|
Pedagogika instituti
|
bet | 51/152 | Sana | 20.05.2024 | Hajmi | 2,44 Mb. | | #245279 |
Bog'liq Klinika 2023й Равшанова И .Э.I. Statik ataksiya
1. Tik turish,oyoqlarni keng tutish
2. Yurish- mast kishi yurishi
3. Romberg belgisi
4. Dorboz belgisi
II. Dinamik ataksiya. Asosan harakat bajarilishida kuzatiladi.
1. Barmoq-burun belgisi
2. Tovon-tizza belgisi
3. Adiadoxokinez
4. Dismetriya
5. Nutqning buzilishi, har bo’g’imda urg’u beradi,skandirlashgan.
6. Intension titrash
7. Yozuvning buzilishi, notekis
8. Gorizontal nistagm
9. Muskul tonusining o’zgarishi (gi’otoniya) zararlangan tomonda
Asab tizimining yuqumli (infektsion) kasalliklari – ko’p ҳollarda meningit, entsefalit, meningo-entsefalit kabi neyroinfektsiya shakllari bilan zararlangan bolalar maxsus maktablarga yo’naltiradigan o’quvchilarning aksariyatini tashkil etadi. Boshqa ҳollarda boshdan kechirilgan bosh miya kasalliklari, qon-tomir ҳamda revmatizm oqibatida asab tizimi turli shaklda zararlangan bolalar kuzatiladi.
K asallik qo’zg’atuvchilari, asosan, asab tizimini zararlovchi mikrob va viruslarning xilma-xil turlari bo’lib, ular klinikada neyroinfektsiya nomli umumiy atama bilan birlashtirilgan. Bahzi ҳollarda asab tizimi turli umumiy infektsiyalari tahsirida ikkilamchi kasallikka duchor bo’lishi mumkin.
Bolaning mazkur kasalliklarni boshdan kechirishi ko’rish, eshitish, nutq, tafakkur kabi nevropsixik funktsiyalarning zararlanishiga olib keladi. Bahzida asoratlar turg’un xarakterga ega bo’lib, bolani ommaviy maktabda tag’lim olishiga to’sqinliq qiladi.
Kasallik natijasida rivojlanadigan patologik simptomlarning xususiyatlari kasallik qo’zg’atuvchi agentning intensivligi, kasallik jarayonining xarakteri, organizm ҳimoya xususiyatlarining ifodalanish darajasi kabi bir qator shart-sharoitlar bilan bog’liq. Bunda bola kasallikni boshdan kechirgan yoshi ҳam katta aҳamiyatga ega. Bola kasallikni qanchalik erta boshdan kechirsa, shunchalik og’ir asoratlar kuzatiladi(ayniqsa, psixik funktsiyalarning rivojlanmasligi). Bola ҳayotining keyingi bosqichlaridagi kasallanish miyaning kompensator imkoniyatlari ҳisobiga nisbatan yengil kechadi va og’ir asoratlar qoldirmaydi. Ko’rsatilgan kasalliklarning aloҳida shakllarini tag’riflashga o’tamiz.
Meningit – miya qobiqlarining yallig’lanishidir. Kasallikni turlibakterial shakllar, ko’pincha kokklar guruҳi (meningokokklar, streptokokklar, pnevmokokklar) qo’zg’atadi.
M eningitning ko’p uchraydigan shakllaridan biri meningokokklarning aloҳida guruҳi bilan qo’zg’atiladigan tserebrospinal (bosh va orqa miya) meningitidir. Bu kasallik ko’pincha qish va baҳorda epidemiya sifatida tarqaladi.
Meniningokokk infektsiyasining manbai kasallangan odam ҳisoblanadi. Tashqi muҳitda quyosh nurlari va ҳarorat tahsirida meningokokk tez nobud bo’ladi. Mazkur qo’zg’atuvchi sog’lom bola burun shilliq qavatida uzoq muddat davomida saqlanishi mumkin (batsilla tashib yuruvchi). Zararlanish batsilla tashib yuruvchi burun shillig’ining u bilan aloqada
bo’lgan bolalar teri va shilliq qavatiga tushishi (o’yin vaqtida, ko’rishganda, umumiy sochiq, ro’molcha kabi batsilla tashib yuruvchi foydalangan boshqa predmetlar orqali) yuzaga keladi.
Ҳarorat bilan boshlanib, qayt qilish, teriga toshmalar toshishi, kuchli bosh og’rig’i ҳurujlari, bag’zan ongsizlik ҳolatlari bilan davom etadi. Kasallikning o’ziga xos xususiyatlaridan biri: ensa mushaklarining patologik kuchlanishi (ensa rigidligi) natijasida bosh orqaga tashlangan, oyoqlar tizza bo’g’imida yarim buqilgan ҳolda qorin tomongaga egilgan (Kerning simptomi), teri sezgisining oshganligi (giperesteziya), yorug’likdan qurqish kabi ҳolatlardir.
O’tkir davrning davomiyligi (yashinsimon va uzoq davom etuvchi kasallik shakllari farqli) odatda, 1-2 ҳafta bo’lib, undan so’ng bemor sog’ayishi yoki ҳalok bo’lishi mumkin. O’tmishda meningitdan ҳalok bo’lish 25-50% ni tashkil etar edi, biroq ҳozirda davolashda antibiotiklar (penitsillin va b.q.), sulg’famid preperatlarini qo’llash kasallikning kechish vaqtini qisqartirish, o’limlar soning kamaytirish ҳamda rezidual (qoldiq) ҳolatlar (asoratlar) ko’rinishini yengillashtirish imkonini berdi.
Meningit uchun kasallikning o’tkir davrida paydo bo’lishi mumkin bo’lgan turli asoratlar rivojlanishi xarakterlidir. Ko’p uchraydigan asoratlardan biri eshituv nervida rivojlangan yallig’lanish jarayoni natijasida eshitish qobiliyatining zararlanishidir. Odatda, meningitlardan keyinchalik eshitishning buzilishi ikki tomonlama zaif eshituvchilik yoki karlikda namoyon bo’ladi. Ilk bolalik davridagi meningitda eshitishning yo’qolishi nutqni rivojlanmasligi va kar-soqovlikka olib kelishi mumkin. Ko’rish nervlarining zararlanishi nisbatan kam ҳollarda uchratilib, u ҳam ko’rishning qisman yoki to’liq yo’qolishiga olib kelishi mumkin. Boshdan o’tkazilgan meningitning belgilaridan biri sifatida ko’pincha tutqanoq shaklidagi ҳurujlar kuzatiladi.
TSerebrospinal meningitdan so’ng paydo bo’luvchi aqli zaiflik oxirgi yillarda kam kuzatilib, ko’pincha xissiy-irodaviy soҳaning va xarakterning zararlanishlari asorati sifatida namoyon bo’ladi. Natijada bolalarda qo’zg’aluvchanlikning yuqoriligi, impulg’sivlik (affektlarga moyillik), psixpatsimon xulq-atvor kuzatiladi. Mazkur xulq-atvor xususiyatlari erta meningitning eng og’ir asoratlaridan biri-gidrotsefaliyaning rivojlanishida ayniqsa, kuchli namoyon bo’ladi.
Nisbatan kech yoshdarda boshdan kechirilgan meningitdan so’ng paydo bo’luvchi oliy asab faoliyati buzilishlari ҳam bir qator patologik xususiyatlarga ega bo’lishi mumkin. Biroq, bu ҳollarda asoratlar yaqqol namoyon bo’lmay, asosan, o’ziga xos asteniya ko’rinishidan iborat bo’ladi.
Meningit boshqa etiologiyaga ҳam ega bo’lishi mumkin. Masalan, otogen meningit quloqdagi yiringli jarayonlar natijasida paydo bo’ladi. Tuberkulezli va sifilisli meningitlar ҳam uchraydi. Bir qator ҳolatlarda meningitdagi yallig’lanish jarayoni miya qobig’i bilan chegaralanmay, miya moddalariga tarqalib, ularni ҳam zararlaydi(meningo-entsefalit).
Eshitish va ko’rishning zararlanishi shaklidagi meningit asoratlariga ega bolalarning ko’pchiligi maxsus maktablarda tag’lim oladilar (zaif eshituvchi va karlar, zaif ko’ruvchi va ko’rlar), kamroq qismi maxsus (yordamchi) maktablarga yo’naltiriladi va niҳoyat bir guruҳ bolalar maxsus tadbirlar o’tkazish natijasida ommaviy maktabda o’qishga muvaffaq bo’ladilar.
Entsefalitlar guruҳiga bosh miyani zararlash lokalizatsiyasi turlicha bo’lgan yallig’lanish jarayonlari kiradi.
Entsefalit ҳam umumiy miya simptomlari, ҳam o’choqli simptomlari bilan birga kechadi. Umumiy miya belgilariga o’zidan ketish, bosh og’rig’i, bosh aylanishi, qayt qilish, nafas olish va pulg’sning o’zgarishi kabilar kiradi. O’choqli simptomlar yallig’lanish jarayonining miyaning turli qismlarida joylashish o’rniga bilan bog’liq ҳolda namoyon bo’ladi.
Zamonaviy klinikada entsefalitlar birlamchi yoki epidemik ҳamda infektsion turlarga bo’linadi(bahzi infektsion shakllar allergikga ҳam kiritilgan). Infektsion entsalitlar qizamiq, qizilcha, skarlatina, ko’kyo’tal kabi bolalar infektsiyalarining asab tizimini asoratlashi bilan bog’liq.
T arqalishi epidemik xarakterga ega birlamchi entsefalitlarga quyidagilar kiritilgan.
Entsefalitik bolalar oliy asab faoliyatini eksperimental tekshirish natijasida po’stloq neyrodinamikasidagi og’ir buzilishlarni aniqladi. Masalan, qo’zg’alish va tormozlanish jarayonlari orasidagi muvozanatning keskin buzilishi, miya po’stlog’i reaktivligining pasayishi natijasida induktsion munosabatlarning zaiflashuvi kasallikning o’tkir davri uchun xosdir.
E ntsefalit bilan kasallanish bola organizmi ҳimoya xususiyatlarining zaiflashuvi bilan bog’liq bir qator sabablar asosida vujudga keladi. Asab tizimining tug’ma kamchiliklari, umumiy somatik ҳolsizlanish, raxit, turmush sharoitining zararli tahsirlari, organizm immuno-biologik xususiyatlarining zaifligi mazkur sabablar qatoriga kiritilgan. Entsefalitning bahzi shakllarini ko’rib o’tamiz.
|
| |