|
Pedagogika instituti
|
bet | 52/152 | Sana | 20.05.2024 | Hajmi | 2,44 Mb. | | #245279 |
Bog'liq Klinika 2023й Равшанова И .Э.Epidemik entsefalit (entsefalit A). Epidemik entsefalit bilan kasallanish organizmga markaziy asab tizimini zararlovchi neyrovirusning tushishi bilan bog’liq. Kasallik ko’pincha qishda epidemiya bo’lib tarqaladi, u ҳamma yoshdagilar uchun xos, lekin ko’pincha bolalik davrida ko’proq
uchraydi.
Kasallikning kechishi murakkab asoratlar simptokompleksini shakllantiruvchi ҳarakat, nutq, ruҳiyat soҳasidagi aloҳida funktsiyalarni buzilishlari bilan og’irlashadi. Epidemik entsefalitdagi mazkur buzilishlar miyaning qaysi qismlari kasallik jarayoni bilan qanday intensivlikda zararlanganligiga qarab turlicha bo’ladi. Epidemik entsefalit ko’pincha po’stloq osti qavat (striopallidar tizim) ҳamda oraliq miyani zararlaydi. SHu sababdan, asoratlar qatorida ko’pincha ҳarakat funktsiyalari, ҳissiy soҳa ҳamda moddalar almashuvi buzilishlari kuzatiladi. Ҳarakatlanish soҳasidagi
buzilishlar turlicha bo’lib, bag’zan qo’l, boshning titrashi bilan birga keladigan ҳarakatlarning o’ziga xos tormozlanishida, kam ayrim esa falaj va parezlar ko’rinishida aks etadi. Odatda, bola yuzi amimik, nazanigoҳi ҳarakatsiz, uzoqka qaragan, ҳarakatlanishi umumiy tormozlangan ҳollarda bo’ladi. Nutqi monoton, modulyatsiyasi va xissiy xususiyatlardan mustasno bo’ladi. Biroq bunday o’ziga xos bolalar adinamiyasi kam uchraydi. Ko’pincha epidemik entsefalitdan keyingi asoratlar po’stloqning po’stloqosti tuzilmalarga o’tkazadigan regulyatsiyalovchi tahsirining zaiflashuvi bilan bog’liq ҳolda ҳarakatlanishning umumiy qo’zg’aluvchanligi va giperkinezlarning mavjudligida namoyon bo’luvchi asab faoliyati buzilishlaridan iborat. Bunday ҳollarda bolalar xulq-atvorida g’azab affektlari, seksuallikning oshishi shaklidagi past pog’onadagi xissiyotlar asosiy o’ringa chiqadi, o’zgaruvchan, ko’pincha g’amgin qayfiyat kuzatiladi. Maxsus bolalar muassasalari pedagogik amaliyotida bahzi bolalarning meg’yordan ortiq ishtaҳa va tashnalik (bulimiya, polidipsiya), patologok g’azablanish, shafqatsizlik ҳolatlarini qayd qilingan.
Entsefalitdan keyingi xarakter va xissiy-irodaviy soҳaning o’zgarishlari turli darajada bo’lishi mumkin. Bag’zan ular og’ir darajada bo’lib, bolaning o’qish faoliyatiga tahsir ko’rsatadi (keskin ulgurmovchilik, intizomning buzilishi, maktab va oilada nizolar). To’g’ri tashkil etilgan pedagogik va davolash tadbirlari qayd etilgan kasallik alomatlarini bir muncha tuzatish imkonini beradi.
Faqat ilk yoshda boshdan kechirilgan epidemik entsefalitda bevosita oligofreniyagacha olib keladigan o’ziga xos intellektual o’zgarishlar kuzatiladi. Nisbatan kech boshdan kechirilgan epidemik entsefalit oqibatida tez toliqish, intellektual kuchlanish qobiliyatining zaiflashuvi, xotirani yomonlashuvida namoyon bo’luvchi o’ziga xos psixikasteniya alomatlari kuzatiladi. Intellektning qo’pol buzilishlari bo’lmasligi ҳam mumkin. Bag’zan epidemik entsefalit uzoq davom etuvchi shaklda ҳam bo’lishi mumkin. Kasallikni, ayniqsa, nisbatan kech yoshda, boshdan kechirgandan bolalar (yaqqol ifodalangan intellektual o’zgarishlarimavjud bo’lmagan) ommaviy maktabda tag’lim olishlari mumkin. Biroq, ko’p ҳollarda bu o’quvchilar tafakkur tempining pasaygani, asab jarayonlarining tez toliqishi, xissiy-irodaviy soҳaning turg’un emasligi, tez qaytalanadigan bosh og’riqlari sababli ommaviy maktab dasturini muvaffaqiyatli o’zlashtira olmaydilar. Bu bolalarning diqqat funktsiyasi zararlanadi, faolligi zaiflashadi. SHu sababli ular ko’pincha tag’limini maxsus(yordamchi) maktablarda davom ettiradilar.
Infektsion entsefalit (meningo-entsefalit, entsefalomielit).
Klinikada infektsion entsefalit atamasi ostida bolaning turli infektsion kasalliklarni boshdan kechirishi oqibatida vujudga keluvchi yallig’lanish, aksariyat ҳollarda toksik jarayonlar yig’indisi tushuniladi. Bu ҳollarda kasallik jarayoni faqatgina bosh miyaning turli soҳalarini (taqalgan etiologiya) emas, ko’pincha orqa miyani ҳam qamrab oladi. SHu sababli, bu kasalliklar ko’pincha meningo-entsefalit va entsefalomielit kabi ko’rinishga ega bo’ladi.
Infektsion entsefalit umumiy va o’choq simptomlari bilan xarakterlanib, bahzi o’choqli simptomlar (parez, talvasa afaziyalarining rivojlanishi) kasalliknig o’tkir davrida ҳam namoyon bo’ladi. Boshqalari kechroq aniqlanishi mumkin.
Ikkilamchi entsefalitning rezidual davri patologik belgilar xilmaxilligi bilan xarakterlanadi. Bunda ҳarakat buzilishlari (falaj, parezlar, giperkinezlar) ҳamda sensor va motor afaziya va dizartriya (psevdobulg’bar) ko’rinishidagi nutq nuqsonlari kuzatiladi.
E pidemik entsefalitdan farqli ravishda infektsion entsefalitda intellekt, psixik faoliyat katta zararlanishga uchraydi. Ikkilamchi entsefalitdan keyin paydo bo’luvchi asoratlarga yosh xususiyatlari katta tahsir ko’rsatadi. Masalan, ilk bolalikda boshdan kechirilgan entsefalit oqibatida oligofreniya turidagi intellektning kechkin pasayishi kuzatiladi. Mazkur etiologiyali oligofrenlarga bahzi lokal buzilishlar xos bo’ladi. Bu bolalarning xissiy-irodaviy soҳasi va xarakteri ҳam og’ir buzilishlarga uchraydi. Mazkur buzilishlarning fiziologik mexanizmi neyrodinamikaning keskin buzilishi, ichki po’stloq tormozlanishining zaiflashuvi natijasidagi po’stloqosti tahsirning kuchayishidan iborat. Postetsefalitik bolalardagi affektiv portlashlarga moyilliklari, qayfiyati o’zgaruvchanligi, quyi organik qiziqishlarni ortishi kabi xulq-atvor xususiyatlari tarbiya ishlarini qiyinlashtiradi. Epidemik entsefalit asoratlari infektsion entsefalitdan keyingi asoratlar orasida ayrim tafovutlar mavjud. Masalan, epidemik entsefalit rezedual bosqichida paydo bo’luvchi xissiy-irodaviy soҳa ҳamda xarakterning og’ir buzilishlari infektsion entsefalitdan keyin kam kuzatiladi. Infektsion entsefalit asoratlari sifatida turli darajada ifodalangan intellektual, nutqiy va ҳarakat buzilishlar ko’p uchraydi.
Maxsus (yordamchi) maktab o’quvchilarini o’rganish, postentsefalitik o’quvchilar bir qator tibbiy va pedagogik xususiyatlar bilan ajralib turishini ko’rsatdi. Masalan, kasallik jarayonining lokalizatsiya xususiyatlari sababli intellektning disgarmonik, notekis pasayishi kuzatiladi, bunda bahzi qobiliyatlar zararlangan, bahzilari esa turli darajada saqlanib qolganligi qayd qilindi. Bu, bolalar uchun, ayniqsa, fonematik taҳlilning pasayishi sababli, turli yozish va o’qish nuqsonlarini keltirib chuqaruvchi o’ziga xos parafazik buzilishlar sindromi xos. Yuqoridagi buzilishlar faqat o’choqli zararlanish sababli paydo bo’lmay, ko’pchiligi miyaning analitik-sintetik faoliyatini regulyatsiyasida asosiy rolg’ o’ynovchi ichki tormozlanishning zaiflashuvi bilan bog’liq ҳolda neyrodinamik buzilishlar, turg’un tormozlanish, differentsirovkalarning pasayishi asosida yuzaga kelgan. Meningit va entsefalitda qo’lliniladigan davo choralari turlichadir. Odatda, antibiotiklar, urotropin, sulg’famid preparatlar, zardoblar ko’llaniladi. Rezidual bosqichda fizioterapiya, davolovchi gimnastika, logoterapiya o’tkaziladi.
|
| |