Oligofreniyaga o’xshash ba`zi holatlarni ko’rib chiqamiz




Download 2,44 Mb.
bet57/152
Sana20.05.2024
Hajmi2,44 Mb.
#245279
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   152
Bog'liq
Klinika 2023й Равшанова И .Э.

Oligofreniyaga o’xshash ba`zi holatlarni ko’rib chiqamiz.

O’zlashtirmaslikning eng ko’p tarqalgan sababi bolaning maktab ta`limiga tayyor emasligi, bolada o’quv faoliyati zaminlari va malakalarining shakllanmaganligidir. Bolalar talablarga bo’ysunishga o’rganmaganlar, ishni oxiriga etkazishni, topshiriqlarni bajarishda diqqat qilishni bilmaydilar, ishda maqsadga yo’nala olmaydilar. O’zlashtirmasliklarining sabablariga shuningdek, maktab o’quv-tarbiya jarayonini tashkil etishdagi turli kamchiliklar (didaktik tamoyillarning buzilishi, darsning metodik jihatdan mukammal emasligi, o’qituvchining pedagogik malakasi pastligi va h.k.lar), bolaning oiladagi yashash sharoiti yaxshi emasligi (ota-onalar tomonidan bolaning o’qishi nazorat qilinmasligi, yordam berilmasligi, kun tartibiga rioya qilmaslik, oiladagi mojaroli vaziyat) ham kiradi.


O’z vaqtida va to’g`ri, malaqali yordam ko’rsatilganda bu bolalar asta-sekin o’z tengdoshlariga etib oladilar va o’zlashtiruvchi o’quvchilar orasiga qo’ishladilar. Ammo, ba`zan bunday bolalar yordamchi maktabga yuboriladi.


b) ijtimoiy-pedagogik jihatdan qarovsiz qolgan bolalar
O’z vaqtida va malakali yordam bo’lmagan va salbiy, nomuvofiq muhit hollarida holatlarda pedagogik qarovsizlik yuzaga keladi.
Pedagogik qarovsizlik mutlaqo sog`lom bolalarda ham yuzaga kelishi mumkin.
Pedagogik qarovsizlikning sababi salbiy biologik va ijtimoiy omillardir. Salbiy ijtimoiy omillarga, masalan, oiladagi tez-tez bo’lib turadigan mojaro va janjallar, bolaga bir-biriga zid bo’lgan talablarning qo’yilishi, kun tartibiga rioya qilmaslik, qarovsizlik, ko’chaning ta`siri va boshqalar kiradi. Bularning barchasi bolaning maktabdagi ta`limiga salbiy ta`sir ko’rsatadi. Ba`zan maktabdagi nomuvofiq sharoit ham (o’qituvchilarning tez-tez o’zgarib turishi, qoloq o’quvchiga o’qituvchining noto’g`ri munosabati) muammoni murakkablashtiradi.
Bunday bolalar darslarni ko’p qoldiradilar, uyda topshiriqlarni bajarmaydilar. Ular beriluvchan bo’lib o’quv jarayoniga aloqador bo’lmagan barcha ishga qo’shiladilar. O’z xohish va istaklarini chegaralay olmaydilar, vaqtdan to’g`ri foydalanmaydilar. Ularda javobgarlik hissi va qat`iylik bo’lmaydi. Natijada bunday bolalar maktabda zarur bo’lgan bilim, ko’niqma va malakalarni egallab ololmaydilar, ta`lim jarayonida o’z tengdoshlaridan orqada qoladilar.
Ba`zan bu bolalarni oligofren bolalarga o’xshatib yordamchi maktabga yuborish masalasi qo’yiladi. Bunday bolalar qulay sharoitda o’z tengdoshlariga etib oladilar. Ularga oilada va maktabda zarur sharoitlarni yaratib berish lozim.



Download 2,44 Mb.
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   152




Download 2,44 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Oligofreniyaga o’xshash ba`zi holatlarni ko’rib chiqamiz

Download 2,44 Mb.