• 9 – Mavzu: Bolalardagi ruhiy va jismoniy rivojlanishidagi kamchiliklarni o’rganish va bartaraf etishda tibbiy-psixologik va pedagogik yondashuvning ahamiyati REJA
  • Tayanch so’z va iboralar
  • Pedagogika instituti




    Download 2,44 Mb.
    bet66/152
    Sana20.05.2024
    Hajmi2,44 Mb.
    #245279
    1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   152
    Bog'liq
    Klinika 2023й Равшанова И .Э.

    Nazorat savollari:



    1. Artikulyatsiya a`zolarini tekshirishni bilasizmi?

    2. Fonematik idrokni tekshirishni qanday usullari bor?

    3. Nutqni tushunishni tekshirish haqida bilasizmi?

    4. Tekshirish natijalari qanday tahlil qilinadi?

    9 – Mavzu: Bolalardagi ruhiy va jismoniy rivojlanishidagi kamchiliklarni o’rganish va bartaraf etishda tibbiy-psixologik va pedagogik yondashuvning ahamiyati
    REJA:
    1.Klinik umumiy tamoyillarini tekshirish, differensial tashxis, maslahat .
    2.Anamnestik ma’lumot .Jismoniy rivojlanish va atrof-muhit, bioritm. 3.Neyropsixiatrik tekshiruv.
    Tayanch so’z va iboralar: psixologik-pedagogik diagnostika, psixik-jismoniy xususiyat, eshitishda, ko’rishida, fazoviy-idrok tassavurlarida, xarakat-tayanch apparatida, fonematik idrokida nuqsoni bo’lgan, xissiy-irodaviy buzilish, TPPK

    Rivojlanishida nuqsoni bo’lgan bolalarga samarali ta’lim, tarbiya berish, ijtimoiy moslashuvini yaratish uchun uning rivojlanish imkoniyat va xususiyatlarini turini baholay olishga bog’liqdir. Bu vazifani rivojlanish nuqsonlarini kompleks psixologik-pedagogik diagnostika qilish orqali amalga oshirish mumkin. Psixologo-pedagogik diagnostika rivojlanishida nuqsoni bo'lgan bolalarning kamchiliklarini aniqlash, bolaning psixik-jismoniy xususiyatlarini e’tiborga olgan xolda unga individual psixologo-pedagogik yondashuvni ta’minlaydi.


    Rivojlanishida nuqsoni bo’lgan bolalar uchun maxsus maktabgacha va maktab ta’lim muassasalari faoliyat ko’rsatadi. Ushbu bolalarni psixik va jismoniy rivojlanishini ta’minlovchi ta’lim sharoitlari yaratilgan. Bunday sharoitlar avvalo xar bir bolaning xususiyatlari e’tiborga olgan xolda yakka yondashuvni talab etadi. Ushbu yondashuv maxsus dastur, metod, kerakli maxsus texnik vositalarni, maxsus tayyorgarlikga ega pedagog, psixolog, defektolog va boshqalar bilan birgalikda kerakli tibbiy - profilaktik xamda davolov tadbirlarini, maxsus ijtimoiy yordamni, maxsus ta’lim muassasalarini texnik va ilmiy-metodik jixatdan ta’minlashni o'z ichiga oladi.
    Hozirgi kunda turli xil maxsus ta’lim muassasalari mavjud. Bolalar puhta saralash natijasida qabul qilinishi mo’ljalangan va O’zbekistan respublikasi xalq ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan maxsus ta’lim dasturlarini amalga oshiradigan maxsus ta’lim muassasalar bilan bir qatorda turli reabilitatsiya markazlari, rivojlantirish markazlari, aralash guruhlar va x.k.lar ochilgan.
    SHuningdek, umumta’lim maktabgacha ta’lim muassasalarida, umumta’lim maktablarda psixik va jismoniy rivojlanishida nuqsoni bo’lgan bolalarni uchratish mumkin. Ushbu nuqsonlarning ko’rinishi turlicha bo’lishi mumkin. Son jixatdan yirik bo’lgan guruhni xarakatlanish, sensor yoki intellektual sohalarda nuqsonlari aniq ifodalanmagan: eshitishda, ko’rishida, fazoviy-idrok tassavurlarida, xarakat-tayanch apparatida, fonematik idrokida nuqsoni bo’lgan, xissiy-irodaviy buzilishli, nutqiy rivojlanishida kamchiliklarga ega, xulq buzilishlariga ega, psixik rivojlanishi orqada qolgan, somatik sust bolalar tashkil etadi. Yaqqol ifodalangan psixik yoki jismoniy rivojlanishdagi nuqsonlar maktabgacha yoshda aniqlansa, yengil nuqsonlar uzoq vaqt mobaynida e’tiborsiz qoladi. Rivojlanishdagi nuqsonlarni tashxis qilish uch bosqichni uz ichiga oladi.

    Download 2,44 Mb.
    1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   152




    Download 2,44 Mb.