|
Differensial tashxis. Maslahat. Anamnestik ma’lumot
|
bet | 69/152 | Sana | 20.05.2024 | Hajmi | 2,44 Mb. | | #245279 |
Bog'liq Klinika 2023й Равшанова И .Э.Differensial tashxis. Maslahat. Anamnestik ma’lumot.
Rivojlanishida nuqsoni bo’lganlarni psixodiagnostikasi uch bosqichda olib boriladi:
Skrining-tashxis;
Differentsial tashxis;
Individual -korreksion dastur ishlab chiqish maqsadida bolani chukur psixologo-pedagogik o’rganish;
Xar bir bosqich o’ziga xos vazifalarga ega xamda xar bir bosqichda uni zamonaviy psixodiagnostika xolatini xarakterlovchi bir qator muammolar bilan bog’liq.
Skrining - tashxisning asosiy maqsadi psixologik rivojlanish davridagi turli nuqson va kamchiliklarga ega bolalarni erta aniqlash, bola rivojlanishidagi psixologo-pedagogik muammosini aniqlab, unga umumta’lim muassasalarida sharoitlar yaratishdir.
Bundan tashqari skrining-tashxis ta’lim muassasalaridagi bolalar ta’lim-tarbiyasiga sifatli baxolashga doir vazifalarni xal etishga yordam beradi: bolalarga ta’lim-tarbiya dasturlarining u yoki bu kamchiliklarini, aniq ta’lim muassasasidagi ta’lim-tarbiya jarayonidagi kamchiliklarini aniqlash.
Skrining - tashxisni tashkil etish va o’tkazish muammosi xozirgi kunda turlicha amalga oshiriladi. Masalan bolani ta’lim-tarbiyasi jarayonida kiyinchiliklarga uchragan pedagoglar ta’lim muassasasidagi psixologga bolaning xusususiyatlariga baxo berib, unga mos keluvchi ishlar tavsiyasini ishlab chiqishini suraydi. Boshqa xollarda ota-onalar psixologga murojat etadilar: bola tarbiyasi jarayonida xulqi bo’yicha duch kelingan muammolarga o’z baxosini,unga xos ta’lim-tarbiya tadbirlari bo’yicha tavsiyalarini berishi suraladi. SHuni aytish joizki, murojaatlar asosan katta maktabgacha yoshdagi bolalar ko’proq uchraydi, chunki ota-onalar maktabga “tayyorlov davri”da bolada u yoki bu psixologik muammolarni seza boshlaydilar.
Va, nixoyat maxsus tashkil etilgan skrining-tekshiruv natijalari orqali bola rivojlanishidagi muammolarni aniqlash mumkin. Skrining- tekshiruv shakli bo’yicha individual va frontal bo’lishi mumkin.Ushbu yondashuv rivojlanishida nuqsoni bo’lgan bolalarni aniqlash bo’yicha zamon talablariga javob beradi, ammo xar doim xam foydalanilmaydi. Skriningda foydalaniladigan metodikalar xar doim xam skrining tekshiruv vazifalariga mos kelmaydi, mutaxassis psixolog-pedagoglarning rivojlanishdagi nuqsonlarni aniqlashda tayyorgarligi ko’pincha yetarlicha bo’lmaydi. Xozirgi kunda “talablarga” ko’ra skrining-tashxis yetakchi o’rinda kelmoqda, lekin u bola xususiyatlarini xar tomonlama o’rganib unga psixologik va pedagogik yordamni bera olmaydi. SHunday qilib, skrining tashxisda xam bir qator muammolar xam mavjud.
Bolalarni tekshirish bo’yicha metodikalarning ko’p bo’lishiga qaramasdan, skring tekshiruvda qo’llaniladigan tashxislari ilmiy jixatdan talablari asoslanmagan. Ayniqsa bu, birinchi 3 yoshgacha bo’lganlarga tegishlidir.
Ilk va maktabgacha yoshdagi psixik rivojlanishi meyorida bo'lgan xamda psixologo-pedagogik va tibbiy ijtimoiy yordamga muxtojlar bolalarni ajratish uchun skrining-tashxisni ishlab chiqishda uning mezonlari tizimini ishlab chiqish juda kiyindir.
Skrining-tekshiruvning o'tkazishda tekshiriluvchining shaxsiy xususiyatlarini va xissiy xolatini o’rganish muxim muammolardan biridir. Oldingi tajribalariga salbiy qarashi, yutuq va kamchiliklariga bo’lgan reaktsiyasi kabilar vazifani bajarish sifatiga o’z ta’sirini ko’rsatadi. Bu esa o'z navbatida kiyinchiliklar tug’diradi, chunki skrining-tekshiruv davomida vaqt chegaralangan va kerakli ma’lumotlarni olishga imkoniyat bermaydi.
|
| |