g) psixik rivojlanishi sustlashgan bolalar




Download 2,44 Mb.
bet59/152
Sana20.05.2024
Hajmi2,44 Mb.
#245279
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   152
Bog'liq
Klinika 2023й Равшанова И .Э.

g) psixik rivojlanishi sustlashgan bolalar
Psixik va jismoniy rivojlanishning vaqtinchalik sustlashishi bola organizmiga turli salbiy zararlar ta`siri natijasida yuzaga keladi. Ularga, masalan, xromosomalarning buzilishi, homilalik davrida markaziy nerv tizimining jarohatlanishlari, endokrin etishmovchiliklar, asfiksiya yoki tug`ilishdagi engil jarohatlar, nurlanish va h.k.lar kiradi.
Ko’rsatib o’tilgan sabablar umumiy holsizlanishga, organizmning zaiflashuvi va rivojlanish sur`atining bo’zilishga olib keladi. Bunday bolalarda jismoniy va psixik rivojlanishning sustlashishi kuzatiladi. Infantil bolalar odatda bo’yi past, gavda tuzilishi to’g`ri bo’ladilar, bolalarning ko’pchiligida jinsiy tizimning rivojlanmay qolishi jinsiy etilishning orqada qolishi va ikkilamchi jinsiy belgilarning kech rivojlanishiga olib keladi.
Infantil bolalar tengdoshlaridan psixik rivojlanishda orqada qoladilar. Qiziqishlari doirasi o’yin faoliyati bilan chegaralanadi. O’yin jarayonida ular o’ziga-o’zi xizmat qilish malikalarini o’zlashtiradilar, ammo undan kam foydalanadilar. Mustaqil o’yin mazmunli, qiziqarli o’lib ko’p vaqt davom etishi mumkin.
Infantil bolalarning lug`at zahirasi boy; ular hikoya, ertak va h.k.larning ma`nosini, mazmunini tushuna oladilar. YOrdamdan yaxshi foydalana oladilar. Suhbat jarayonida va topishriqlarni bajarishda avvalgi tajribalarini qo’llay olish ko’nikmasiga ega bo’ladilar.
Infantil bolalar uchun xulqning murakkab shakllarining rivojlanmay qolganligi xosdir. Ularda faoliyatning barcha turlarining faolligi funktsional pasaygan bo’ladi.
Maktabda o’qishda bunday bolalar katta qiyinchiliklarga duch keladilar, zarur vaqtda faol ravishda ishlay olmaydilar, tez toliqib, chalg`iydilar. SHuning uchun ular maktabdagi malaka va bilimlarni qiyinchilik bilan o’zlashtiradilar.
Oligofrenlarda farqli infantil bolalar faol faoliyat davrida diqqatlarini jamlay oladilar (odatda qisqa vaqt oralig`ida) va aqliy imkoniyatlarini namoyon etadilar. Ammo psixik faoliyatdagi buzilishlar natijasida qiyin o’zlashtiruvchi o’quvchilar orasiga qo’shilib qoladilar.
Maxsus davolish (umummustahkamlovchi terapiya, simptomatik davolov, suv muolajalari, gimnastika va boshqalar), bola imkoniyatlarini e`tiborga olgan holda o’qitish (engillashtirilgan kun tartibi, yakka holdagi pedagogik yordam va h.k.), uyda yaxshi sharoit yaratish bunday bolalarning rivojlanishiga ijobiy ta`sir ko’rsatadi.

Download 2,44 Mb.
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   152




Download 2,44 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



g) psixik rivojlanishi sustlashgan bolalar

Download 2,44 Mb.