|
d) analizatorlar faoliyati buzilgan va nutq buzilishlariga ega bo’lgan bolalar
|
bet | 60/152 | Sana | 20.05.2024 | Hajmi | 2,44 Mb. | | #245279 |
Bog'liq Klinika 2023й Равшанова И .Э.d) analizatorlar faoliyati buzilgan va nutq buzilishlariga ega bo’lgan bolalar
Nutqning rivojlanmay qolishi uning sensor yoki motor tomonlarining buzilishlaridan kelib chiqadi. Ko’pincha ikkala funktsiya ham buzilgan bo’ladi.
Nutqning rivojlanmay qolishi sabablariga homilalik davridagi turli salbiy ta`sirlar, tug`ilish jarohatlari va asfiksiya, bola tug`ilganidan so’ng nutq markazlarining jarohatlanishlari kiradi.
Motor alaliyada faol lug`at mustaqil ravishda shakllanmaydi yoki juda sekin shakllanadi. Alalik bolalar faol nutqdan foydalanish zarur bo’lmagan topshiriqlarni bajonidil bajaradilar. Bunday bolalar rivojlanishdan sezilarli ravishda orqada qoladilar. Ularning tushunchalari va tasavvurlari chegaralangan bo’ladi.
Ba`zi bolalarda aqliy rivojlanishning sustlashishi yaqqol ifodalangan nutq nuqsonlari bilan birgalikda keladi.
Logopedik mashg`ulotlar natijasida alalik bolalarning nutqi rivojlana boshlaydi. Ammo lug`ati, ayniqsa, faol lug`at sekinlik bilan ko’payadi. Nutqda aggramatizmlar kuzatila boshlanadi. Keyinchalik ta`limda muammolar, qiyinchiliklar yuzaga keladi.
Nutqida sensor buzilishlar ustun bo’lgan bolalarni tashxis qilish juda murakkab. Bunday bolalar nutqni tushunmaydilar. Natijada nutqiy aloqa qiyinlashadi, bu esa o’z navbatida bolaning aqliy rivojlanishiga salbiy ta`sir etadi.
Mutaxassis bilan uzoq vaqt davom etgan mashg`ulotlardan so’ng bolalarda nutqqa reaktsiya, keyin esa mustaqil talaffuz qilishga intilishlar paydo bo’ladi. Dastlabki mashg`ulotlarda bolalar nutqi alohida tovush birikmalaridan, ba`zan qisqa so’zlardan iborat bo’ladi. Lug`at sekinlik bilan kengayadi.
Tashxis qilishdagi qiyinchiliklar xarakteri sababli ba`zan nutqida nuqsoni bo’lgan bolalar oligofren bolalarga almashtirib yuboriladi.
Nutqida nuqsoni bo’lgan bolalarni tekshirishda ko’rgazmali qurollardan maksimal darajada foydalanish juda muhim. Ularga bajarishda boladan faol nutq talab etilmaydigan topshiriqlarni tavsiya etish lozim. SHu tarzda bolada bilim, tasavvurlar, o’yinni mustaqil tashkil etish va h.k.lar aniqlanadi. Motor alalik bolalarda nutq buzilishlarini tashxis etish katta qiyinchilik tug`dirmaydi.
Alohida hollarda nutqning rivojlanmay qolishi aqliy faoliyatning rivojlanmaganligi bilan birgalikda kelishi mumkin. Bu holatni bolani maxsus nutq maktablarida uzoq vaqt olib borilgan ish natijasida aniqlash mumkin.
Bolaning intellektual rivojlanishi haqida asoslangan xulosa chiqaritsh uchun alohda topshiriqlarni bajarish xarakteri bilan birgalikda uning faoliyatini ham tahlil qilish lozim.
Birorta topshiriqning bajarishning yaxshi yoki yomon natijalari intellektual rivojlanish darajasi haqida fikr yuritishga asos bermaydi. Bola faoliyatining xususiyatlarini ko’p mikdordagi turli topshiriqlarni bajarishda e`tiborga olish va bola uchun xarakterli bo’lgan psixologik ma`lumotlarni (yosh, shaxs) va agarda mavjud bo’lsa intellektual faoliyati va hssiy darajasidagi patologik tomonlarni ajratib ko’rsatish kerak. SHuningdek tekshirishga bo’lgan munosabatini, uning xulqi, ishlash qobiliyati, toliqish darajasini ham e`tiborga olish zarur. Xotira, diqqat jarayonlarini, shuningdek, eshitish, ko’rish, nutqini rivojlanishi haqidagi ma`lumotlarni sinchiklab tahlil qilish muhmdir. Bolaning intellektual rivojlanishi haqida xulosani yuqorida ko’rsatilgan barcha xarakteristikalar asosida chiqarish mumkin.
Tekshirish vaqtida intellektual jihatdan me`yorida bo’lgan bolalar xulqi normada, jiddiy, harakatchan bo’ladilar. Ular topshiriqlarni bajarish jarayoni, ishning natijasi va uning bahosi bilan qiziqadilar. Intellektual jihatdan normada bo’lgan bolalar uchun yuqorida ko’rsatilgan topshiriqlarning barchasi qiyinchilik tug`dirmaydi.
Tabiiyki, 7 yoshdagi bolalar 8-9 yoshdagi bolalarga qaraganda qiyinchiliklarda ko’proq tashkiliy yordamga muhtoj bo’ladilar.
Agarda tekshirishga xulqi buzilgan bolalar yuborilgan bo’lsa, uning intellektual rivojlanishni optimal sharoitdagina to’g`ri baholash mumkin: masalan, yaxshi aloqa o’rnatishda va ahamiyatli motivatsiyada. Bolaning javoblarini sifati uning xalqidagi buzilishlar bilan qanchalik bog`langanligini tushunish uchun uning kontaktga kirishgunga qadar va kontaktdan keyingi erishgan natijalarini solishtirish maqsadga muvofiqdir.
Agarda bolaning javoblarining sifati va sur`ati yaxshilansa yoki yomonlashsa, tekshirishning oxiri yoki o’rtasida o’zgarsa, bu bolaning ishlash qobiliyatining buzilishi bilan bog`langan bo’lishi mumkin. Bunday hollarda ko’rsatkichlarni bolaning toliqishi yoki, ishga kirishib ketishi bilan bog`lab tahlil qilish lozim. Ishlash qobiliyatining pasayishini intellekti turli darajadagi bolalarda kuzatish mumkin. SHuning uchun tekshirishning boshidagi, oxiridagi dam olishdan keyin topshiriqlarning bajarilishi sifatini taqqoslash muhmdir.
Psixik rivojlanishi sustlashgan bolalarning ko’pchiligi uchun tekshirish jarayonida ish qobiliyatining va diqqatining pasayishi xarakterlidir. Ba`zi bolalarda yangi materialda orientirlashning, ishlab ketishning, faoliyatning umumiy sur`atini sekinlashganligi kuzatiladi.
Boshqalarida tez toliqishlari sababli diqqatining pasayishi, faoliyat jarayonida diqqatning tarqalishi aniqlanadi. Psixik rivojlanishi sustlashgan bolalarning faoliyati normal rivojlanayotgan bolalar faoliyatiga nisbatan etirlicha maqsadga yo’naltirilmagan bo’ladi. Ko’pincha ular o’z maqsadini tushuntira oladilar, topshiriq noto’g`ri bajarilganda ham javoblarini asoslab bera oladilar. Faol lug`atlari ko’p bo’lmaydi. Psixik rivojlanishi sustlashgan bolaga tashkiliy va o’rgatuvchi yordam berilsa, ular tomonidan bajarilgan topshiriqlarning sifati normal bolalarnikiga yaqinlashadi.
|
| |