Pedagogika instituti




Download 2,44 Mb.
bet61/152
Sana20.05.2024
Hajmi2,44 Mb.
#245279
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   152
Bog'liq
Klinika 2023й Равшанова И .Э.

Pedagogik tekshirish
Pedagogik tekshirishni psixologik tekshirishdan so’ng o’tkazish tavsiya qilinadi. Psixologik va pedagogik tekshirishni ko’pincha bir mutaxassis-pedagog-defektolog o’tkazadi. Agarda bu tekshirishlar turli shaxslar-psixolog va pedagog tomonidan o’tkazilsa, bunda pedagogga psixologning tekshirish natijalarini bilish zarur. Bu takrorlashlarning oldini oladi va pedagogik tekshirishning rejasini o’tkazishga imkon yaratadi.
Pedagogik tekshirishning maqsadi bolalar tomonidan o’zlashtirib olingan bilim, ko’nikma va malakalarning hajmini, ular tomonidan yangi tushunchalar, yangi faoliyat turlarini o’zlashtirib olish jarayonida yuzaga keladigan qiyinchiliklar, ularning qaysi bosqichlarda yuzaga kelishini, bu qiyinchiliklarni bartaraf qilish sharoitlarini aniqlashdir.
Tekshirishni boshlashdan avval pedagog bolaning pedagogik hujjatlarini diqqat o’rganib chiqadi (bolalar bog`chasi yoki maktabdan berilgan tavsif, daftarlar, bolaning mustaqil ishlari, chizgan rasmlari va h.k.). Bolaga berilgan tavsifni tahlil qilish pedagogik tekshirish sxemasini to’g`ri tuzishga, bolaning individual xususiyatlarini e`tiborga olib unga to’g`ri yondoshishga yordam beradi. Agarda tavsifda bola tez toliqadi deb ko’rsatilgan bo’lsa, unga tekshirish vaqtida tez va qisqa vaqtda bajariladigan topshiriqlar beriladi, agarda bolaga o’quv faoliyatiga nisbatan salbiy munosabat paydo bo’lgan bo’lsa o’yin holatlaridan foydalanish lozim bo’ladi va h.k. Tekshirilayotgan bolalarning daftarlarini o’rganish u yoki bu malakaning rivojlanish dinamikasi, maktab dasturini o’zlashtirish jarayonida bola yo’l qo’yadigan xatolari xarakteri, qiyinchiliklari haqida fikr yuritishga imkon beradi.
Bolalar tomonidan chizilgan rasmlarni tahlil qilish tashxis qilishda katta ahamiyatga ega bo’lib, faqatgina tasviriy faoliyat sohasidagi bolaning texnik imkoniyatlari haqidagina ma`lumot bermasdan, balki uning kuzatuvchanligi, tasavvur va qiziqishlari doirasi va h.k.lar haqida tushuncha beradi. Agarda bola chizgan rasm g`alati, haqiqatdan tashqari xarakterda bo’lib bola unga to’g`ri tushuncha bermasa u shizofreniya bilan kasallangan deb tahmin qilish mumkin. Aqli zaif bolalar mustaqil tanlangan mavzuga doir rasm chiza olmaydilar. Aqli zaif bolalar chizgan rasmlar stereotip xarakterda bo’lib, aniq tasavvurlar yo’qligidan dalolat beradi.
Pedagogik hujjatlarni shunday tarzda sinchiklab o’rganib chiqqanidan so’ng defektolog bolani tekshirishga kirishadi.
Komissiyada bolani tekshirish vaqtida uning hisoblash operatsiyalarini o’tkaza olishi va matematik tasavvurlarining shakllanganligi aniqlanadi. Maktab o’quvchilarini ular tomonidan o’rganilgan dastur materiallari bo’yicha bilimlari tekshiriladi.
Agarda bola o’qish malakalarini egallanmaganligi aniqlansa uning o’qish malakasining holatini tekshirishning hojati yo’q. Komissiyaga yuborilguncha maktabda o’qigan bolalarning o’qish va yozish malakalari o’tilgan material hajmida tekshiriladi.
Barcha holatlarda bolalarning bilimlarini ular o’qiyotgan sinf dasturi materialidan boshlab tekshirish lozim. So’ngra bolalarning bilimlari quyi sinflarda o’tilgan dastur materiali asosida aniqlandi.
Komissiyada bolaning maktab malakalari va bilimlarining holati, eng avvalo o’qish, yozish, hisoblash malakalarining holatini tekshirishga qaratish lozim.
Pedagogik tekshirishning maqsadi o’zlashtirishnigina aniqlashdan iborat bo’lmay, balki avvalo ushbu bolaning ta`limdagi qiyinchiliklarini tahlil qilish ekanligini esidan chiqarmasligi lozim.
O’qish. O’qish malakasini egallab olmaslik hollari turlicha bo’lib, ba`zan ularni ajratish ancha murakkabdir.
Qiyinchiliklar o’qish malakasida ham, shuningdek o’qishning mazmun tomonida ham kuzatiladi.
O’qish malakasi o’z rivojlanishida bir qator bosqichlardan iborat murakkab yo’lni bosib o’tadi. Savod o’rganishga kirishib bola ko’pincha tovush tahlilida qiynaladi. Bola qator hollarda bo’g`inlab va so’zlarni sidirg`asiga o’qishni egallab olishda qiynaladi. Qiyinchiliklar harflarni eslab qolishda ham kuzatiladi. Aqli zaif bolalar oliy nerv faoliyatlarining xususiyatlaridan kelib chiqqan holda o’qish malakalarini juda qiyinchilik bilan egallaydilar va uning alohida bosqichlari ancha ko’p vaqtni talab qiladi. Aqli zaif bolalarda ko’p kuzatiladigan og`zaki nutqning nuqsonlari ham qator qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi. Har bir bolaning o’qishni egallashdagi qiyinchiliklarini sinchiklab tahlil qilish va ularning xarakteri va sabablarini aniqlash muhimdir.
Rivojlanishida nuqsoni bo’lgan bolalar uchun maxsus maktabgacha va maktab ta’lim muassasalari faoliyat ko’rsatadi. Ushbu bolalarni psixik va jismoniy rivojlanishini ta’minlovchi ta’lim sharoitlari yaratilgan. Bunday sharoitlar avvalo xar bir bolaning xususiyatlari e’tiborga olgan xolda yakka yondashuvni talab etadi. Ushbu yondashuv maxsus dastur, metod, kerakli maxsus texnik vositalarni, maxsus tayyorgarlikga ega pedagog, psixolog, defektolog va boshqalar bilan birgalikda kerakli tibbiy - profilaktik xamda davolov tadbirlarini, maxsus ijtimoiy yordamni, maxsus ta’lim muassasalarini texnik va ilmiy-metodik jixatdan ta’minlashni uz ichiga oladi.
Xozirgi kunda turli xil maxsus ta’lim muassasalari mavjud. Bolalar puxta saralash natijasida qabul qilinishi muljalangan va O’zbekistan respublikasi xalq ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan maxsus ta’lim dasturlarini amalga oshiradigan maxsus ta’lim muassasalar bilan bir qatorda turli reabilitatsiya markazlari, rivojlantirish markazlari, aralash guruxlar va x.k.lar ochilgan.
SHuningdek, umumta’lim maktabgacha ta’lim muassasalarida, umumta’lim maktablarda psixik va jismoniy rivojlanishida nuqsoni bo’lgan bolalarni uchratish mumkin. Ushbu nuqsonilarning kurinishi turlicha bulishi mumkin. Son jixatdan yirik bo’lgan guruxni xarakatlanish, sensor yoki intellektual soxalarda nuqsonilari aniq ifodalanmagan: eshitishda, ko’rishida, fazoviy-idrok tassavurlarida, xarakat-tayanch apparatida, fonematik idrokida nuqsoni bo’lgan, xissiy-irodaviy buzilishli, nutqiy rivojlanishida kamchiliklarga ega, xulq buzilishlariga ega, psixik rivojlanishi orqada qolgan, somatik sust bolalar tashkil etadi. Yaqqol ifodalangan psixik yoki jismoniy rivojlanishdagi nuqsonilar maktabgacha yoshda aniqlansa, yengil nuqsonilar uzoq vaqt mobaynida e’tiborsiz qoladi. Rivojlanishdagi nuqsonilarni tashxis qilish uch bosqichni uz ichiga oladi.



Download 2,44 Mb.
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   152




Download 2,44 Mb.