• Gidrosefal
  • Ensefalopatiya (yunon. “eukefalos” – bosh miya, “patos” – kasallik yoki azoblanish)
  • Ensefalopatiyaning
  • Pedagogika instituti




    Download 2,44 Mb.
    bet38/152
    Sana20.05.2024
    Hajmi2,44 Mb.
    #245279
    1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   152
    Bog'liq
    Klinika 2023й Равшанова И .Э.

    Test natijalari

    • Olingan ma’lumotlarga qaraganda Ivan gidrocefaliyaning bir qator kechki belgilarini boshdan kechirgan. Ivanning verbal hotirasi kuchli bo’lishiga qaramasdan axborotning ko’payishi eshitish xotirasining yomonlashuviga olib kelagn. Uning gidrocefaliya bilan oldindan og’riganligi axborot rivojlanish tezligining zaifligini ko’rsatdi.

    • Ivan topshiriqlarni bajarishga juda ko’p vaqt sarflardi. Unda topshiriqlarni bajarishga kuchli sotsial hohish bo’lishiga qaramay, o’qishida va ijtimoiy signallarni qabul qilishda qiyinchiliklar bo’ldi7.

    Gidrosefalgidrosefaliya kasalligi bilan kasallangan odam.
    Gidosefaliyaning asosiy alomatlaridan biri bu – bosh o’lchamlarining kattalashib ketishidir. Bundan tashqari yangi tug’ilgan chaqaloqlarda gidrosefaliyaning bir nechta alomatlari uchraydi. Bularga: liqqildoqning bo’rtib chiqishi, boshni tutib tura olmaslik, ko’z soqqalarining pastga qarab tortilishi misol bo’ladi. Ayrim hollarda g’ilaylik, ko’rish va eshitishning yomonlashuvi, ko’ngil aynishi kuzatiladi.
    Bu kasallikni oldini olish uchun ayollarni onalikka tayyorlash vaqtida yuqumli kasalliklarga chalinish ehtiyot bo’lishlarini va bola tug’ilgandan so’ng turli xil neyroinfeksion kasalliklarga chalinmasligini oldini olish choralari haqida tushuntirish olib borish zarur.
    Ensefalopatiya (yunon. “eukefalos” – bosh miya, “patos” – kasallik yoki azoblanish) – bosh miyaning yallig’lanishlarsiz yuzaga keladigan kasalliklarining umumiy nomi (ensefalitdan tashqari) hisoblanadi. Ensefalopatiya tug’ma va orttirilgan bo’lishi mumkin. Ensefalopatiyada bosh miya to’qimalarining distrofik o’zgarishi yuz beradi.
    Ensefalopatiyaning asosiy kelib chiqish sabablari:

    • Bosh miya shikastlari (shikastlardan keyingi ensefalopatiya);

    • Homiladorlik patologiyasi;

    • Aterosleroz, gipertonik kasallik, disirkulyatsiya;

    • Alkogol, og’ir metallar, dori va zaxarlar orqali intoksikatsiyalar (toksik ensefalopatiya);

    • Narkomaniya;

    • Ishemiya (miyaning surunkali kislorodga tanqisligi);

    • Diabet.

    Ensefalopatiyaning ko’p uchraydigan alomatlariga quyidagilar kiradi:

    • Xotira va hushning yo’qolishi;

    • Bosh og’rig’i;

    • Bosh aylanishi;

    • Depressiyalar.

    Ensefalopatiyaning shunday alomatlari bilan og’rigan bemorlar asosan holsizlik, jizzakilik, parishonxotirlik, uyqusizlikdan aziyat chekadilar.
    Ensefalopatiyaning turlari:

    • Gaye – Vernike sindromi;

    • Xasimoto ensefalopatiyasi;

    • Po’stloq osti aterosklerotik ensefalpatiyasi;

    • Rey sindromi;

    • Toksik ensefalopatiya;

    Kreytfeldt – Yakob kasalligi.
    Ensefalopatiyani davolash muddati kasallik turiga qarab belgilanadi. Davolash ambulator yoki statsionar sharoitida olib boriladi. Ensefalopatiyani davolash usullari quidagilar:

    • Dori – darmonlar bilan davolash (gormonlar);

    • Blokadalar – preparatlarning kanallar bo’shlig’iga in’yeksiya qilinishi;

    • Osteopatiya;

    • Fiziolofik muolajalar;

    • Davolovchi gimnastika;

    • Igna bilan davolash – refleksoterapiya;

    • Jarroxlik muolajasi.


    Download 2,44 Mb.
    1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   152




    Download 2,44 Mb.