• 1. Sodda ko’rsatmalarni tushunish
  • 3. «Ustida», «ichida», «yonida», «orqasida», «tagida» kabi ko’makchi so’zlarni tushunish
  • 5. Bog`langan matnni tushunish
  • 3.Tovushlar talaffuzini tekshirish Tovushlarning talaffuzi so’z, bo’g`in va so’ngra alohida tovushlarni mustaqil yoki takrorlash yo’li bilan tekshiriladi. Tekshirish texnikasi
  • Nutqni tushunishni tekshirish




    Download 2,44 Mb.
    bet63/152
    Sana20.05.2024
    Hajmi2,44 Mb.
    #245279
    1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   152
    Bog'liq
    Klinika 2023й Равшанова И .Э.

    Nutqni tushunishni tekshirish
    Nutqni tushunishni maxsus tekshirish suhbat vaqtida olingan dastlabki ma`lumotlarni aniqlashga xizmat qiladi.
    Tekshirish texnikasi. Eng oddiy usul-bola oldidagi yoki rasmda tasvirlangan predmetlarni ko’rsatishni boladan so’rashdir.
    Ma`lum bo’lgan usullardan yana biri-bola tomonidan bir necha so’z ko’rsatmasini bajarilishidir.
    1. Sodda ko’rsatmalarni tushunish. Bolaga «Daftarni ol», «Qalamni qo’y» kabi oddiy ko’rsatmalarni bajarish taklif qilinadi. Ko’rsatmaga mos harakat qilish uning tushunganligidan dalolat beradi.
    2. Murakkab ko’rsatmalarni tushunish. Bolaga ketma-ketlikda quyidagi turdagi murakkab ko’rsatmalarni bajarish taklif qilinadi: «Eshikni yop va chiroqni yoq», «Daftarni partaga qo’y va qalamni ol».
    3. «Ustida», «ichida», «yonida», «orqasida», «tagida» kabi ko’makchi so’zlarni tushunish. Bolaga «Qalamni kitobni ustiga qo’y», «Qalamni kitobni tagiga qo’y» kabi ko’rsatmalarni bajarish taklif qilinadi.
    4. Gaplardagi murakkab bog`lanishlarni tushunish. Buning uchun quyidagi usullardan foydalaniladi:
    - Qaysi jumla to’g`ri, aniqla: bahor yozdan avval keladimi yoki yoz bahordan oldin keladimi?
    - Tingla va savolga javob ber. Bolalar itning ketidan yuguryapti. Kim oldin yuguryapti?
    5. Bog`langan matnni tushunish. Tushunishni tekshirish uchun bolaga kichik hikoyani eshitish va savollarga javob berish taklif qilinadi.
    Topshiriqning bajarilishini tahlil qilish. Imbetsil darajadagi aqli zaif bolalar taomilda ko’p uchraydigan predmetlarning rasmlarini ko’rsata oladilar. Bog`langan matnning mazmunini esa tushunish ular uchun murakkabdir.
    3.Tovushlar talaffuzini tekshirish
    Tovushlarning talaffuzi so’z, bo’g`in va so’ngra alohida tovushlarni mustaqil yoki takrorlash yo’li bilan tekshiriladi.
    Tekshirish texnikasi. Maxsus tanlangan predmetli rasmlardan foydalaniladi.
    Bola mustaqil ravishda rasmni nomlashi lozim. Agarda tekshirilayotgan tovush so’zda to’g`ri talaffuz etilsa, bolaga ushbu so’zni logoped ketidan takrorlash taklif etiladi, so’ngra bola tovushni alohida talaffuz qilishi lozim (undosh tovushlar ochiq va yopiq bo’g`inlarni talaffuz qilish yo’li bilan tekshiriladi).
    Bolaning tekshirilayotgan tovushdan mustaqil nutqda qanday foydalanishni aniqlash uchun shu tovush ko’p ishtirok etgan so’zlardan tuzilgan bir-ikki gapni takrorlash taklif qilinadi.
    So’zlarda tovushlarni noto’g`ri talaffuz qilish ko’pincha so’zning bo’g`in tuzilishini buzilishi bilan (tovushlar va bo’g`inlarni almashtirish, tashlab ketish va ortiqchasini qo’shish) birga keladi. Bunday hollarda bolaga mustaqil va takrorlab talaffuz etish uchun turli bo’g`in tuzilishidagi so’zlar beriladi.
    Topshiriqlarning bajarilishini tahlil qilish. Tovushlar talaffuzidagi nuqsonlar buzib talaffuz etish, almashtirish, o’rin almashtirish tarzida namoyon bo’ladi. SHu bilan birgalikda turli nutq nuqsonlarini bir-biridan farqlashga yordam beradigan belgilar ham mavjud.
    Funktsional va mexanik dislaliyada (rinolaliyadan tashqari) alohida tovushlarning talaffuzini buzilishlari kuzatiladi.
    Dizartriyada nutq manqalangan, noaniq xarakterga ega bo’ladi. Barcha tovushlar burunlashgan tarzda talaffuz etiladi. Ovoz monoton, zaif, ko’pincha bo’g`iq bo’ladi, nutqning sur`ati sekinlashgan.
    Tovushlar talaffuzining buzilishlari bolalar rivojlanishidagi turli nuqsonlarda kuzatilishi mumkin.
    Tovushlar talaffuzi buzilishlarining namoyon bo’lish darajasi (dislaliya, dizartriya, motor alaliya) aqli zaif bolalarda intellektual etishmovchilik darajasiga bog`liq bo’ladi.
    Ko’pchilik psixik rivojlanishi sustlashgan bolalarda tovushlar talaffuzining buzilishldari kuzatilmasligi mumkin, ammo nutqning tushunarliligi noaniq bo’lish hollari ham ko’p uchraydi.
    Eshitishning pasayishida so’zlarning buzilishiga qaramay ko’p hollarda so’zlarning konturi saqlanib qoladi. Bunday bolalar uchun jarangli va jarangsiz tovushlarni almashtirish (jaranglilarni jarangsizlantirish) xarakterlidir.

    Download 2,44 Mb.
    1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   152




    Download 2,44 Mb.