• Dinamik o’rganish tamoyili
  • Har tomonlama va to’liq o’rganish tamoyili




    Download 2,44 Mb.
    bet68/152
    Sana20.05.2024
    Hajmi2,44 Mb.
    #245279
    1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   152
    Bog'liq
    Klinika 2023й Равшанова И .Э.

    Har tomonlama va to’liq o’rganish tamoyili xam katta axamiyatga ega. Bu tamoyillar bolaning bilish faoliyati, xissiy-idoraviy doirasi va xulqini tekshirishni nazarda tutadi. SHuningdek, bolalarning aqliy qobiliyatlarning shakllanishiga ta’sir etadigan jismoniy rivojlanishi xam e’tiborga olinadi. To’liq o’rganish deganda bolaning psixik rivojlanishi aloxida olingan qobiliyatlarni rivojlanishining yigindisi emasligini, shuning uchun bola haqida uning idroki, xotirasi yoki psixik funktsiyalarning xolatini tekshirish asosidagina xulosa chiqarib bo’lmasligini esda tutish lozimligini tushunamiz. Bolani xar tomonlama, to’liq o’rganish agarda u bolaning faoliyati jarayonida: o’qish, mehnat yoki o’yin faoliyatlarida amalga oshirilsa, muvaffaqiyatli bo’lishi mumkin. Bolani o’rganish, tekshirishda foydalaniladigan metodlar ham, materiallar ham ularning yosh va xarakterologik xususiyatlarini e’tiborga olgan xolda maksimal darajada individuallashtirilishi lozim. Komissiya a’zolari bola bilan aloqa o’rnatishlari lozim. Bu bolaning shaxsi sifatlarini: qiziqishlarini, irodaviy xarakatlarining xolati xarakatlaridagi maqsadga yo’nalganlik, asosiy psixik jarayonlarning o’tishi xususiyatlarini yaxshiroq anglashga yordam beradi.
    Dinamik o’rganish tamoyili. Defektologlar uchun eng o’ziga xos xisoblangan tamoyil- bu bolalarni dinamik o’rganish tamoyilidir. Unga binoan tekshirish jarayonida bola bilgan va bajara oladigan vazifalargagina emas, balki uning ta’lim olishdagi imkoniyatlariga axamiyat qaratish kerak. Bu tamoyil asosida L.S.Vigotskiyning bolalarning “yaqin rivojlanish zonasi” to’g’risidagi nazariyasi, ularning ta’lim olishdagi potentsial imkoniyatlari yotadi. Bolaning aqliy rivojlanishi qancha yuqori bo’lsa, u yoki bu vazifani bajarish, olingan tajribani yangi vaziyatda qo’llashni shuncha muvaffakiyatli o’rganadi. Aqliy rivojlanishda orqada qolgan bolalarni meyorida rivojlanayotgan bolalarga nisbatan bo’lgan farqlaridan biri bu ular yordamdan yaxshi foydalana olmaydilar. Mana shuning uchun tekshirish davomida pedagog doim o’z e’tiborini vazifa tushuntirilganidan so’ng uni yechilishi yaxshilandimi, shunga o’xshash vazifani qanday bajarganligiga karatish lozim. Barcha tekshirishlarni ta’limiy eksperiment tamoyilini e’tiborga olib o’tkazish tavsiya etiladi.
    Bola tomonidan bajarilgan ishni baxolash davomida sifat-sonli yondashish tamoyilini qo’llash muximdir, ya’ni faqatgina yakuniy natijanigina emas, balki topshiriqlarni bajarish usuli va muvofiqligi, xarkatlarning mantiqiy ketma-ketligi, maqsadga erishishda qat’iyatligi va x.k.larni baxolash kerak. Bunda baxolash differentsirlashgan bo’lishi lozim.
    Faqatgina oxirgi natijanigina emas, balki topshirish usulini xam e’tiborga olish lozim.
    Bunda quyidagilar inobatga olinadi:
    -vazifa va tekshirish xolatiga munosabati
    -vazifani shartlaridan muljal ola olishi xamda, vazifani bajarish yo’llari
    -vazifa shartlaridagi material va ko’rsatmalarga bolaning unga mos xarakatlari
    -kattalar yordamidan samarali foydalanishi
    -vazifani bajarishda taqqoslay olishi
    -faoliyat natijalari va o’zining baholariga munosabati.
    Bolani erta tashxis qilib o’rganishning muximligi shundaki, u orqali bolani korreksion ta’limga vaqtida yo’naltirib, ikkilamchi nuqsonlarni paydo bo’lishini oldini olish mumkin.
    Bolalar rivojlanishidagi nuqsonlariga korrektsion va diagnostik yordam. Bola imkoniyatlariga baxo berish xamda psixik rivojlanishini aniqlash orqali korrektsion pedagogik ishning vazifalarini xal etish mumkin.
    Yuqoridagilarning barchasi TPPKda bolalarni o’rganish davomida amal qilinishi lozim bo’lgan tamoyillardir.

    Download 2,44 Mb.
    1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   152




    Download 2,44 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Har tomonlama va to’liq o’rganish tamoyili

    Download 2,44 Mb.