tomonlama tekshirib baxolashdir. Bolani tibbiy hamda psixologo- pedagogik tekshirishlar tizimlilik asosida olib boriladi.
    Tibbiy tekshiruv vrachlar (pediatr yoki terapevt, nevropatolog, bolalar psixiatri, oftalmolog, otolaringolog, zarur xollarda audiolog) tomonidan o’tkaziladi. Bolani psixologo-pedagogik o’rganish pedagog-defektolog va psixolog tomonidan amalga oshiriladi.
    TPPKlar (tibbiy-psixologik-pedagogik komissiya) maxsus (korrektsion) muassasalarni komplektlash masalasini xal etishadi, xamda zarur bo’lganda maslaxat-tashxis va korrektsion yordam ko’rsatadi. TPPKga yordam so’rab aloxida ta’lim va tibbiy idoralar xam, ota-ona, pedagog, o’smirlar o’zining tashabbusi bilan ham murojaat qilishga xaqlidir.
    O’z faoliyatida TPPK defektologiya soxasida ishlab chiqilgan tamoyillarga amal qiladi. Asosiy tamoyillardan biri - bu xar bir bolaga o’z imkoniyatlarini maksimal darajada rivojlantirish uchun o’z vaqtida kerakli sharoitlarni tashkil etishdan iborat bo’lgan insonparvarlik tamoyilidir. Bu tamoyil bolani chuqur va diqqat bilan o’rganish, yo’lida uchraydigan kiyinchiliklarni bartaraf etishni talab etadi. Agar umumta’lim maktab sharoitida ko’rsatilgan barcha kerakli va mavjud bo’lgan choralar ijobiy natijalar bermasa, bolani maxsus muassasaga o’tkazish masalasi ko’yiladi va bunga ota-onalarning roziligi kerak bo’ladi.
    Bajarilishi shart bo’lgan tamoyil - bu bolalarni kompleks o’rganish tamoyilidir.
    Bu tamoyil muxokama paytida barcha mutaxassislar: vrachlar, defektologlar, psixologlar tomonidan tekshirish natijasida olingan ma’lumotlarni e’tiborga olishni shart deb belgilaydi. Agar mutaxassislarning fikri turlicha bo’lsa, bolani yana bir bor tekshirish belgilanadi. Eng muxim masalalarni xal etishda bolaning manfaatlari birinchi o’rinda turish zarur. Ta’kidlash joizki, bolani o’rganishda ko’rsatilgan tamoyilga amal qilish uning xolatini komissiyadan oldin anikroq bilib olish, rivojlanishidagi nuqsonlar sabablarini aniqlab olish imkonini beradi. Misol uchun, pedagog birinchi bo’lib kuchayib borayotgan parishonlik, charchashlik, yig’laqilik alomatlariga e’tiborini karatadi. Vrach esa o’z navbatida bu o’zgarishlarning sabablarini aniqlashga yordam beradi va ularni bartaraf etish uchun kerakli tavsiyalar beradi.

    Download 2,44 Mb.
    1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   152




    Download 2,44 Mb.