• Foydalanilgan adabiyotlar
  • Elektron tahlim resurslari
  • 7-Mavzu. Bosh miyaning qon- tomir kasalliklari. Bosh miya jaroxatlari, miya falaji, astenik xolat. REJA
  • Pedagogika instituti




    Download 2,44 Mb.
    bet54/152
    Sana20.05.2024
    Hajmi2,44 Mb.
    #245279
    1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   152
    Bog'liq
    Klinika 2023й Равшанова И .Э.

    Nazorat savollari:
    1. Bosh miyaning infektsion kasalliklari xaqida tushuncha bering
    2. Meningit etiopatogenezi, kechishi va asoratlari xaqida nimalar bilasiz?
    3. Entsefalitlar (meningo-entsefalit, entsefalomielit) etiopatogenezi, kechishi va asoratlari xaqida gapirib bering
    4. Poliomielit etiopatogenezi, kechishi va asoratlari to’g’risida gapirib bering
    5. Xoreya etiopatogenezi, kechishi va asoratlari to’g’risida gapirib bering
    6. Bosh miyaning infektsion kasalliklarini oldini olish uchun nimalarga amal qilish kerak?.
    Foydalanilgan adabiyotlar:

    1. Po’latxo’jaeva M.R. Defektologiyaning klinik asoslari. O’quv qo’llanma. T., TDPU - 2013.

    2. Sodiqova Q, Ari’ova S.X, Shaxmurova G.A . Yosh fiziologiyasi va gigiyenasi. T., “Yangi asr avlodi” - 2009.

    Elektron tahlim resurslari
    1.www.uza.uz2.www.edu.uz

    1. www.uzedu.uz

    2. www.ziyonet.uz

    3. www.td’u.uz

    4. www.defektolog.ru

    5. www.defektolog.uz

    6. www.’edagog.uz

    7-Mavzu. Bosh miyaning qon- tomir kasalliklari. Bosh miya jaroxatlari, miya falaji, astenik xolat.


    REJA



    1. Bosh miyaning qon tomir buzilishlari.

    2. Miyaga qon quyulishi va miyada qon aylanishining o'tkir buzilishi

    3. Bosh miya jarohatlarining asoratlari.

    4. Homiladorlik davridagi jarohatlar.

    5. Tug'ruq paytidagi jarohatlar

    6. Epilepsiya (tutqanoq).

    Tayanch iboralar : sklerotik o'zgarishlar, gipertoniya, gipotoniya, tromboz,
    bosh miyaning ochiq ,yopiq shikastlanishlar, miyaning lat yetishi, epilepsiya
    Bosh miya boy shohlangan qon tomir to'ri-arteriya va venalar bilan taminlangan. Turli sabablar ta'sirida bosh miva qon tornirlari ayniqsa, nerv elementlarini kislorodga boy qon bilan taminlovchi arteriyalarda buzilishlar ro'y berishi mumkin. bu esa nerv hujayralari faolyatida keskin aks etadi. Tomir tonusini o-zgarishini asosiy sabablaridan biri tomir devorlaridagi sklerotik o'zgarishlardir. Bu tomir elastikligini yoqolishiga, ularning torayishiga va qon aylanishinng buzilishiga sabab bo'ladi. Tomirlarning patologik o'zgarishlari fonida miyada qon aylanishini buzilishi, yani insult paydo bo’ lishi mumkin. Miyaga qon quyulishi, qon bosimininig oshishi (gipertoniya)da ko’p kuzatiladi. Shu bilan birga, tomir devoriga qattiq qon elementlari, qon pufâkcha, fibrinning yig’ilishi natijasida arteriya bekilib qolishi mumkin (tromboz). Bu holat kopincha qon besimi pasayganda (gipotoniya),qonning tomirlarda oqishini sekinlashuvida sodir bo'ladi. Va nihoyat tomirning bekilishi patologik o'zgargan yurak klapanlaridan uyqu arteriyasi shohlariga trombning o'tishi natijasida kelib chiqishi mumkin (yurakning revmatik hurujlari). Bu hollarda yurak klapanlarida o'ziga xos soqolsimon o'simtalar paydo bo'ladi. Patologik o'zgarishlarning uzilib ketgan to'qimalari qon oqimi orqali miya tomirlariga o'tishi va qon aylanishi buzilishini keltirib chiqarishi mumkin.
    Kasallik belgilari, kechishi va oqibatlari — miyada qon aylanishining o'tkir buzilishi (qon quyilishi, tromboz) to'liq yoki qisman behushlik, nafas va yurak-qon tomir faoliyatlarini buzilishi bilan birga kechadi.
    Qon quyilishida bu belgilar trombozga qaraganda keskin tusda bo’ladi. Shu bilan birga falaj, parez, nutq buzilishlari (afaziya), psixikaning o'zgarishida namoyon bo’ luvchi miya faoliyati buzilishlari sodir bo'ladi. Biroq tomirlarning patologik o’zgarishi keksa yoshdagina kuzatilmaydi. Masalan, bola va o'smirlarda falaj, parez, afaziya kabi boshqa patologik simptomlar bilan namoyon bo' luvchi miya qon aylanishining buzilishlari kuzatiladi. Bu kam uchraydigan hollarda tomirlar sifilis kasalligi, yallig'lanish jarayonlari (ensefalit) yoki bish miya jarohatlari natijasida zararlanadi. Shuni qayd etish joizki, bolalar nevrologiyasi amaliyotida bosh miya qon aylanishining buzilishi, ko'pincha, og'ir travmatik tug'ruq jarayonida miya pardalari venalarining ezilishi yoki uzilishi holatlarida namoyon bo' ladi. Ularning oqibati sifatida falaj voki tutqanoqsimon hurujlar rivojlanishi mumkin. Keyinchalik nutqni rivojlanmasligi — alaliya, dizartriya kuzatiladi. Mayda gon tomirlarda qon quyilishi bilan birga keladigan orttirilgan bosh miya jarohatlarida oliy po' stloq funksiyasi rivojining buzilishi va natijada keyinchalik aqli zaitlik (oligofreniya) paydo bo'lishiga Olib kelishi mumkin.
    Insultlarning kechishi miya moddasining zararlanish joyi va hajmi bilan bog'liq. Uzonchoq miya va miya qorinchalari sohasidagi insultlar havtlidir. Ba' zi hollarda insultlarda rivojlanuvchi ogir shok holati sababli, bemor tez halok bo' ladi. Odatda, o'tkir davr (shok holati) o'tganda so'ng kasallik klinik ko'rinishida bir qator buzilishlar aniqlanadi. Asoratlar vaqt o'tishi bilan miyaning kompensator mexanizmlari hisobiga bir muncha tuzatilishi mumkin. Masalan, bir necha kundan keyin bemor falajlangan qo'l-oyoqlarini harakatlantira olishi mumkin, nutqning yaxshilanishi kuzatiladi (bemor alohida so'zlarni talaffuz eta oladi). Bu davr o'rtacha ikki oy davom etishi mumkin. Bu muddatdan keyin ko'pincha falajlangan azolar tomonidan keskin yaxshilanishlar kuzatilmaydi, turg'un nuqson qolishi mumkin. Ayniqsa, keksa odamlarda nutq nisbatan sekin tiklanadi.
    Davolovchi pedagogik tadbirlar. O'tkir davrida davo choralari yotish rejimi, boshga muzli xaltacha qo'yish va yurak faoliyatiga ta' sir qiluvchi dorilarni qo'llashdan iborat. Kechuvchi ensefalit oqibatidagi insultda antibiotiklar bilan davolash davom ettiriladi, sifilisda tegishli davo choralari qo'llaniladi. Rezidual davrda yaqqol harakat, nutq sohalaridagi nuqsonlarni tuzatishda davolash-pedagogik tadbirlar katta ahamiyatga ega. Massaj, fizioterapiyadan tashqari davolovchi gimnastikani doimiy qo'llash harakat hajmlarini sezilarli darajada oshishiga Olib keladi. Rivojlanishi orqada qolgan yoki yo'qotilgan nutqni tiklash ishlarida logopedik ish katta ahamiyatga ega. Bolałar miyasi yuqori plastiklik va kompensasiya qobiliyatiga egaligi sababli, keksa yoshdagi bemorlarga nisbatan bolałarda zaiflashgan yoki yo'qotilgan funksiyalarni juda tez tiklanadi. Bola nutq ustida ishlash ma' lum patologik ozgarishlarga ega tafakkurni nazorat qilish bilan birga amalga oshiriladi. Ba'zida maxsus maktab jamoasiga qo’shish bolani davolashga ijobiy ta’sir ko'rsatadi.
    Bosh miya jarohatlarining asoratlari. Bolalik davrida markaziy asab tizimining jarohatlanishi bola rivojining turli davrlarida sodir bo'lishi mumkin. Qadimdan boshlab bolalar markaziy asab tizimining barcha jarohatlari uch guruhga bo’linadi homiladorlik davridagi, tug'ruq paytidagi va tug' ruqdan keyingi jarohatlar.
    l . Homiladorlik davridagi jarohatlar markaziy asab tizimi rivojlanishining orqada qolishiga sabab bo'lib, onaning homiladorlik davrida lat yeyishlari, og'ir ko’tarishi kabilar bilan bog'liq. Homilaning jarohatlanishi uning keyingi rivojiga ta'sir o'tkazadi, ayniqsa. markaziy asab tizimining zararlanishi miya rivojlanishining orqada qolishi bilan asoratlanadi. Ba'zi patologik simptomlar kechroq, bola hayotining birinchi yillarida ko'zga tashtanishi va harakat, nutq va ruhiy funksiyalarning buzilishida namoyon bo' lishimumkin.

    1. Tug'ruq paytidagi jarohatlar. Tug'ruqning nomeyoriy kechishi bilan bog' liq. Bu ko'pincha uzoq davom etuvchi yoki juda tez kechuvchi tug'ruqlardir. Tug'ruqning barcha turlarida eng ko'p kuzatiladigan asoratlardan biri miya moddasiga qon quyilishi hisoblanadi.

    Birinchi holda, yani uzoq davom etuvchi tug' ruqlarda boshning ezilishi deshaklsiyasi, natijasida tomirlar uzilishi paydo bo’ladi. Ikkinchi holat, yani juda tez kechuvchi tug'ruqda bachadon ichidagi va atmosfera bosimi o'rtasidagi farq katta ahamiyatga ega. Bir sharoitdan boshqasiga keskin o'tish ham tomirlar uzilishi va qon quyilishiga olib keladi. Qon quyifishidan tashqari uzoq davom etuvchi tug’ruqlarda ona tos suyagining torligi sababli homilaning noto'g’ri holatdaligi yelka nerv bog' lamining zararlanishi kuzatilib, makzur jarohat tug' ruqdan keyin qo' Ining periferik falajida namoyon bo' ladi.

    1. Bolalarda tug’ruqdan keyingi jarohatlar kattalardagi singari ochiq va yopiq bo'lishi mumkin.

    1. Yopiq jarohatlarda bosh suyagi butunligi buzilmaydi. Ularning ikki turi tafovutlanadiz miyaning chayqalishi va miya lat yeyishi.

    2. Miyaning chayqalishida miya moddasining tuzilishi buzilmaydi, ko’pincha bu hollarda likvor aylanishining buzilishi paydo bo' luvchi boshni yengil jarohatlari kuzatiladi.

    Miya lat yeyishi doimo miya moddasi tuzilishining buzilishi bilan davom etuvchi miya zararlanishining og' irroq shaklidir.
    Miya lat yeyishida doimo miya chayqalishi kuzatiladi.
    Shunday qilib, turli og'irlik darajasiga ko'ra yopiq jarohat natijasida o' choqli nuqsonlarni ketirib chiqaruvchi qon quyilishlar, likvor aylanishining buzilishi, miya moddalari tuzilishining buzilishi kabilar kuzatiladi. Bularning barchasi neyrodinamikaning buzilishi bilan birga kechadi.
    B) Boshning ochiq jarohatlari doimo bosh suyak butunligini buzilishi bilan namoyon bo'ladi.
    Ichiga kiruvchi va kirmaydigan jarohatlar tafovutlanadi. Ichga kiruvchi jarohatlarda miya pardarlarining va miya moddasining zararlanishi kuzatiladi. Ochiq jarohatlar ko'pincha infeksiya bilan zararlanib, abssess bilan birga kechadi hamda meningo-ensefalit rivojlanishiga olib keladi.
    Kasallik belgilari, og'ir jarohat natijasida odam hushini yo'qotadi, yuzi oqaradi, qorachiqlar kengayadi va yorug'ga ta'sirlanmaydi, nafas va yurak urishi sekinlashadi, sovuq ter bosadi. Ko'p hollarda qayd qilish, og'ir hollarda talvasa, burundan qon oqishi kuzatiladi. Keyinchalik yengil jarohatlarda bemor bir necha daqiqada, og'ir darajali jarohatlarda ma' lum muddatdan so' ng o' ziga keladi.
    Ko'p hollarda turg'un va tarqoq dermografizm, ter ajralishining oshishi, so' lak ajralishini kuchayishi, uyqu va ishtahaning buzilishi kabi vegetativ-tomir buzilishlari kuzatiladi. Bazan nutqning duduqlanish va afaziya shaklidagi buzilishlari aniqlanadi.
    Markaziy asab tizimini travmatik jarohati natijasida asosiy asab jarayonlari muvozanatini buzuvchi murakkab patofiziologik mexanizmlar paydo bo' ladi. Miyada qon aylanishining buzilishi, orqa miya suyuqligi sirkulyatsiyasining izdan chiqishi, miya shishi va boshqalar mazkur mexanizmlar paydo bo' lishiga sabab bo'ladi.
    Keyinchalik po'stloq va po'stloqosti tuzilmalarning zararlanmagan hujayrali qismlari tormozlanishdan holatidan chiqadilar. Cheklovchi tormozlanish jarohat natijasidagi zararlanish atrofida qonsentrasiyalanadi. Ong tiklanadi, umummiya jarohat simptomiari asta-sekin yo'qoladi va nihoyat turli ko'rinishda bo'lgan lokal buzilishlar yuzaga keladi. Kasallik o’tkir davridan kevin buzilgan funksiyalarni tiklanishi bilan xarakterlanadigan sogu ayish davri boshlanadi. Bolalar markaziy asab tizimi yuqori plastiklikga egaligi sababli, bolalik davrida bosh jarohatlari har doim ham og’ir asoratlarga olib kelmaydi. Biroq bir qator hollarda iarohat oqibatidagi bir necha villar mobavnida kuzatiluvchi patologik simptomlar qayd qilinadi. Qaytalanib turuvchi bosh og'riqlari, boy avlanishi, vegetativ-qon tomir simptomlari tez toliquvchanlik, xarakterning o'zgarishi. xotiraning buzilishi, bazan intellektning pasayishi ko’p kuzatiladigan belgilash qatoriga kiradi. Jarohatning joylashuv o'rniga ko’ra pavdo bofluvchi belgilar parez, falaj,afaziv, karlik kabilarda namoyon bo’ ladi.
    Bolalik davridagi jarohat asoratlari ayniqsa, tashqi shart-sharoitlarni o'zgarishida (masalan, bolalar bog’chasi, maktabga chiqishda) namoyon bo’ladi. Odatda, bu hollarda tarbiyachilar bolada qo'zg'aluvchanlik, affektlarga moyillik, qayfiyatni tez o'zgarib turishi, bosh og'riqlari, ba'zida intellektning pasayishi va nutq rivojlanishining orqada qolishi kabi bir qator o'zigi xos xususiyatlarni kuzatadilar. Ba'zi hollarda mazkur belgilar bolani maxsus(yordamchi) maktabga o'tqazishga sabab bo’ladi.
    Bolalarda bosh-miya jarohatlaridan keyingi psixopatologik xususiyatlar turlicha ko'rinishda namoyon bo»ladi. Bolalar xulq-atvoridagi bir qator xususiyatlar avvalambor uning sog'lig'i va maktab dasturini o'zlashtirishida aks etadi. Ba' zi mualliflar bosh-miya jarohatlarini boshidan kechirgan bolalarni bir necha guruhlarga ajratadilar. Masalan, prof. G.E.Suxareva bosh-miya jarohat asoratlariga ega bolalar umumiy yig'indisi ichida eng ko'p kuzatiladigan besh guruhni tafovutlaydiz
    Birinchi guruhga yengil jarohatning asoratlariga ega bolalar kiritilib, odatda, ular ustida shifokor va o'qituvchi tomonidan olib boriladigan tizimiy ish yaxshi natija beradi. Bu hollarda buzilishlar ko'pincha yuqori toliquvchanlikda namoyon bo’lib, natijada bolalar ishdaetarlicha kuchlarnish ko'rsata olmay, tez charchab qoladilar. Mazkur holat turg'un xarakterga ega bo'lib, biroq bolaga ota-ona va o'qituvchi tomonidan katta diqqat-e'tibor berilgan u samarali tiklanishi mumkin.
    Ikkinchi guruh ruhiyatdagi qarama-qarshi belgilar orqali namoyon bo'luvchi ikki guruhchaga bolinadi. Birinchi guruhchagaapatik-adinamik sindromli bolalar kiritilib. ular zaif, sust, apatik, kam va sekin harakatlanuvchan bo'ladilar. Ikkinchi guruhchaga giperdinamik sindromli qarama-qarshi belgili bolalar kiradi. Ular qo'zg'aluvchan, harakatchan, juda sershovqin bo' ladilar. Ikkala guruh bolalarida ham mehnat qobiliyati buzilishlari, aqliv faolivatning pasayishi, zini tanqid qilishning pasayishi kuzatiladi. Ular yangi materialni yomon o’zlashtiradilar.
    3. Psixopatsimon xulq-atvorli bolalar. Jarohatdan keyin ularda keskin xarakter o'zgarishi kuzatiladi, bolalar qo'pol, jahldor, qattiq ko’l bo’lib qoladilar, yomon kayfiyat ustunlik qiladi. Ularda affektiv g'azab portlashlarga moyillik yaqqol ko'zga tashlanadi, maktabga, o'qishga qiziqish yo'qoladi.
    Aqli zaif bolalar. Ba'zi hollarda og'ir jarohatlardan keyin aqliy faoliyatning pasayishi kuzatilib, mazkur holat faollik, xohish-istak, diqqat, xotiraning buzilishida namoyon bo'ladi.Undan og' irroq holatlarda esa fıkrlash, xulosalash va tanqidning zaifligi bilan xarakterlanuvchi oligofreniya tipidagi aqli zaiflik yuzaga keladi. Bu holat ko'pincha erta bolalik davridagi jarohatlanishlarda kuzatiladi.
    Travmatik tutqanoqli bolalar. Kasallik ko'p sodir bo' ladigan tutqanoq hurujlari bilan xarakterlanadi. Bunda ruhiyatning keskin o' zgarishi kuzatilib, bolalar qayfiyatining yomonligi, jahldorlik qayd qilinadi. Hurujlar aqliy faoliyatning pasayishi, xotiraning buzilishiga olib keladi. Yangi malakalarni hosil qilish qobiliyati zaiflashadi.
    Maxsus maktab o'quvchilarini tekshirishda boshdan kechirilgan bosh-miya jarohatlari natijasidagi eshitish hamda ko'rish qobiliyatining buzilishi, og'ir nutqiy nuqsonlar kabi asoratlar aniqlangan.
    Davolash-pedagogik tadbirlar. Kasallikning o'tkir davrida avvalambor tinchlik, boshga sovuq bosish (masalan, muzli xaltacha) va yurak faoliyatini nazorat qilish uchun dori-darmonlar zarur. So'ng bosh ichki bosimini pasaytirishga qaratilgan preparatlar (glyukoza, magneziy va b.). Ochiq jarohatlarda — penitsillin buyuriladi.
    Keyinchalik fizioterapiya, rentgenoterapiya, uyqu bilan davolash qo’ ilaniladi.
    Jarohatlangan bola nevropsixik faoliyatini mustahkamlashda to'g'ri tashkil qilingan kun tartibi katta ahamiyatga ega. o'quv vuklamasi shifokor va o'qituvchi tomonidan nazorat qilinadi. Ba’zi hollarda mashg' ulotlar individual shaklda o'tkazilishi zarur. Bola os qituvchi va do*stlarining yordami bilan taminlanishi zarur. O'qituvchi bola bilan unda o’ziga ishonchni faollikni, yaxshi qayfiyatni mustahkamlashga qaratilgan suhbatlarni doimiy tarzda olib borish darkor. Yengil spolt. toza havoda o'tkaziladigan o'yinlar, turli qo'l mehnati to' garaqlaridagi toliqtirmaydigan mashg'ulotlar foydalidir.
    Bosh-miya jarohatlarini boshdan kechirgan ko'pchilik bola va o’smirlar rna’ lum yordam bilan ommaviy maktabda talim olishlari mumkin. Og' ir darajadagi jarohatlarda esa keyingi talim olish muammosi maxsus maktab bilan bog' liq bo’lishi mumkin.
    Bundav bolalarda jarohatning alohida asoratlari sifatida tizimiy bosh og' rig' i hurujlari kuzatilib, bu og'riqlar ko'pincha bosh ichki bosimining oshishi bilan bog' liq bo'ladi, mazkur hollarda bolani zudlik bilan mutaxassis-shifokorga yuborish zarur.
    Bu bolalarda bosh og' rig' idan ko'p shikoyat qilish ko'p uchraydigin holdir.
    Jarohat asoratlari qoldiq holatlar sitätida ko'pincha xotiraning keskin zaiflashuvida namoyon bo'lib, bu holat albatta, bolaning o'qishdagi o'zlashtirish darajasiga salbiy ta'sir ko'rsatadi. Bunday bolalar rivojlanish dinamikasini kuzatish davomida mazkur xotira buzilishlari vaqtinchalik xarakterga ega bo'lishi va o'qituvchining doimiy ishi davomida tuzatilishi mumkin. Yana bir patologik simptom yozuv (disgrafiya) va o'qish (disleksiya)ning buzilishida aks etadi. Ko' pincha fonematik analizning pasayishi okibatidagi akustik disgrafiya shakllari kuzatiladi. Bu bolalarning yozgan diktanti xatolarning ko'pligi bilan ajralib turadi. Harflarni almashtirish, boshqalari bilan adashtirish esa o'qishni qiyinlashtiradi.
    EPILEPSIYA (TUTQANOQ).
    Epilepsiya (tutqanoq) — ongning buzilish hurujlari, umumiy talvasalar va ruhiy faoliyatning o'ziga xos buzilishlari orqali namoyon bo’luvchi kasallikdir. Hozirgi kunda tutqanoq infeksiyalar, jarohatlar, intoksikasiyalar, miyada qon aylanishining buzilishi kabi qator sabablar natijasida yuzaga keluvchi bosh miya kasalliklari (epileptik kasallik)ning alohida nozologik shakli sifatida karalmoqda. Qayd etilgan zararli omillar asosiy asab faoliyati jarayonlari — qo'zg'alish va tormozlanishning buzilishiga olib keladi, natijada miyaning kimyoviy tuzilishi (o’zgarib, uning elekrik faolligini buzadi. Oxirgi paytda talvasalarga nasliy ta'sir asosidagi moyillik qo'llab quvvatlanmayapti. Aksincha, tutqanoqni odam rivojlanishining turli davrlarida ta'sir qiluvchi xilma-xil ekzogen (tashqi) omillar keltirib chiqarishi mulohazasiga katta e'tibor berilmoqda.
    Kasallikning o'zigi xos belgilaridan biri hushdan ketishi bilan davom etuvchi talvasa hurujlaridir. Biroq kasallikning paydo bo' lishi faqatgina talvasali huruj shaklidagina ifodalanmay, epileptik kasallikning boshqa belgilari ham qayd qilinadi.
    Odatda, kasallik paydo bo' lishining quyidagi shakllari kuzatiladiz
    l) katta hurujlar;

    1. kichik hurujlar;

    2. psixik ekvivalentlar;

    3. xarakterning patologik o'zgarishlari.

    Ko'pincha tutqanoq hurujlari to'satdan paydo bo' ladi, ammo hurujdan bir necha kun yoki bir necha soat avval bemorda bosh ogb rig'i, bosh aylanishi, o' zini yomon his qilish va ta'sirchanlik kabi hurujoldi belgilari kuzatiladi. Huruj auradan boshlanadi. Auraning quyidagi turlari tafovutlanadiz harakat, sensor, hid bilish, vegetativ, psixik va boshqalar. Harakat aurasi umumiy havotirlanish, yugurishga intilish kabi shakllarda ifodalanadi. Sensor aura eshituv yoki ko'ruv galyusinasiyalari (olovni ko'rish, qattiq baqiriqni eshitish) shaklida namoyon bo' ladi. Psixik aura ko'proq bolalarda kuzatilib, affektlar, qo'rquv hurujlari ko'rinishiga ega boladi. Yuqorida qayd etilgan auralar bosh miya yarim sharlardagi ma'lum darajada zararlangan qismni ko'rsatishi mumkin. Bazan epileptik bemorlar hurujdan oldin devorga suyanib olishga yoki karovotga yotishga ulguradilar, biroq ko'p hollarda oyoqdan chalingan kabi yiqilishadi va jarohatlar olishadi.
    Katta hurujning tavsifi. Bemor hushdan ketadi, yiqiladi, baqiriradi yoki xirillaydi. Bosh yon tomonga burilib, og’iz qiyshayadi. butun badanga tonik talvasa tarqaladi. Ogizdan til tishlanganligi sababli ba'zan qon aralash ko'pik chiqadi. Ko'z korachiklari yuqoriga ketadi. kengayadi va yorug’likka ta'sirlanmaydilar. Dastlab nafas to'xtaydi, bemor oqaradi, so’ng sianoz(ko’karish) paydo bo' ladi. Tonik talvasalar bir necha soniyadan yarim daqiqagacha davom etadi, so'ng butun badanga klonik titroq yoviladi. Ko'pincha ixtiyorsiz sivdik ajralishi kuzatiladi. 2 daqiqadan 510 daqiqagacha davom etuvchi hurujdan keyin uzoq uyqu kuzatiladi. Uyg’ongandan so'ng bemor nima bo’lganini eslay olmaydi. faqatgina qattiq bosh og'rig’i. charchoq va holsizlikni sezadi. Ko’pincha tutqanoqlar turlicha chastotaga ega (har ko' ngidan to yiliga bir necha marta bo lib o'tadiganlargacha). Tutqanoqning bazzi og'ir shakllarida birin-ketin kelib sutkada 50 martagacha kelishi mumkin. Mazkur holat epileptik status nomini olgan bo'lib, bemorning o' limi bilan vakunlanishi mumkin.
    Kichik hurujlar, hushdan ketish, oqarish va nigohini oldinga qaratilishi ko'rinishida namoyon bo'ladi. Qisqa vaqtli hushdan ketish natijasida bemor qo'lida turgan narsalarni tushirib yuboradi, nutqi to'xtaydi. O'ziga kelgandan so’ng bemor nima bo'lganini bilmagan holda o' z ishini, boshlangan suhbatni davom ettiradi. Bir o'qituvchi o'quvchisining xuruj paytidagi holatini quyidagicha tasfirlab berdiz
    "O'qish yoki yozish ishlari bilan mashg’ullak paytida to'satdan oqaradi.
    Ko'zlari "shishalanadi", nazari harakatsiz qotib qoladi, chaqiriqqa javob bermaydi. Bir necha daqiqadan so'ng esa o' ziga keladi va ishini davom ettiradi. U bilan nima bo’ Igani so'ralganda boshi aylanganini aytadi".
    Psixik aynishlar. Bazan tutqanoq bilan kasallanganlarda huruj o'rniga hushdan ketishining o'ziga xos holati paydo bo'ladi. Bu vaqtda ular atrofdagi borliqni, yarim ongsizlik holatda idrok etishadi, maqsadsiz ko'cha aylanishlari, boshqa shaharga ketishlari, bazan bir qator bemani xatti-harakatlar (mulkga zarar keltirish, jarohatlash va b.) qilishi mumkin. Odatda, bemor o’ziga kelgandan so'ng hech nimani eslay olmaydi. Psixik ekvivalentlar bir necha soatdan bir necha ko'ngacha davom etishi mumkin. Mazkur holatlarning turlaridan biri uyquda yurish (somnam bulizm) bo'lib, bu holat xalq orasida oyparastlik deb ataladi. Bu patologik holatda bola kechqurun "uyg'onib”, yarim ongsizlik holatida ko'chaga chiqib, tomga chiqishi, karnizda, devor ustida yurish kabi bir qator maqsadsiz xatti-harakatlar qilishi mumkin. Shuni aytib o'tish darkor-ki, po'stloq osti ustunlari va orqa miya mexanizmlarini qo'zg'alganligi sababli bu xatti-harakatlar maksimal aniqlikda bajariladi. Bemorning harakatlari go’yoki avtomatik xarakterga ega bo'lib, bu payt tormozlanish holatida bo' Igan po’stloq nazoratidan holi bo'ladi.
    Tutqanoqning huruj o’ rniga xilma-xil holatlar ko'rinishida ro' y berishi turli ko'rinishlarga ega boladi. Bazan, huruj bemor qichqirishlari bilan birga keladigan oldinga intiluvchan yugurishda namoyon bo' lishi mumkin.
    Epileptiklar xarakteri. Tutqanoq bilan kasallanganlar o'ziga xos xarakter xususiyatlarga (epileptik xarakter) ega. Bazan tutqanoqning yashirin shakllarida xarakter xususiyatlari kasallikning yagona belgilari bo'lib, uning asosida alohida hollarda talvasali hurujlar kabi yaqqol belgilar kelib chiqishi mumkin. Tutqanoqqa chalingan odamlarga ko'pincha g'azab affektlari (patologik jahldorlik), qo'pollik, qattiqlik, bolałarda hayvonlarni qiynash, o'zidan kichik yoshdagilarni tahqirlash kabilarda namoyon bo'luvchi sadizm xususiyatlari xos. Epileptiklar odatda tez o'zgaruvchan bo' lib, "yomon” va "yaxshi” qayfiyatlar xos. Huruj yaqinlashgan sari qayfiyat g'amgin bo'lib, zerikish o'sadi, affektiv portlashlar ko'payadi. Tutqanoqka chalinganlarga xulq-atvor stereotipiyasi xos bo'lib, ular yangi shart-sharoitlarga qiyinchilik bilan moslashadilar. Shu sababli, qayd etilgan mayda o' zgarishlar ham ularning asabiga tegadi. Ularga pedantizm (sinchkovlik), mayda gaplik xosdir. Ko'p hollarda ular ishga ishtiyoq bilan kirishadilar, biroq ularning ish tempi va maxsuldorligi pastdir. Odatda, huruj chastotasi past bo' Igan bolałarda intellekt va tafakkur o'zgarishga uchramaydi. Biroq, po'stloqni tamoman ishdan chiqishini keltirib chiqaruvchi ko'p qaytalanadigan hurujlar natijasida tafakkurning sekinlashuvi, intellektning pasayishi aqli zaiflikgacha bo' Igan (epileptik demensiya) yuzaga kelishi mumkin. Ruhiy degradasiya holatlari mavjud ba'zi o'quvchilar maxsus (yordamchi) maktablarga o'tkaziladi.
    Hurujning patogenezi. Tutqanoq huruji asosini bosh miya yarim sharlari po'stlog'ida joylashgan yuqori tonusli patologik turg'un cło' zg'alish o'chog'i tashkil etadi (I.P.Pavlov). Bazan mazkur o'choq butun po'stloqni ta'sirlantiradi. Barcha qo’shimcha ta'sirlar tonusni kuchaytiradi, u esa harakat analizatoriga vetib asab zo’riqishi. portlashni keltirib chiqaradi. Birinchi qo’zgalish (talvasa)dan so’ng tormozlanish paydo bo s lib, uni hurujdan keyingi uyqu bilan ifödalash mumkin. Turg'un qo'zg'alish o'chog'ini bosh miya yarim sharlari po'stlog' iga yo'naltirilgan turli patologik impulslar tas sirida vuzaga keladi deb taxmin qilish mumkin. Bu ta'sirlovchilar meningo-ensefalit, chandiq, miya o' smasi, suvakning singan qismning, jarohatning bosimi yoki turli xil toksinlarning ta'siri natijasidagi yallig’ lanish jaravoni asosida yuzaga kelishi mumkin. Tutqanoqning boshqa ko’rinishlarining patologik asosida ham qo’zg'alish va tormozlanish jarayonlari orasidagi muvozanatning yo'qolishi yotadi. Ayniqsa, kasallarning og'ir shakllarida huruj mexanizmi neyrodinamik buzilishlar asosida yuzaga keladi, ammo neyrodinamik buzilishlarning o'zi miya to'qimasining tuzilishini o'zgarishi asosida vujudga kelishi mumkin. Surunkali kechuvchi tutqanoq shakllarida bu o' zgarishlar keskin ko'rinishga ega bo'ladi.
    Tutqanoqning Jekson shakli tafovutlanib (Djekson ismli olim sharafiga), unda hurujlar miyada o'sma, yallig' lanish jarayoning mavjudligi sababli yuzaga keladi. Odatda, Jekson tutqanog' ining hurujlari fokal xarakterga ega bo’ lib, ma’lum mushaklar guruhidagi klonik talvasalardan boshlanib, so’ng boshqa muskullarga tarqaladi. Hurujdan keyin parezlar paydo bo'lishi mumkin. Jarrohlik aralashuvi, masaları, o'smani olib tashlagandan so'ng hurujlar kuzatilmaydi.
    Kojevnikov tutqanogi professor A.Ya.Kojevnikovning nomi bilan bogliq. Tutqanoqning makzkur shakli quyidagi belgilar bilan tariflanadiz bemorda hurujdan tashqari muskullardagi doimiy mayda talvasalar bo'lib, ular bir-bir huruj qilib turadi.
    Bu tutqanoqning asosiy sababi bemorning burga ensefalitini boshdan kechirishidir.
    Bolalarda tutqanoqni turli moddalar almashuvining buzilishi natijasidagi kasalliklardan (spazmofiliya) va turli kasalliklarning o'tkir davrida kuzatiladigan talvasalardan farqlash joiz.
    Davolash-pedagogik tadbirlar. Tutqanoqni davolashda brom, hamda kalsiy preparatlari qo'llaniladi. Parhez va kun tartibi tayinlanadi. Bolalarni qo'zg'atuvchi
    ichimliklarz choy, kofe. alkogol ichimliklarini hamda ko'p miqdorda go'sht maxsulotlarini berish man etiladi.
    Bolani jismoniy yoki ruhiy toliqtirish man etitadi. Defektolog-o'qituvchi sinfdagi o'quvchida tutqaoq huruji yuzaga kelganda vaziyatni qo'Iga olishi darkor. Avvalambor bolani kuchli talvasa paytidagi turli jarohatlar olishini oldini olish kerak. Bola boshini ko s tarib turish, tagiga yumshoq narsa to' shash maslahat beriladi. Tilni tishlab olishini oldini olish uchun dastro'mol yoki sochiqdan tayyorlangan jgutni ikki jag' orasiga qo'yish darkor. Huruj paytida suv yoki turli dori-darmonlarni ichirish qatiy man etiladi, chunki bu hollarida bola shisha idishni tishi bilan sindirib yuborishi yoki suyuqlik nafas yo'llariga tushib aspirasiyani keltirib chiqarishi mumkin. Dastlab bolani tor kiyimlardan ozod qilish kerak. Boshqa o'quvchilar huruj kechishini kuzatmasliklari maqsadga muvofiq, buning uchun hurujoldi belgilar aniqlanganda kasal o'quvchini zudlik bilan shifokor yoki o'qituvchilar xonasiga olib borish zarur. Agar huruj to'satdan sinftonada boshlansa, o'quvchilarni koridorga olib chiqish zarur, chunki o'tkir huruj paytida bolani joyini almashtirish va umuman uni bezovta qilish mumkin emas. O'tkir davr (talvasa)dan keyin bemorga izolyatsiyalangan, tinch joyda uxlash uchun sharoit yaratish darkor.
    Bu bolalarni maktabda oqitish imkoni uning nevropsixik sohasining holatiga bog'liq. Agar hurujlar kam uchraydigan va bolaning psixik sohasi zararlanmagan hollarda davolanish va ma'lum rejimga bo'ysingan holda maktabda talim olishi mumkin. Bolaning psixik tonusiningbuzilishiga sabab bo'luvchi ko'p qaytalanuvchi hurujli hollarda bola o'quv yuklamalaridan ozod bo' lishi va maxsus davo choralarini olishi zarur. Aqliy rivojlanishning degradasiyasi bilan birga davom etuvchi surunkali tutqanoqga chalingan bolalarni maxsus (yordamchi) maktablarga o'tqazish va davo tadbirlarini qo' Ilash shart. Biroq tutqanoqni barcha hollarda ham o' qituvchiga maxsus korreksiyalovchi tadbirlarga katta e'tibor berishi lozim. Ma' lumki, qator hollarda epileptik bolalar xarakter o'zgarishlari va intellektning pasayishi kuzatiladi. Ba' zi bolalarda og' ir astenik holat, psixik nog'ironlik bilan bog' liq tushkunlik (depressiya) rivojlanadi. Bu hollarda shifokor va o'qituvchilarning o'rni kattadir. Ayniqsa, bolaning psixik tonusini ko'tarish, unda qayfiyat turg'unligini mustahkamlash, holatini yaxshilash imkoniyatiga ishonchni mustahkamlashga yo'naltirilgin suhbat shaklidagi psixoterapevtik tadbirlar katta ahamiyat kasb etadi.

    Nazorat uchun savollar



    1. Bosh miyaning qon tomir buzilishlari to’grisida tushuncha bering.

    2. Miyaga qon quyulishi va miyada qon aylanishining o'tkir buzilishini ayting?

    3. Bosh miya jarohatlarining asoratlari to’g’risida tushuncha bering.

    4. Homiladorlik davridagi jarohatlarga nimalar kiradi?.

    5. Tug'ruq paytidagi jarohatlarni ayting?

    6. Epilepsiya (tutqanoq) etiologiyasi,klinikasi ,davosini ayting.



    Download 2,44 Mb.
    1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   152




    Download 2,44 Mb.