|
-Mavzu. Alohida yordamga muhtoj bolalarda harakat funksiyalarining buzilishi. Sezgi funksiyalarining buzilishlari
|
bet | 41/152 | Sana | 20.05.2024 | Hajmi | 2,44 Mb. | | #245279 |
Bog'liq Klinika 2023й Равшанова И .Э.5 -Mavzu. Alohida yordamga muhtoj bolalarda harakat funksiyalarining buzilishi. Sezgi funksiyalarining buzilishlari.
REJA:
1.Sezgi funksiyalarining buzilishlari.
2.Oliy kortikal funksiyalarning buzilish sindromlari
3. Sezgining neyrofiziologik asoslari
Tayanch so’z va iboralar: afferent, efferent, eksterio-retseptiv sezgi, interoretseptiv sezgilar; proprioretseptiv sezgilar, sezgi, idrok, tasavvur
Sezgi to’g’risida umumiy tushuncha.
Jahon psixologiyasi fani ma’lumotlarining ko’rsatishicha, sezish oddiy psixik bilish jarayoni hisoblanib, moddiy qo’zg’atuvchilarning muayyan retseptorlarga bevosita ta’sir etishi orqali mavjud olamdagi narsa va hodisalarning ayrim xususiyatlarini, shuningdek, inson organizmining ichki holatlarini aks ettirishdan iborat bilishning dastlabki bosqichidir. Sezgi biosfera va neosferada harakatlanuvchi jamiki narsalarning, xoh mikro, xoh makro tuzilishidan qat’iy nazar, sezgi organlariga ta’sir qilish natijasining sodda obrazlar, timsollarning ayrim tarkibiy xususiyatlar sifatida aks etishidir. Inson atrof-muhitdagi moddalar shaklini, harakatlar ko’rinishini, ularning xossalarini olziga xos xususiyatlarini sezgi organlari yordamida biladi.
Sezgilar to’g’risidagi ilmiy ta’limotlarga ko’ra narsa va ularning xossalari, tarkibiy qismlari, xususiyatlari, shakllari, harakati birlamchi hisoblanib, sezgilarning o’zi esa tashqi va ichki qo’zg’atuvchilarning sezgi a’zolariga ta’sir ko’rsatishining mahsulidir. Ma’lumotlarga qaraganda, sezgilar moddiy borliqning, voqelikning haqqoniy tasvirini in’ikos qiladi, binobarin, moddiy olam qanday ko’rinishga, shaklga, xususiyatga ega bo’lsa, ular xuddi shundayligicha o’zgarishsiz aks ettiradi.
Psixologiyada sezgilarning fiziologik asosini va mexanizmlarini qo’zg’atuvchining o’ziga mutlaq mos bo’lgan analizatorlar ta’siri natijasida yuzaga keluvchi asab jarayoni, uning tizimi, tuzilishi tashkil qiladi. Fiziolog va psixologlar-ning ta’limotlariga ko’ra, analizator uch o’zaro uzviy uyg’unlikka ega bo’lgan tarkibiy qismlardan iborat. Sodda qilib aytganda, mazkur tarkiblar quyidagi ketma-ketlikda tuzilgandir:
tashqi kuch-quvvatni asab jarayoniga aylantirib beruvchi periferiya qismdan, ya’ni retseptordan;
analizatorlarning periferiya qismini markaziy qismbilan bog’lovchi afferent (markazga intiluvchi asab tolasi),o’tkazuvchi asab yo’llaridan;
periferiya qismlaridan keluvchi nerv impulslari qayta ishlanuvchi analizatorlarning miya po’stlog’idagi qismlaridan iboratdir.
Boshqacha aytganda, periferik nervlarning uchlari (ko’z, quloq, teri, burun kabilar), ta’sirotni eltuvchi (afferent), javob qaytaaivchi (efferent) nerv tolalari, analizatorlarning orqa va bosh miya markazlari analizatorini tashkil qiladi.
Jahon psixologiyasi fani so’nggi yutuqlari hamda atamalariga qaraganda sezgilar quyidagicha tasniflanadi (ushbu tasniflanishning dastlabki ko’rinishi ingliz olimi Ch.Sherringtonga tegishlidir):
1) tashqi muhitdagi narsa va hodisalarning xususiyatlarini aks ettirishga moslashgan hamda retseptorlarga gavdaning tashqi qismiga joylashgan sezgilar, ya’ni eksterio-retseptiv sezgilar (retseptorlar);
ichki a’zolar holatlarini in’ikos etuvchi hamda retseptorlari ichki a’zolarida, to’qimalarida joylashgan sezgilar, ya’ni interoretseptiv sezgilar;
gavdamiz va tanamizning holati hamda harakatlari haqida ma’lumot beruvchi, muskullarda, bog’lovchi paylarda, mushaklarda joylashgan sezgilar, ya’ni proprioretseptiv sezgilar.
Birinchi turkum sezgilarni ko’rish, eshitish, hidlash, teri-tuyush, ta’m-maza kabi turlar tashkil qiladi. Ko’rish 380 dan 770 gacha millimikron diapazondagi elektromagnit nurlardan iborat jarayondir. Eshitish esa tebranish chastotasi 16 dan to 20000 gacha bo’lgan tovush to’lqinlaridan iboratdir. Ko’rish sezgilari bosh miya po’stlog’ining orqa bo’lagida joylashgan bo’ladi. Eshitish sezgilari bosh miya po’stlog’ining tepa burmasi qismidan joy egallagan. Teri-tuyush, harakat sezgilari bosh miya po’stlog’ini markaziy burmasi orqa qismidan o’rin olgandir.
Endi sezgilarning tavsiflanishi, mohiyati va lining negiziari haqida fikr yiiritamiz.
A.R.Luriyaning fikricha, interoretseptiv sezgilar as! ma’nodagi sezgilar emas, balki emotsiyalar bilan sezgilar o’rtasidagi oraliq sezgilar sifatida namoyon bo’ladi. Psixologiyada mazkur sezgilarning subyektiv ravishda paydo bo’lishi yetarli darajada chuqur o’rganilmagan, shu bois uiar ,,noma’lum hislar" doirasiga kiritiigan. Ular to’g’risidagi bilimlar bilan tanishish, o’zgarishlarni tekshirish ,,kasalliklarning ichki manzarasi"ni ifodalashda muhim o’rin tutadi. Ichki a’zolarning xastaligida vujudga keluvchi mazkur holatlar ichki kasailiklarni tashxis qilishda alohida ahamiyat kasb etishi turgan gap (A.R.Luriya tadqiqotlaridan).
Bunday xususiyatli ixtiyorsiz sezgilar insonda juda erta uyg’onadi, shuningdek, ularning ifodalanishi ham o’ziga xos shakllarga ega. Chunonchi, ular ,,oldindan his qilish" sifatida paydo bo’lib, hatto inson ularni ta’riflab berish imkoniyatiga qodir emas, ko’pincha ushbu kechinmalar tushda ayon berib, qaysidir kasallik xurujidan darak beradi, xolos.
Ular insonning kayfiyatida, emotsional reaksiyalari o’zgarishida ko’zga tashlanadi, shu tufayli bola xatti-harakatining keskin o’zgarishiga sabab bo’ladi. Chunki, bola o’z tana a’zolaridagi ichki holatlarning o’zgarishini anglash, sezish, his qilish uquviga ega emas, shu bois buni undagi xatti-harakatning umumiy o’zgarishidan sezish mumkin. Bu hodisaga misol tariqasida quyidagi voqclikni keltirish mumkin: bola o’z ichki interoretseptiv sezgilarini namoyish qilish maqsadida ,,kasal" bo’lib qolgan qo’g’irchog’ini parvarish qila boshlaydi.
Interoretseptiv sezgilarning obyektiv ahamiyati juda yuqori, chunki ular ichki jarayonlarning o’zaro o’rin almashish balansini ta’minlab turish asosi hisoblanadi. Boshqacha aytganda, ular organizmdagi jarayonlarni o’zaro o’rin almashib turishining gemostazi (barqarorligi) deb ataladi. Ichdan paydo bo’ladigan signallar xatti-harakatni vujudga keltiradi, stress, zo’riqish, affekt holatlarini yo’qo-tishga, pasaytirishga, paydo bo’layotgan mayllarni esa qoniqtirishga yo’naltiradi. Oqibatda, tana ichki a’zolarifaoliyatining izdan chiqish holati yuz berishi mumkin. Shu sababli tibbiyot psixologiyasida interoretseptiv sezgilar ham muhim o’rin tutadi. Somatik va visperal jarayonlar, ruhiy holatlar o’rtasidagi munosabatlarni o’rganish imkonini yaratadi.
K.M.Bikov, V.N.Chernigovskiylar tomonidan interotseptiv sezgilarning fiziologik mexanizmlari interotsepsiya bilan birgalikda atroflicha o’rganilgan. Bularning barchasi shartli reflektor faoliyati mexanizmlaridan kelib chiqqan holda sharhlab berilgan.
Proprioretseptiv sezgilar tana dvigatel apparatining va gavdaning fazodagi holati to’g’risida signallar bilan ta’minlab turadi. Ular inson harakatining regulatorini va afferent asosini tashkil qiladi.
Periferik retseptorlar muskullarda, paylardava bo’g’imlarda joylashgan bo’lib, maxsus tanacha shakliga egadir. Mazkur tanachalar Puchchini tanachalari deb ataladi.
Tanachalarda vujudga keluvchi qo’zg’atuvchilar muskullarning taranglashuvi natijasida va bo’g’imlar holatining o’zgarishida, nerv tolalari yordamida orqa miyaning orqa ustunidagi oq suyuqliklarga yetkaziladi. Qo’zg’ovchilar Burdak va Goll yadrosining quyi bo’limlariga yetib keladi va undan po’stloq osti tugunlaridan o’tib, bosh miya katta yarim-sharining qorong’ilashgan zonasida o’z harakatini yakunlaydi.
Proprioretseptorlar harakatning afferent asosi ekanligini A.A.Orbeli, P.K.Anoxin (hayvonlarda), N.A.Bern-shteyn (odamlarda) o’rganganlar.
Psixologik ma’lumotlarga ko’ra, gavdaning fazodagi holati sezgirligi statik sczgilarda o’z ifodasini topadi. Uning markazi ichki quloq kanallarida joylashgan bo’lib, o’zaro bir-biriga perpendikular bo’shliqda tutash holatda yotadi. Masalan, bosh holatining o’zgarishi quyidagi sxemaga binoan amalga oshadi:
o’zgarish endolimfa suyuqligiga bog’liq qo’zg’aladi;
eshitish nervi;
vestibulator nervi;
bosh miya po’stlog’ining chakka bo’lmasi;
f) miya apparatiga o’tadi.
Vestibulator sezgirlik apparati ko’rish bilan bevosita aloqada bo’lib, fazoni mo’ljallash jarayonida ishtirok etadi. Masalan, avtomobilning yo’ldan o’tishi (qatnovi), qalin o’rmonni kesib o’tish payti va hokazo. Huddi shunday holat uchishda ham yuzaga kelishi mumkin. Patologiya holatida ham xuddi shunday jarayonga duch kelinadi.
Ekstroretseptiv sezgilar modallikdan (5 tadan) tashqarisi intermodal nospetsifik sezgi turkumlariga ajratiladi. Masalan, eshitish a’zosi orqali bir soniyada 10 — 15 tebra-nishni sezish mumkin, lekin quloq bilan etnas, balki suyaklar yordamida (miya qopqog’i, tirsak, tizza uchlari orqali) payqash — vibratsiya sezgirligi deyiladi. Masalan, karlar-ning tovushlarni idrok qilishi, pianinoni ushlab turish, pol yoki mebelning harakati kabilar. Odatda, vibratsion sezgirlik intermodal sezgi deb ham nomlanadi. Intermodalning boshqa bir ko’rinishi mana bunday holatda namoyon bo’ladi:
hid, ta’m va maza sezgilarida;
o’ta kuchli tovushda, o’ta yorug’Iikda;
d) tricheminal, ya’ni uch xil ta’sirning uyg’unlashgan, integrativ holati va shu kabilarda.
Sezgining o’ziga xos bo’lmagan shakli — terining foto sezgirligi, ya’ni ranglarning nozik jilolarini ajratish hamda qo’l uchlari bilan sezish orqali ro’yobga chiqadi. Terining foto sezgirligi A.N.Leontyev tomonidan kashf qilingan bo’lib, bu narsa ko’pgina holatlarga oqilona yondashish imkoniyatini vujudga keltiradi. Ushbu kashfiyot qo’l uchiga yashil va qizil rangli yoruglik yuborish orqali dunyo yuzini ko’rgan. Rang signallarining og’riq qo’zg’atuvchilar bilan munosabati qiyosiy jihatdan olib qaralganda, insonni faol mo’ljal olish jarayonida uning qo’l uchi terisiga kelib tu-shadigan rang-nurlarini farqlashga o’rgatish mumkin ekan.
Psixologiya fanida terining foto sezgirligining tabiati hali yetarli daraj’ada o’rganilmagan. Shunga qaramay, talamitik sistema va po’stloq ostining qo’zg’alganida asab tizimi hamda teri ektodermlaridan kelib chiqqan va atrofga yoyilgan rudimentlar—yorug’lik sezish elementlari maxsus sharoitda muvaffaqiyatli harakat qiladi. Ko’pincha ,,oltinchi tuyg’u, hissiyot" sharofati bilan insonning “masofa"ni sezishi, ko’r odamlarda to’siqni his qilishi ushbu jarayon uchun yorqin misol bo’la oladi. Ehtimol, yuz terisining issiq havo to’lqinlarini idrok qilish, to’siq oralig’ida mavjud bo’lgan tovush to’lqinlarini o’zida aks ettirish terining foto sezgirligini ilmiy jihatdan izohlashga muayyan asos bo’lib xizmat qilishi mumkin.
Sezgining neyrofiziologik asoslari
Bilish jarayonlarini, xususan, sezgilarni o’rganishdan avval shaxs psixikasining barcha tomonlari bilan uzviy bog’liqliklarni anglash, tushunish lozim. Chunki sezgilar idrok jarayonining tarkibiy qismi sifatida namoyon bo’lsa, idrok insonning hayotiy tajribasi, uning xotirasi bilan bevosita bog’liqdir.
Psixologiya fanida va falsafada bilishning ikki bosqichi, ya’ni uning hissiy (sezgi, idrok, tasavvur) va aqliy pog’onalari mavjud bo’lib, bu mumtoz xususiyat sifatida ma’Ium. Aqliy bosqich xotira, tafakkur, xayol jarayonlarini qamrab olgan bo’lib, o’zining mukammalligi, yuksakligi, mahsuldorligi, ijodiyligi bilan oldingi bosqichdan keskin ajralib turadi. Biroq bugungi kunda bilish bosqichlarining miqdori, tavsifi psixologiya fani oldida turgan zarur vazifalarni bajara olmay qoldi. Ong darajalari xususiyatlariga ko’ra bilishga oid qo’shimcha bosqichlarga kuchli ehtiyoj sezadi. Xuddi shu bois bilishning harakatli hissiy, aqliy, ijodiy, tarixiy bosqichlarga (tabaqalashtirish) ajratib tadqiq qilish maqsadga muvofiqdir (E.G’oziyev). Harakatli hissiy bosqich nutqqacha davrda ustuvorlik qilish bilan boshqa bilish ko’rinishlaridan keskin farq qilib turadi. Hissiy va aqliy bosqichlar barcha insonlarga xos bo’lib, ular ontogenezning turli davrlarida hukm surishi mumkin va aks ettirish imkoniyati boshqalarga qaraganda samaraliroqdir.
Tarixiy bilish bosqichi yangilik yaratish, kashfiyot qilish, muayyan sifat o’zgarishlarini vujudga keltirish, u yoki bu xossalarni takomiilashtirish bilan tavsiflanadi.
His etish yoki sezishning filogenetik taraqqiyoti shuni ko’rsatadiki, hayvonlarda ma’lum bir narsani sezish, his etish ularning biologik jihatdan zaruriyat, ehtiyoj ekanligi nuqtayi nazaridan rivojlangan.
Bu holatlar ko’pgina chet ellik olimlar tomonidan izchil ravishda o’rganilgan va o’ziga xos omillar, mexanizmlar mavjudligi ta’kidlab o’tilgan. Masalan, Frish asalari xatti-harakatlarini kuzatganda, u quyidagi ishni amalga oshirgan: gulga o’xshash murakkab geometrik shaklga nisbatan asalarining differensirovkasi (farqlashi) oson kechgan. Agarda shu murakkab geometrik shakl botanikaga oid bo’lmaganda, arida differensirovka juda qiyinlik bilan vujudga kelgan bo’lardi. Tadqiqotchi Botsning kuzatishicha, jonivorlar, qurt-qumursqalar, shu turdagi hasharotlar ham o’ziga xos bo’lgan tovushlarga befarq bo’lmaganlar. Mabodo tovushlar kuchaytirilsa yoki sur’ati tezlatilsa, unda ular hech qanday e’tibor bermaganlar. Ushbu vaziyatni o’zicha baholashga intilgan olim, biologik shartlanganlikdan kelib chiqib, tabiiy ehtiyojni instinkt bilan uzviy bog’lagan.
Tadqiqotchi Boytendayk o’z kuzatishlarida shu narsani ta’kidlaydiki, jumladan, itlar organik kislotalarning hidini yaxshi his etsalarda, ammo ular hayvonlarning tanasi, xushbo’y gullar, o’tlar hidini his etish irnkoniyatiga ega emas ekanlar.
Yuqoridagilardan ko’rinib turibdiki, qo’zg’atuvchilarning biologik jihatdan aynan mosligi ularning fiziologik rivojlanishi uchun moddiy negiz, tabiiy ehtiyoj, zarurat bilan bog’liqlik ekanligi ta’kidlandi. Shu narsani ta’kidlash joizki, insondagi aniq sezgilarning shu darajada taraqqiy etishiga ijtimoiy muhit, jarayon muhim omil bo’lib xizmat qilgan. Chunki ayrim individlarning sezuvchanligi ularning kundalik faoliyatidan kelib chiqqan holda biologik shartlangan xususiyatlar bilan birgalikda rivojlanishi ham mumkin ekan. Tadqiqotchi Reussaning ma’lumotiga qaraganda, tikuvchilar, bo’yoq sexida ishlovchilar qora rangning 40 xilini bir-biridan farqlash irnkoniyatiga ega ekanlar, umuman, boshqa sohada faoliyat ko’rsatadigan odam esa bunday rangning ikki turinigina farqlay olar ekan, xolos. Bundan tashqari, degustatorlarda ta’m bilish sezgilari juda ham aniq va yaxshi rivojlangan bo’lar ekan. Chunki sezgining o’sishi qo’zg’atuvchilarning retseptorga ta’siri natijasida yuzaga keladi, ya’ni u retseptorlar rivojlanishi bilan bog’liq.
Retseptor — bu qo’zg’atkich yoki qo’zg’atuvchini qabul qilishga mo’ljallangan nerv tolalaridan tashkil topgan. Retseptorlarning asosiy xususiyatlaridan biri uning ixtisoslashgan biologik apparat ekanligidir. Xuddi shu bois u juda seziluvchan qo’zg’alishni qabul qiladi. Har bir retseptor muayyan bir xususiyatli qo’zg’atuvchinigina qabul qiladi, binobarin, retseptorlar o’sha “tanish” qo’zg’atuvchilarning ta’sir etishi natijasida yuzaga keladi va rivojlanadi.
Ma’lumki, inson o’zining tana a’zolariga ta’sir ko’rsatayotgan rang, issiqlik yoki sovuqlikni, hidlarning o’ziga xosligini sezadi hamda aks ettiradi. Ana shu vaziyat oqiba-tida analizatorlarning periferik qismlarida javob reaksiya hosil bo’ladi. Misol uchun, ko’z qorachig’i qisqaradi, kengayadi, qo’l esa issiqlikdan seskanadi va boshqalar. Harakatlarni qabul qiluvchi tana a’zolaridan bosh miya po’stlog’iga harakat to’g’risida signal keladi, qayta aloqa orqali ichki tana a’zolari va boshqa apparatlari ish bajaradi.
Ingliz psixologi Ch. Sherrington sezgilarni aks ettirishning xususiyati va retseptorlarning joylashishiga qarab uch katta guruhga ajratadi.
1. Tashqi olamdagi narsa va hodisalarning ayrim xususiyatlarini aks ettiruvchi hamda tananing yuza qismida retseptorlari joylashgan eksterotseptiv sezgilar.
Tananing ichki a’zolarida (o’pka, yurak, jigar va hokazo) va to’qimalarida joylashgan hamda ichki tana a’zolarining holatini aks ettiruvchi retseptorlar bilan mujassamlashgan interotseptiv sezgilar.
Inson gavdasining harakati va holati haqida ma’lumot berib turuvch retseptorlar, mushaklarda, paylarda joylashgan propriotseptiv sezgilar.
Psixologiya fanida harakatni sezuvchan propriotseptiv sezgi turi kinesteziya deb atalib, unga tegishli retseptorlar esa kinestezik yoki kinestetik tushunchasi bilan nomlanadi. Ekstrotseptorlar, o’z navbatida, kontakt va distant retseptorlarga ajratiladi, goho sezgilar tushunchasi ,,his-tuyg’u" atamasi deb ham yuritiladi. Odatda, distant retseptorlar muayyan masofadagi ob’yektdan keladigan qo’zg’atuvchilarni qabul qilib, so’ng ularni nerv yo’llari orqali markazga uzatadi. Ko’rish, hid bilish sezgilari bunga yorqin misol bo’la oladi.
Ekstratseptiv, ya’ni tashqi sezgilar to’g’risidagi dastlabki ma’lumot qadimgi yunon olimi Arastu tomonidan tavsiflanib berilgan bo’lib, eramizdan oldingi 384 — 322-yillarda yashab o’tgan. U sezgilarni ko’rish, eshitish, hid bilish, maza, ta’m turlariga ajratgan edi. Psixologik ma’lumotlarga qaraganda, sezgilar goho o’zaro bog’lanib, boshqa sezgi turlarini yuzaga keltirishi mumkin: masalan, paypaslab ko’rish natijasida sezish tarkibida taktil, teri tuyush sezgilar bilan bir qatorda sezgilarning tamoman boshqa turi, ya’ni harorat sezgisi ham ishga tushadi. Xuddi shunga o’xshash voqelik, taktil va eshitish sezgilari oralig’ida vibratsion sezgi yuzaga kelishi mumkin.
Muvozanat sezgisi murakkab vestibular apparati, vestibular nervlari hamda ko’z po’stosti qismlarini o’zida birlashtiradi. Turli analizatorlar uchun umumiy hisoblangan og’riq sezgilari qo’zg’atuvchilarning ta’sir kuchi haddan tashqari kuchli ekanligidan dalolat beradi. Shuni alohida ta’kidlash o’rinliki, insonning tana a’zolarida retseptorlarning joylashuv darajasi har xildir, jumladan, barmoq uchlarida retseptorlar zich, yelka qismida esa juda siyrak joylashgandir. Hozirgacha sezgilar ichki va tashqi turlarga qariyb ajratilmagan bolsada, ular harorat, og’riq, maza, vibratsion, statistik, dinamik sezgilar deb yuritiladi.
S.V.Kravkovning (I893-1951) ma’lumotlariga ko’ra, bir sezgi a’zosi faoliyati ikkinchisining ta’siri tufayli o’zgaradi. Masalan, tovush sezgisi, asosan, ko’rish sezgisining yorug’lik sezuvchanligini orttiradi. Shunga o’xshash turli hidlar ham yorug’lik va hid bilishga nisbatan sezgirlikni oshirishi yoki kamaytirishi mumkin. Miya ustining yuqori qismi va ko’rish bo’rtiqlariga tegishli o’simtalarning yaqin joylashganligi tufayli bunday o’zaro ta’sir, ya’ni boshqasiga o’tish osonroq amalga oshadi.
Bundan tashqari, sezgilarning o’zaro qo’zg’alishi va tormozlanishini o’rganish ham alohida ahamiyatga ega. Chunki avtomatik boshqarilish tufayli ayrim hollarda, ya’ni tungi uchishda sun’iy sezgirlikning pasayish yoki ortishi yuzaga keladi. I.P.Pavlov tomonidan analizatorning murakkab o’zaro ta’sir shakllari mavjud ekanligi qayd etilgandir. Ular bevosita bosh miya po’stlog’ida namoyon bo’lib, bu bir vaqtning o’zida ko’rayotgan jismni, eshitilayotgan tovushni, kelayotgan hidni sezishimizda o’z ifodasini topadi. Bosh miya po’stlog’ida kechadigan bu fiziologik jarayonlarni bosib o’tishi zarur bo’lgan zonalar perikritik zonalar deb nomlanadi. Sezgilarning tasnifi ularning turli spetsifik tavsifiariga, ya’ni modalligiga qarab emas, balki tashkil etilishining har xil darajalariga qarab amalga oshiriladi.
Ingliz nevrologi Xed sezgilarni protopatik va epokritik nomlar ostida ikkita darajaga ajratadi. Protopatik sodda tuzilishga ega bo’lgani uchun unda mavjud haqiqiy holat bilan emotsional holatni ajratish qiyin deydi. Murakkab epokritik darajasida aqliy bosqich tarkiblari ishtirok etishi mumkin, jumladan, ko’rish sezgisi bunga yaqqol misoldir. Ma’lumotlarning ko’rsatishicha, dastlab protopatik sezgilar, keyinchalik epokritik sezgilar yuzaga keladi.
Sezgilarni ob’yektiv yo’nalishi bo’yicha Y.N.Sokolov, O.S.Vinogradovlar tekshirish ishlari olib borganlar, ular sezgilarni passiv jarayon emas, balki vegetativ elementlar fiziologik nafas olish tizimida o’zgarishga sabab bo’luvchilardir deb tushuntirganlar. Ushbu vaqt reflektor o’zgarishlarini, ya’ni sezgining ob’yektiv ko’rsatkichi sifatida ishlashga imkoniyat yaratadi. Ma’lumki, sezgini paydo qiluvchilar bir qo’zg’atuvchi, ya’ni qo’zg’atgich, reflektor jihatdan yuzaga keluvchi jarayonlarni yuzaga chaqiradi, chunonchi bular tomirlarning torayishi, teri galvanik reflektorlarning paydo bo’iishi (teri qarshiligining o’zgarishi), miyaning elektr faolligining o’zgarishi, ko’zlarning qo’zg’atgich tomon burilishi kabilar. Bularning barchasi sezgi jarayoni paydo bo’layotgandagina ishga tushadi, shu sababli ular sezgilarning ob’yektiv ko’rsatkichlari sifatida xizmat qila oladi.
Tajribalardan ko’rinib turibdiki, qo’zg’atuvchilar intensivligi oshgan sari javob reaksiyasi ham jadallashib borar ekan. Bu esa sezgilarning intensivligiga asos sifatida qarashga muhim negiz hozirlaydi. Tomir va elektro fiziologik reaksiyalar chegaralarda odatdagi qo’zg’atuvchilarga qaraganda keskinroq bo’ladi.
Avval I.P.Pavlov, keyinroq uning shogirdlari analizatorlarning o’zaro bog’liqligini konvergensiya asosida tadqiq qilganlar. P.P.Lazerev esa (1878-1942) teri ultrabinafsha nurlar bilan nurlanishi natijasida ko’rish sezuvchanligining susayishini aniqlagan. Bu holat agar boshqa analizatorlarga quyi chegarada qo’zg’atuvchilar ta’sir ko’rsatishi orqali ham biron analizatorning sezuvchanligini o’zgartirishi mumkin, degan umumiy xulosa chiqarishga olib keladi.
Y.N.Sokolovning tajribalarida qo’zg’atuvchiga nisbatan muvofiqlashuvchi reaksiyaning susayishi mumkinligi haqida dalillar to’plangan edi. Nerv sistemasi sezgi a’zolariga ta’sir ko’rsatganda ularning xususiyatlari nafisroq namoyon bo’ladi. Bunda nerv modellari tanlab ta’sir qiluvchi filtr vazifasini bajaradi. Muayyan paytda retseptorga ta’sir qiluvchi qo’zg’atuvchi ilgari tarkib topgan nerv modeli bilan muvofiq kelmaganda taxminiy ta’sirotni hosil qiluvchi muvofiqlashtirish signallari vujudga kelishi mumkin. Va aksincha, ilgari tajribalarda qo’llanilgan qo’zg’atuvchi taxminiy ta’sirotni yo’qotib qo’yish ehtimoli ham bor.
Chet ellik psixolog va fiziologlar sezgirlikni Mendelning qonuniyatiga asoslanib nasl bilan bog’liq holda tadqiq qilganlar. Speyder ta’m bilish naslga bog’liq degan xulosa chiqaradi va 100 oilada buni sinab ko’radi. Ma’lumotlarga qaraganda, ota-onalar bilmagan ta’mni bolalari ham payqamaganligi namoyon bo’lgan.
I.P.Pavlovning shogirdi P.K.Anoxin o’zining qirq yillik faoliyati davomida organizm intengrativ faoliyatining nozik mexanizmlarini o’rgangan. Muallif o’zining bir qator asarlarida funksional sistema nazariyasi mohiyatini bayon qiladi, ya’ni organizmda faoliyat sistemasi mavjud bo’Iib, u yopiq takrorlanuvchi fiziologik siklik tuzilmadan iborat. Muallifning fikricha, organizmning funksional sistemasi organizm xatti-harakati reaksiyalarining fiziologik mexanizmining prinsipial sxemasidan iboratdir. Organizmning barcha jarayonlari, xatti-harakatlari, vegetativ aktivlar agarda foydali samara bilan tugallansa, u holda uch bosqich orqali bajariladi. Mazkur bosqichlar afferent, sintez, qaror qabul qilinib bajarilishi uchun zarur bo’lgan harakatlar natijasi, ya’ni model hosil qilish yo’li bilan oldindan aks ettirishdan iborat. Afferent, sintez bosqichi har qanday xatti-harakat akti rivojlanishining boshlang’ich pog’onasidir. Ushbu bosqich tugagach, muayyan xatti-harakat akti shakllanishining navbatdagi bosqichi boshlanadi. Aynan shu bosqichda organizm xatti-harakatining uch asosiy masalasi, ya’ni nima? qanday? va qachon? bajarilishi hal qilinadi.
Afferent sintez bosqich, asosan, to’rtta komponent negizida sodir bo’iishi tajribalarda sinab ko’rilgan. Uning asosiy jabhalari, eng avvalo dominant motivatsiya (o’ta xohish) va unga hamroh hisoblangan emotsiyaning kuchliligi hamda barqarorligida namoyon bo’ladi:
Organizmga qo’zg’atuvchilarning ma’lum bir ta’siri.
Yo’naltiruvchi afferentatsiyaning mavjudligi.
Afferentatsiyaning muayyan shart-sharoitlari.
Xotira apparatlari va mexanizmlari.
Bularning o’zaro ta’siri quyidagi uchta neyrodinamik omil orqali bajariladi:
a) yo’nalganligi;
b) neyronlarda qo’zg’alishning konvergensiyasi (to’yinishi);
d) qo’zg’alishning po’stloq va po’stloq osti tuzilmalarida qayta hosil bo’lishi va tiklanishi.
Bu mexanizmlar nerv sistemasida turli qo’zg’alishlarni to’plashga, birlashtirishga, solishtirishga va mazkur muhitda eng qulay xatti-harakat aktini bajarish uchun qaror qabul qilishga olib keladi.
Miya po’stlog’i hujayralarida qo’zg’alishning konvergensiyasi va ularni solishtirish jarayoni butun miya bo’ylab bu o’zaro ta’sir natijalarining integratsiyasi harakat maqsadining shakllanishiga hamda uni unumliroq qaror tanlash sari yetaklaydi.
Katta yarimsharlarning murakkab integrativ faoliyatining boshlang’ich bosqichini turli qo’zg’atuvchilar bir neyronidagina konvergensiyasi deb qarash mumkin.
Katta yarimsharlarda maxsus neyronlar guruhi borligi sababli ular turli-tuman qo’zg’alishlarni qayta qabul qilish bilan cheklanmay, balki miya po’stlog’ining piramida hujayralaridan akson orqali keluvchi efferent qo’zg’alishlarni ham qabul qiladi. Bu esa orqa miya po’stloqosti va po’stloqdagi ko’plab aksonlar neyronlarning vazifasi, ya’ni siklik qo’zg’alishni ko’pincha saqlab turish, o’ziga xos “kutish” to’plamini saqlaydi. Shu bilan bir vaqtda periferik ishchi a’zolariga yuboriladigan buyruq nusxasini butun miyaga tarqalishini ta’minlaydi. Bir neyronning o’zidagi efferent qo’zg’alish konvergensiyasi periferik retseptorlardan keluvchi afferent qo’zg’alish bilan aksonga uzatilgan buyruq nusxasi olingan natijalarni baholash uchun shart-sharoitlar yaratadi. Evolutsiya jarayonida hosil bo’ladigan bilishning neyrodinamik mexanizmlarining kashf etilishi har qanday bo’lajak hodisalarni tahlil qilish va oldindan bilishga asos bo’ladi.
Ko’rish analizatori o’zaro bir-biri bilan alohida bo’lgan o’tkazuvchan periferik qismdan, po’stloqosti va bosh miya yarimsharlaridagi ko’rish markazlaridan iboratdir. Eshitish analizatori havo to’lqinlarining tebranishini qabul qiladi, ularning mexanik energiyasini nerv hujayrasining qo’zg’alishiga aylantiradi.
Ko’rib o’tganimizdek, sezgilarning neyrofiziologik asosi juda murakkab bo’lganligi tufayli uni ancha vaqt o’rganish lozim bo’lar ekan.
|
| |