Kamissiya xulosasini tuzish




Download 2,44 Mb.
bet65/152
Sana20.05.2024
Hajmi2,44 Mb.
#245279
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   152
Bog'liq
Klinika 2023й Равшанова И .Э.

Kamissiya xulosasini tuzish
Bolaning intellektual rivojlanishi haqida asoslangan xulosa chiqaritsh uchun alohda topshiriqlarni bajarish xarakteri bilan birgalikda uning faoliyatini ham tahlil qilish lozim.
Birorta topshiriqning bajarishning yaxshi yoki yomon natijalari intellektual rivojlanish darajasi haqida fikr yuritishga asos bermaydi. Bola faoliyatining xususiyatlarini ko’p miqdordagi turli topshiriqlarni bajarishda e`tiborga olish va bola uchun xarakterli bo’lgan psixologik ma`lumotlarni (yosh, shaxs) va agarda mavjud bo’lsa intellektual faoliyati va hissiy darajasidagi patologik tomonlarni ajratib ko’rsatish kerak. SHuningdek tekshirishga bo’lgan munosabatini, uning xulqi, ishlash qobiliyati, toliqish darajasini ham e`tiborga olish zarur. Xotira, diqqat jarayonlarini, shuningdek, eshitish, ko’rish, nutqini rivojlanishi haqidagi ma`lumotlarni sinchiklab tahlil qilish muhimdir. Bolaning intellektual rivojlanishi haqida xulosani yuqorida ko’rsatilgan barcha xarakteristikalar asosida chiqarish mumkin.
Tekshirish vaqtida intellektual jihatdan me`yorida bo’lgan bolalar xulqi normada, jiddiy, harakatchan bo’ladilar. Ular topshiriqlarni bajarish jarayoni, ishning natijasi va uning bahosi bilan qiziqadilar. Intellektual jihatdan normada bo’lgan bolalar uchun yuqorida ko’rsatilgan topshiriqlarning barchasi qiyinchilik tug`dirmaydi.
Tabiiyki, 7 yoshdagi bolalar 8-9 yoshdagi bolalarga qaraganda qiyinchiliklarda ko’proq tashkiliy yordamga muhtoj bo’ladilar.
Agarda tekshirishga xulqi buzilgan bolalar yuborilgan bo’lsa, uning intellektual rivojlanishni optimal sharoitdagina to’g`ri baholash mumkin: masalan, yaxshi aloqa o’rnatishda va ahamiyatli motivatsiyada. Bolaning javoblarini sifati uning xalqidagi buzilishlar bilan qanchalik bog`langanligini tushunish uchun uning kontaktga kirishgunga qadar va kontaktdan keyingi erishgan natijalarini solishtirish maqsadga muvofiqdir.
Agarda bolaning javoblarining sifati va sur`ati yaxshilansa yoki yomonlashsa, tekshirishning oxiri yoki o’rtasida o’zgarsa, bu bolaning ishlash qobiliyatining buzilishi bilan bog`langan bo’lishi mumkin. Bunday hollarda ko’rsatkichlarni bolaning toliqishi yoki, ishga kirishib ketishi bilan bog`lab tahlil qilish lozim. Ishlash qobiliyatining pasayishini intellekti turli darajadagi bolalarda kuzatish mumkin. SHuning uchun tekshirishning boshidagi, oxiridagi dam olishdan keyin topshiriqlarning bajarilishi sifatini taqqoslash muhmdir.
Psixik rivojlanishi sustlashgan bolalarning ko’pchiligi uchun tekshirish jarayonida ish qobiliyatining va diqqatining pasayishi xarakterlidir. Ba`zi bolalarda yangi materialda orientirlashning, ishlab ketishning, faoliyatning umumiy sur`atini sekinlashganligi kuzatiladi.
Boshqalarida tez toliqishlari sababli diqqatining pasayishi, faoliyat jarayonida diqqatning tarqalishi aniqlanadi. Psixik rivojlanishi sustlashgan bolalarning faoliyati normal rivojlanayotgan bolalar faoliyatiga nisbatan etirlicha maqsadga yo’naltirilmagan bo’ladi. Ko’pincha ular o’z maqsadini tushuntira oladilar, topshiriq noto’g`ri bajarilganda ham javoblarini asoslab bera oladilar. Faol lug`atlari ko’p bo’lmaydi. Psixik rivojlanishi sustlashgan bolaga tashkiliy va o’rgatuvchi yordam berilsa, ular tomonidan bajarilgan topshiriqlarning sifati normal bolalarnikiga yaqinlashadi.
Pedagogik tekshirish asosida pedagog-defektolog faqatgina bolaning bilim darajasi haqida xulosa chiqarmasdan, balki u yoki bu qiyinchiliklar nimalardan kelib chiqqanligi, ularning asosida nimalar yotishini tushunib oladi.
Tekshirish natijalarini tahlil qilish vaqtida asosiy diqqat bolaning berilgan topshiriqni mustaqil bajarish qobiliyati, lozim bo’lganda yordamni qabul qilishi va o’zlashtirilgan harakat usulidan o’xshash sharoitlarda foydalanishga qaratiladi.
Intellekti me`yoridagi bolalar ularga ko’rsatilgan va tushuntirilgan harakat usulidan boshqa sharoitda ham foydalana oladilar. Pedagogik nazoratdan qolgan, psixik rivojlanishi sustlashgan, analizatorlarida turli nuqsonlari bo’lgan bolalar ta`limni etarli darajada o’zlashtira olish imkoniyatlariga ega bo’ladilar.
Berilgan topshiriqlarni bajarish jarayonida bolani kuzatayotib pedagog-defektolog uning ko’rsatmani tushunish xususiyatlari va faoliyati xarakterini, xulqini ko’zdan kechirib borish, topshiriqqa qiziqishini, olingan natijalarni to’g`ri baholay oladimi, maqtov va tanbehga qanday munosabatda bo’lishiga e`tibor berish lozim.
Aqli zaif bolalar ko’rsatish va tushuntirishdan keyin ham o’xshash topshiriqlarni yangi topshiriqday bajarishga qiynaladilar. Alohida analizatorlari doirasida yaqqol ifodalanmagan nuqsonlari bo’lgan bolalar berilgan ko’rsatmalarni qiyinchilik bilan qabul qiladilar, shuning uchun nutqida va eshitishda kamchiliklari bor deb tahmin qilingan bolalarga topshiriqning maqsadini ko’rgazmali ravishda yoritib berish tavsiya etiladi. Masalan, ko’rish o’tkirligi pasaygan bolalarga tushuntirishda saqlangan nutq, eshitish va sezish funktsiyalariga tayaniladi.
Bolaning yordamchi maktabda o’qishi lozimligi haqidagi xulosa ishonarli tarzda asoslanishi kerak.
Bola yordamchi maktabda o’qishi lozim emas degan holatlarda, pedagog bolaning bilim darajasi, potentsial imkoniyatlari haqida o’z xulosasini chiqarishi kerak. Olingan barcha ma`lumotlar va xulosalar komissiyada boshqa mutaxassislar bilan muhokama qilinadi.



Download 2,44 Mb.
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   152




Download 2,44 Mb.